«Yashash, erkinlik va mulkka egalik huquqi». Bu davrda
falsafa fani ham rivojlandi. Bu borada Angliyada katta muvaf-
faqiyatlarga erishildi. Ayniqsa, XVII asrda ijod qilgan Jon
Lokk ilgari surgan g‘oyalar keyingi asr faylasuflariga kuchli
ta’sir ko‘rsatdi. Uning asosiy xizmati imonningyashash, erkinlik
va mulkka egalik qilish huquqlari haqidagi ta ’limotni yaratganligi
bilan belgilanadi.
Lokk, shuningdek, davlat hokimiyatini bo‘lish, ya’ni ijro
etuvchi hokimiyatni qonun chiqaruvchi hokimiyatdan ajratish
haqidagi g‘oyani ham ilgari surdi. Siz 0 ‘zbekiston Respub-
likasining Konstitutsiyasini o‘rganish jarayonida bunday bo‘li-
nish nima ekanligini bilib olasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |