Afg‘oniston — Eron munosabatlari.
Qisqa vaqt ichida Qan
dahor qudratli xonlikka aylandi. U 1722-yilda Eron poytaxti
Isfahonni ham egalladi va Mir Vaysxonning o‘g‘li Mir M ah
mud o‘zini Eron shohi deb e’lon qildi. Endi Eron mustaqillik
uchun kurash boshladi.
Bu kurashga Eron qo‘shini qo‘mondonlaridan biri Nodir
Quli boshchilik qildi. 1730-yilda Eron afg‘on bosqinchilaridan
to ‘la ozod etildi.
1736-yilda Nodir Quli Eron shohi deb e’lon qilindi. U
ayni paytda katta bosqinchilik urushlari ham olib bordi. Chu-
nonchi, 1738-yilda Afg‘onistonni ham bo‘ysundirdi. Afg‘o-
nistonni itoatda tutish uchun Erondan katta miqdordagi jang-
chilarni oilalari bilan Kobul va boshqa shaharlarga ko‘chirib
keltirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |