Jahon tarixi kafedrasi


Rim imperiyasining oltin davri (eramizning II asri)



Download 221,5 Kb.
bet3/6
Sana18.02.2022
Hajmi221,5 Kb.
#452062
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Jahon tarixidan kurs ishi

Rim imperiyasining oltin davri (eramizning II asri)

Domitsian o‘limidan keyin senat 66 yoshli senator MarkKokseyNervani (96—98-yillar) imperator etib sayladi. Uning hukmronligi bilan II asrdan Rim imperiyasida Antoniylar sulolasi hukmronligi boshlandi. Bu sulolani eng taniqli vakillaridan biri MarkUl'piyTrayan bo‘ldi. Trayan Ispaniyada tug‘ilgan bo‘lib, yuqori Germaniya noibi edi. Imperator Nerva qo‘shinda obro‘- e’tiborli bo‘lgan Trayanni asrandi o‘g‘il va voris qilib tayinlashga majbur bo‘ldi. Trayan 98—I17-yillar Rim imperiyasiga hukmronlik qilgan paytdan imperiya o‘zining iqtisodiy-siyosiy va madaniy taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi (96—196-yillar).
Trayan davrida Rimning oxirgi istilochilik urushlari olib borildi. U faol tashqi siyosat olib borib, imperiya hududlarini kengaytirdi. Uning davrida legionlar soni 30 taga yetkazildi. Kuchli Rim qo‘shinlari 10I—103-yillar va 105—107-yillarda Dunay bo‘ylaridagi kuchli Dakiya podsholigini bo‘ysundirdi, Dakiyani podshosi Detsebal asir olindi. Dakiya Rim pvovinsiyasiga aylandi. Dakiyaning bosib olinishi natijasida uning boy oltin va tuz konlari katta o‘lja bo‘ldi. Dakiya g‘alabasiga bag‘ishlab Rimda 123 kun davom etgan tomoshalar ko'rsatildi, Plebsga mo‘l-ko‘l sadaqa ulashildi, ajoyib Trayan termalari (hammomlari), yangi suv quvuri hamda 30 m.liTrayan kolonnasi bunyod etildi3TrayanParfiyadan Mesopotamiya va Armanistonni tortib olish uchun I13-yil urush boshladi, keyingi yil Armanistonni bosib olib, uni provinsiyaga aylantirdi. G‘ayratli imperator I15—I16-yillarda Parfiya podshosi Vologes IV qo‘shinlarini tor-mor qilib, uning poytaxti Ktesifonni egalladi, butun Mesopotamiyani fors qo‘ltig‘igacha bosib oldi. Mahalliy aholini Rim bosqinidan noroziligi va sharqiy provinsiyalarda vaziyatni notinchligi TrayannilegionlarniFrot qirg‘og‘idan olib ketishga majbur qildi. Sharqda yangi bosib olingan yerlarni rimliklar qo‘ldan chiqardilar. Italiyaga qaytishda KilikiyadaTrayan kasal bo‘lib I17-yil avgustida vafot qildi. Taxtga Trayanning jiyani, 4I yoshli asrandi o‘g‘li PubliyEliyAdrian chiqdi (I17—138-yillar). U Trayanga loyiq juda yaxshi ma’lumot olgan, ajoyib boshqaruvchi, tajribali sarkarda, aqlli va uzoqni ko‘ra oladigan siyosatchi sifatida o‘z oldiga turgan muammolarni juda yaxshi tushunar edi. Adrian davlat resurslarini to‘la tugaganini va Sharqda bosqinchilik siyosatini samarasizligini anglab yetib, Parfiya bilan Frot daryosi bo’yicha chegaralarini tiklash sharti bilan tinchlik shartnomasini tuzdi. Adrian imperiyaning sharqiy chegaralarida kuchli mudofaa inshootlarini bunyod qildi. Ana shunday tadbirlar natijasida Parfiya bilan tinchlik 44 yil saqlandi. Sharqda ishlarni tugallab Adrian Yevropa va Afrikada imperiya chegaralarini mustahkamlash maqsadida chegara istehkomlarini qurish bo‘yicha ulkan ishlarni amalga oshirdi. Ana shunday istehkomlardan biri Adrian vali (istehkomi) Britaniyada hozirgacha saqlanib qolgan. Adrian qo‘shinni yuqori jangovar holatda saqlab turishga katta e’tibor berdi. U legionlami Rim yoki latinfuqaroligi bo‘lmagan provinsiya aholisidan to’ldirishga ruxsat berdi, chunki qo‘shinga xizmat qilishga xohish bildirgan fuqarolar soni keskin qisqardi. Rim harbiy mashinasini varvarlashtirish uchun asos ana shunday yaratildi.
Adrian davlat boshqaruvi tizimini mustahkamlashga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirdi. U prinseps kengashini qayta tashkil qildi, kengash tarkibiga oliy amaldorlar, muassasa rahbarlari va yirik yuristlar jalb qilindi. Adrian boshqaruvga suvoriylar toifasini ko‘plab vakillarini taklif qildi. U davlat pochtasini joriy qildi, provinsiyalar boshqaruvini qayta tuzib, noiblar faoliyati ustidan doimiy nazorat o‘rnatdi. Adrian uzoq sayohat qildi va ko‘plab inshootlarni bunyod qildi: Venera va Romaibodatxonalarini, mashhur Rim panteonini qurdi. Antoniylar sulolasini taniqli vakillaridan biri tarixga taxtdagi faylasuf sifatida kirgan MarkAvreliy edi. MarkAvreliy uchun davlat manfaatlari hamma narsadan yuqori bo‘lib, imperiya taqdiri uchun o‘z mas’uliyatini to ia anglab yetgan edi. U senator va suvoriy toifalari bilan inoqlikda ish olib bordi, senat tarkibiga ko‘pgina provinsiya zodagonlarini, ayniqsa, kelib chiqishi Sharqdan va Afrikadan bo‘lgan nufuzli kishilarni kiritdi. MarkAvreliy (16I- yildan 180-yilgacha) 19 yil hukmronlik qildi, unga qarshi shu yillar davomida birorta ham fitna uyushtirilmadi. U 180-yilda 59 yoshida Vindobona (Vena) shahrida vafot qildi. Rimda uning sharafiga kolonna bunyod etildi. Uning merosxo‘ri 18 yoshli o‘g‘li Kommod (180—193-yillar) imperator boidi. Antoniylar sulolasining so‘nggi vakili Kommod qo‘pol, shafqatsiz va maishatparast hukmdor edi. Otasining o‘limidan keyin Kommodkvad va markomann qabilalari bilan urushni tugatib, 180-yilda Rimga qaytdi. Davlat boshqaruvini o‘zining ochko‘zyaqinlariga topshirib, kayf-safoga berildi. Xotinini qatl etib, buzuqchilk yo‘liga kirdi. Katta jismoniy kuchga ega bo‘lgan imperator o‘zini rimlik Gerkules deb e’lon qildi, omma oldiga arslon terisiga yopinib yelkasida kaltak bilan paydo bo‘lar edi. Amfiteatr sahnasida gladiator sifatida chiqdi. Oxir-oqibatda es-hushini yo‘qotib kalendaming barcha oylarini o‘z nomiga o‘zgartirdi, hatto Rimning nomini o‘zgartirib uni «Kommod» shahri deb atashga buyruq berdi. Kommodga qarshi 183-yilda fitna uyushtrildi, lekin u amalga oshmadi, shundan so‘ng senatorlar toifasiga qarshi taqib qatllar avj oldi. Pannoniya va Britaniyada norozilik harakatlari, daklar va mavrlar qo‘zg‘olonlari qo‘shin tomonidan zo‘rg‘a bostirildi. 192- yilning oxiigi kunida aqlsiz imperatomingmashuqasi va qo‘riqchilar boshlig‘i fitnasi natijasida Kommod o‘ldirildi.
Boshqaruv tizimi va apparati imperator qo‘lida to‘plana boshladi. Senat o‘z siyosiy mavqeini yo‘qotishi bilan uning tarkibi ham o‘zgardi. Respublika davrida yuqori mavqega ega boigan zodagon oilalari fuqarolar urushi va proskripsiyalaming qurboni bo‘ldilar. Qolganlari esa kambag‘allashib qoldi. Prinsipatning birinchi yillarida ulaming o’rniga suvoriylar, munitsipiylardan chiqqan boy-zodagonlar egalladilar. Klavdiy davrida senat tarkibiga gall qabilasi ekvlarningromanlashgan zodagonlari uchun yo‘l ochildi. Vespasian davrida senatga munitsipiylar koloniyalari va provinsiyalardan yangi kishilar kiritildi. Eramizning I asri so‘ngida kelib chiqishi gallardan bo‘lgan kishilar kiritildi. Keyingi 100 yillik boshida senat tarkibida Kichik Osiyo va Afrikadan kelgan senatorlar, ko‘pgina yunonlar uchraydi. Qadimgi Rim nobilitetining vakillari senatda deyarli qolmadi va ular bilan birga senatdagi muxolifat kayfiyati ham yo‘qoldi. Prinsepslar hokimiyatini yana bir tayanchi suvoriylar edi. Ularning ijtimoiy tarkibi ham o‘zgardi. Yangi suvoriylarning kelib chiqishi Italiya munitsipiylari va provinsiyalardan edi. Suvoriylarning yuqori qatlamini, engavalo, boyib ketgan moliya zodagonlari, o‘rta qatlamni esa davlat xizmatiga ko'tarilgan amaldorlar tashkil qildi. Suvoriylargaprokuratorlar lavozimi, provinsiyalardagi prinseps mulklarini boshqaruvi, pretorian gvardiyasi prefekti, politsiya xizmati qo'riqchilarining prefekti kabi lavozimlar ajratildi. Adrian davrida suvoriylarprinsepsning shaxsiy kanselyariyasida xizmat qila boshladilar.Shu vaqtgacha prinsepsning shaxsiy kanselyariyasida barcha ishlami imperatorlarning ozod qo‘yilgan qullari bajarar edi. Imperatorlar shahar plebeylariga nisbatan respublika davri Rim zodagonlarining siyosatini davom ettirdilar. Rimda avalgidek 200 000 kishiga tekin non tarqatilar edi. Rimning oddiy aholisi hech qanday siyosiy huquqqa ega emas edi. Ularning bir qismi ishlab chiqarish bilan, ko'pchiligi davlatdan tekin non olib zodagonlarning uylarida klient majburiyatini bajarar edilar.

Download 221,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish