Jahon tarixi kafedrasi


-mavzu: Xorazmning o`rta asr shaharlari



Download 3,91 Mb.
bet58/128
Sana16.01.2022
Hajmi3,91 Mb.
#375254
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   128
Bog'liq
Majmua Urbanizatsiya jarayonlari 2019-2020

9-mavzu: Xorazmning o`rta asr shaharlari.

Reja:

1. Xorazm atamasi haqida

2. Xorazm shaharlari tarixiga oid o‘rta asrlar yozma manbalari ma’lumotlari.

3. O‘rta asrlar Xorazm ijtimoiy – iqtisodiy hayotining xorij manbalarida

aks etishi.

4.Xorazmning IX-XV asrlar shaharlarining o‘rganilishi tarixi.

5. O‘rta asrlar siyosiy, ijtimoiy – iqtisodiy va etnomadaniy munosabatlarida Xorazm shaharlarining tutgan o‘rni.

Asosiy qism:

Xorazm atamasi haqida. Qadimgi Xorazm – Turon va Eron mintaqalari oralig‘ida joylashgan tarixiy va qadimgi davlat. Xorazm hududi qadimda Amudaryo adoqlaridan janubga tomon Murg‘ob va Tajan daryolarining yuqori oqimlarigacha cho‘zilgan. Xorazm haqidagi ilk ma’lumotlar Avesto, Doro I ning Bixistun kitoblari, qadimgi yunon mualliflari hamda ilk o‘rta asrlarning arab geograflari asarlarida uchraydi.

Avestoda Xorazm “Ming irmoqli daryo”, “Ko‘llar va o‘tloqlarga boy o‘lka” sifatida madh etiladi.

Qadimgi Xorazm hududi tabiiy jihatdan ikki mintaqaga ajralgan.
Uning shimoliy qismida Amudaryo etaklarida son-sanoqsiz sersuvli o‘zanlar, shimol va shimoli-Sharqqa tomon yastangan keng yaylovlardan iborat bepoyon past tekisliklar, uning janubiy qismida esa, Murg‘ob va Tajan daryolari vodiylarning kattagina qismi tog‘ va adirliklar va ulardan suv olgan katta-kichik daryo-jilg‘alar etaklarida yuzaga kelgan hosildor erlar joylashgan. Qadimgi Xorazm mintaqalari hududlarining o‘ziga xos tabiati, shubhasiz, qadimiy aholining turmush tarzini belgilabgina qolmay, balki bu diyorda yuzaga kelgan qadimiy madaniyatlarning shakllanishi, rivoji va bir-biriga qorishuviga ham kuchli ta’sir etgan.

Miloddan avvalgi IVasrning 2-yarmida Xorazmda mustaqil davlat qaror topadi. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, Xorazm davlatiga afsonaviy qahramon Siyovush asos solgan. Davlat poytaxti dastlab Tuproqqal’ada bo‘lgan. Keyinchalik (305 yil) esa Kat shahriga ko‘chirilgan. Beruniy xorazmshoxlardan 22 tasining nomini qayd qilgan.


Betida tojdor hukmdor, sirtida suvoriy tasviri tushirilgan dastlabki kumush tanga Tuproqqal’adan topilgan. Tanga miloddan avvalgi I asrga mansub. Numizmatik ma’lumotlardan ayon bo‘lishicha bunday shakldagi tangalar miloddan avvalgi VIII asrgacha zarb etillgan.

Xorazm aholisining iqtisodiy va ijtimoiy hayotida yuz bergan tadrijiy rivojlanish uning shimoliy va janubiy qismlarida avval biri ikkinchisidan tubdan farqlanuvchi ikki turdagi madaniyatlar shakllangan. So‘ngra esa ularning qorishuvi oqibatida Xorazmning o‘ziga xos yuksak darajadagi madaniyati yuzaga kelib, ravnaq topgan. Xorazm orqali Buyuk Ipak yo‘li o‘tgan.

III asr oxirlarida Xorazm poytaxti Kat shahri bo‘lgan, X asr oxirlarida poytaxt Urganch shahriga ko‘chiriladi.

1505 yilda Xorazm Muhammad Shayboniyxon davlati tarkibiga kiradi.

1573 yil Xorazm poytaxti Xivaga ko‘chiriladi.

1770 yillarda Xorazmda qo‘ng‘irot sulolasi vakillari hokimiyat tepasiga keladi. Sulola asoschisi Muhammad Aminbiy, bu davrda poytaxt Xivada Xorazm me’morchiligi durdonalarini qurdiradi.

Xorazm 1924 yil viloyat qilib, O‘zbekiston davlati tarkibiga kiritiladi.


Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish