Bobil sirli yozuvlari. Nima bo’lganda ham behustunning uch tildagi yozuvining topilishi boshqa tillardagi yozuvlarni deshifrovkasiga ham katta yordam berdi.
Qadimgi fors yozuvlaridan so’ng olimlar yaqin 400ta belgidan iborat bo’lgan ossur-bobil yozuvlarida uchraydigan muammolarni hal qilishga urinishdi.
Behustunni taхminan 100 ta belgidan iborat bo’lgan ikkinchi qatordagi yozuvga to’xtaladigan bo’lsak, uni o’qish birozga qoldirildi. Lekin bu yozuvni o’qish nisbatan qiyin bo’lmadi. Uni qaysi tillda yozilganligini anglash jarayoni qiyinroq kechdi. Olimlar bunga yaqin biror tilni bilishmas edi. Bu yozuvni o’qish va uni qadimgi elam tilida yozilganini bilishga qadar bir necha o’n yillab vaqt o’tdi.
…Eronning janubi-g’arbiy hududlarida harbiy-elam xalqlari yashar edi. Ular gaplashgan elam tili to eramizdan avvalgi birinchi ming yillikka qadar saqlanib kelgan edi. Elamliklar bu tilda Elam mustaqilligini yo’qotib Fors davlatiga qo’shib olinganidan keyin ham gaplashishardi. Oxir oqibat elamliklar forslarga qo’shilib ketib bu tilni unitishadi.
Behustun yozuvlarining uchinchi qatorini o’qishga kirishgan olimlar bu belgilarni Harsoba, Nibur, Kuyunjikdan topilgan yozuvlarga huddi o’xshashliklarini aniqlashadi.
Ma’lumki qazish ishlari olib borilgan hududda qadimda, ossur xalqlari, ulardan biroz janubroq’da bobil va haldey xalqlari yashar edi. Behustunni o’qigach olimlarning hursndachiligi cheksiz edi. Chunki ular bu yerda Gerоdot manbalaridan yetib kelgan ossur- bobilcha nomlarni aniqlashgandi. Bu esa juda muhim ochilish edi.
Manba va faktlarni solishtirib ko’rgach olimlar ossur, haldey, bobil xalqlarini semitlar bo’lishgan degan fikrga kelishadi. Demak ular qandaydir semit tilida so’zlashgan. Ko’pgini semit tillari- arab, qadimgi yahudiy, oromiy va boshqalar juda yaxshi ma’lum edi. Bu esa bobil-ossur yozuvlarini o’qishni biroz yengillashtirdi.
Biron bir rus , ukrain, chex, bolgar tallarini biluvchi olimni ko’z oldimizga keltiraylik, bu olimga polyak tilini o’raganish oson bo’lishini oldindan tahmin qilishimiz mumkin. Chunki bularning hammasi slovyan til oilasiga kiradi. Ossur-bobil tilini o’rganishda ham shunday holat sodir bo’ldi. Lekin bobil-ossur xatini deshifrovka qilishda olimlarda katta qiyinchiliklarni tug’dirdi.
Darhaqiqat bunday qiziq holatni tushuntiri bo’lmasdi. Qanday qilib bitta bo’g’in bir necha xil belgilarda turlicha ifodalansa yoki aksincha, bitta belgi har xil o’qilsa? Masaln: bitta “li” bo’g’inini 5 xil usulda ifodalash mumkin, shu bilan bir belgi ham “tam”, ham “par”, ham “lax”, ham “xish” shaklida o’qilishi mumkun.ayni bir paytda huddi shu belgi butun bir so’zni anglatadi. Masalan: “shamshu” (quyosh), yoki “umu” (kun). Yana tadqiqotchilarni ayrim soqov deb atasa bo’ladigan belgilar o’ylantirardi. Tekst bo’yicha ularni o’qish kerak emasligi ular umuman oshiqcha ekankigi bilinib turardi.
Balkim ular tinish belgilari vazifasini o’tashgandir? Yo’q bo’lishi mumkin emas. Chunki ossur-Vavilon yozuvlari butunlay tinish belgilarisiz yozilgan, umuman. Ularda tekstlar to’liq qo’shilib yozilgan. Orada bo’shliq bo’lmagan bu o’z navbatida rasshifraovkani qiyinlashtirardi.
Masalan shunday bir jumlani o’qib ko’ring:
Har biringiz albatta jumlani ko’rib bir necha daqiqaga o’ylanib qolasiz. hattoki harflar, so’zlar, til va xattoki jumlani o’zi sizga tanish bo’lsa ham. Lekin faraz qiling agar tekst umumiy yozilgan bo’lsa yana unda umuman kerak bo’lmagan, matnni ma’nosini buzadigan belgilar bitilgan bo’lsa, uni o’qish naqadar qiyin va olimlar bu belgilarni qaerdan kelganligi va nima uchun bitilganliklari haqida uzoq bosh qotirishadi. Ayniqsa boshqa holatda bu belgilarni oshiqcha bo’lmaganligi, ularni tashlab yuborish mumkin bo’lmaganligi tadqiqotchilarni ancha o’ylantirdi.
Bu bobil-ossur belgi yozuvlari shu va shunga o’xshash ko’plab jumboqlarni o’z ichiga qamrab olgan edi. Lekin shunga qaramay olimlar bu xatni barcha sirlarini yechimini topishdi va hozirgi kunda bu xat bemalol o’qilmoqda.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, bu yozuvni bobilliklar yoki ossurlar emas balki ulardan ancha qadimiyroq xalqlar hisoblangan shumerliklar kashf qilishgan. Shumerliklarni tarixi va madaniyatini o’rganishda M.V Nikolskiy katta xizmat qilgan. Bu yozuv ming yillik tarixga borib taqaladi. Bu davda odamlar hali yozishni bilishmasdi. Biror bir fikrni rasmlar bilan ifodalashardi. Masalan: “Uy” deb yozishmoqchi bo’lishsa uyni rasmini chizishgan, “qo’y”deb yozishmoqchi bo’lishsa qo’yni rasmini chizishgan.bu rasmli so’zlar edi.
Lekin bunday so’zlar bilan ko’p narsani ifodalab bo’lmaydi. Masalan “yurmoq”, “yig’lamoq” so’zlarini qanday ifodalash mimkin degan savol tug’iladi? Savolga albatta javob topildi. Bir juft oyoqlarning sxematik tasviri “yurmoq” ma’nosini ifodalasa, yosh chiqib turgan ko’zning tasviri “yig’lamoq” ma’nosini bildirgan.
Lekin bular ham mukammallikdan ancha yiroqda edi. Bu usul bilan ish harakatini vaqtini (kelyatuvdim, ketyapman, boraman), olmoshlarni (men, sen, u, meniki, seniki, uniki), kelishiklarni (uyda, uyga, uydan), mavhum tushunchalarni (yaxshilik, yoshlik, haqiqat), va boshqalarni ifodalab bo’lmasdi. Va asta sekin bu rasmlar xatga aylana boshlaydi.
Bu juda uzoq va og’ir kechgan jarayon hisoblanadi. Bir tomondan rasmlar ancha soddalashib borardi. “Uy”, “daraxt”, “odam”, “sigir” so’zlari sxematik, bir necha shtrixlar yordamida ifodlanadigan bo’ldi. Va oxir oqibat bu “rasmlar” o’zlari ifodalayotgan predmetlardan butunlay farqlana boshlaydi. Shunga qaramasdan odamlar bu so’zlarni xatosiz o’qishardi.
Boshqa tarafdan esa so’zning talaffuzi bilan rasm o’rtasidagi bog’liqlik yo’qaladi. Ular bir so’zni so’zdagi bo’g’in sifatida qo’llay boshlashadi, ya’ni masalan “gul” – “GULmira”, “GULzor”, “GULdon”... shu bilan bir vaqtni o’zida “gul” o’z ma’nosida ham qo’llanilgan.
Endi fikrni xat orqali ifodalash imkoniyatlari yanada kengaydi.
Belgi va bo’g’inlarni birlashtirish yo’li bilan yangi so’zlarni xosil qilish mumkin bo’lib qoldi. Masalan rus tilidagi “chert” va “ej”so’zlaridan misol qiladigan bo’lsak bu so’zlarni qo’shilishidan yangi “chertej” ya’ni “chizmachilik”, yoki “vol” va “volokno” so’zlaridan “volokno” ya’ni “tola” so’zlarini keltirib chiqarishimiz mumkin. Albatta bu so’zlar o’zlari xosil bo’lgan so’zlarga ma’no jihatdan hech qanday aloqadorligi yo’q edi.
Shumeriylardan o’zlashtirgan yozuvlarini ossur va bobilliklar ikki xil usulda ya’ni ham shumercha, ham bobil-ossurcha o’qishgan. “uy” so’zi shumerchasiga “e” tovushidek talaffuz qilingan. Va bir belgida ifodalangan. Bobilliklar va ossuriyaliklar ham bu belgidan “e” tovushidek foydalanishadi, shu bilan birga ular bu belgidan “uy” so’zini ifodalash uchun ham foydalanishgan va holangki bobil va ossurchasiga uy “bitu” deb atalgan. Shunday qilib bu belgi har talaffuz qilinadigan va har xil ma’no ifodalaydigan so’zga aylandi.
Agarda bu belgi faqatgina ikki ma’no ya’ni “e” va “bitu” ni ifodalaganda u holda xatni deshifrovka qilish ancha yengil kechardi. Ammo bu belgi yana kamida 4 “bit” “pit” “bid” “pid” boshqa ma’nolarni ham bildirgan.
Qiziq bular qayerdan paydo bo’ldi?
Bobilliklar “biut” so’zidan kelishik qo’shimchasi “u” ni olib tashlashgan va yangi “bit” bo’g’inini xosil qilishgan. Qolgan “ pit, bid, pid” talaffuziga qarab hosil bo’lgan. Huddi bizni “kitob” ,”kelib” so’zlarimizni “kitop” , “kelip” kabi talaffuz qilganimizdek. Bobilliklar bu “kelip” va “kitop” so’zlarini “kelib” va “kitob” so’zlari bilan tengma-teng qo’llaydilar. Endi bir belgini nima uchun har xil o’qilishi sababi tushunarli bo’ldi.
Lekin qanday qilib bitta tovush bir necha xil belgilar bilan ifodalanishi mumkin?
Olimlar bu savolga ham javob topishdi. Bular omonimlar edi, ya’ni bir xil talaffuz qilinadigan lekin har xil ma’ni ifodalaydigan so’zlar edi.
Shumer tilida omonimlardan keng foydalanilgan. Masalan “a” so’zi ham “suv” ham “qo’l” ma’nosini anglatgan. Dastlab unisini ham bunisini ham chizishgan va ularni farqlay olishgan. Ammo keyin qachonki belgi o’zi xosil bo’lgan rasmga o’xshashligini yo’qatganidan so’ng undan nafaqat “suv” va “qo’l” so’zlarini balki “a” tovushini ifodalashga ham qo’llashgan. Shunday qilib bitta tovushni turli xil usulda qo’llash mumkin bo’lgan.
Bu yozuvda yana “soqov” so’zlar ham mavjud bo’lgan. Shuning uchun bu so’zlar qanday kelib chiqqan va xatda ular qanday rol o’ynaydi degan savol tug’iladi. Bular xatni o’qishda katta rol o’nagan. Bizga ma’lumki shumer yozuvi 400 dan oshiq belgidan iborat bo’lgan va bu tildagi matnlar bo’shliqsiz, bir tekisda yozilgan. Shuning uchun ular “soqov” so’zlardan kalit sifatida foydalanishgan. Bu belgilar ifodalanayotgan biron predmetni qaysi turga yoki turkumga kiritish kerakligini ko’rsatib turgan.
Bu o’qishni ancha yengillashtirgan. Huddiki bu soqov so’zlar hozir mamlakatni yoki shaharni yoki hayvonni nomini topasiz deb aniqlab berib turgandek.
Yillar o’tishi bilan ma’no aniqlab beruvchi bu kabi so’zlar butunlay yozuvlarda qotib qoladi va hamisha yozuvlar shunday belgilar bilan ifodalanadigan bo’ladi.
Odatda qadimgi ossuriylar yozuvlari qadimgi hukumronlarning qilgan bosqinchilik yurishlaridan, to’plagan o’ljalaridan xabar bergan. Topilgan yodgorliklarining birida o’ljada kiritilgan fil suyagidan yasalgan krovat, tillodan qilingan hanjar haqida ma’lumotlar bitilgan. Lekin bu so’zlarning oldiga “daraxt” so’zini qo’shib, quyidagicha “daraxt fil suyagidan yasalgan krovat”, “darxt tillo hanjar” ko’rinishida yozishgan. Buni hech hayron qoladigan joyi yo’q, chunki dastlab krovat, hanjarlar daraxtdan yasalgan. Keyinchalik taraqqiyot tufayli krovat, hanjarlar tillodan, fil suyagidan yasaladigan bo’lgan . lekin “daraxt” so’zi urf bo’lib qolgan va ochqich so’z sifatida predmetni qaysi turga kiritishimizni aniqlab berib turgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |