Erоn miххаtlаrining o’qilishidа Gеnri Rоulinsоn хizmаti. Sharqshunos olimlar qatoriga ruslardan Qozon universitetining magistorlari I.Berezen va V. Dittel kirgan.
Berezen ham yaqin sharq davlatlariga uch yillik sayohat uyushtirgan. 1843- yil bahorida u qadimgi Eron poytaxti persopolga sayohat qiladi. U bu haqida shunday yozadi: “Persopolda 1 hafta bo’ldim va u yerdagi tosh va sopolga o’yib yozilgan yozuvlardan nusxa olgach , mamlakatning janubidagi Sheroz shahriga keldim”
Berezen 8 oy davomida Eronda bo’ladi va bu yerda yangi ochilishlar qiladi. Masalan, u boshqa olimlarning nazaridan chetda qolgan yangi sopolga yozilgan tekstni topadi.
Undan bir necha oy oldin Persopolga V. Dittel tashrif buyurgan edi. U qadimgi yozuvlar topilgan joylarga borishga qaror qildi, chunki u olimlar o’qigan yodgorliklar haqidagi materiallarni shaxsan o’zi tekshirib chiqmoqchi edi va bunga erishdi ham.
Dittelni qadimgi Eron poytaxti Persopol sayohati haqidagi hisoboti saqlanib qolgan. Unda biz quyidagilarni o’qishimiz mumkin:
“Sheroz yo’lida qadimgi Persopol xarobalari joylashgan. Bu xarobalar o’zini qadimgi yozma yodgorliklari bilan mani yangi izlanishlarga tortdi va bu yerda 2 hafta atrofida qolib ketishimga sabab bo’ldi. Qadimgi Eron haqidagi ma’lumotlarga boy bo’lgan Persopol yodgorliklari ularni qaytadan tekshirib chiqishni talab qilardi. Bu yozuvlarni faqatgina ko’chirish bilan kifoyalanib qolmay, men Taxti-Jamshidning qolgan qismlarini qazishga qaror qildim. Mеni mehnatim yangi toshga o’yib yozilgan yodgorlikni topishim bilan mukofotlandi.”
Lekin oldinda uni yanayam muhim ochilishlar kutardi. Buning uchun u undan oldin hech kimni oyog’i yetmagan juda katta balandlikka chiqishi kerak edi. Lekin bu ham Dettelni to’xtatib qolmadi.
“Meni muhim kashfyotim bu Persopolni boshqa qismidan topilgan yozuvdan nusxa olganim bo’ldi”. Deb yozadi u “chunki bu yozuvdan mendan oldin birorta olim ham nusxa olmagan edi. Bu kashfiyot men tomonimdan Doroning qabri deb taxmin qilingan Naqshi Rustam qoyasida bajarildi. Bu yozuvlar juda balandlikda joylashganligi uchun boshqa olimlarning nazaridan chetda qolgan edi”
Dittel Persopolda yana marmardan ishlangan buqa haykalini topadi.
Genri Raulinson leytеnant unvoniga ega bo’lgan soddagina odam qiyofasidagi Angliyani josusi edi. Uning asosiy vazifasi Eron va Afg’onistonni Rossiyaga qarshi gijgijlash edi. Yana u Eron va Afg’oniston o’rtasida o’zaro nizo chiqishidan ham manfaatdor edi. U ikki davlat chegaralarida yashayotgan qabilalarni urishtirishga ham harakat qiladi. Uning nazaridan kavkaz xalqlari ham chetda qolmaydi. U shu niyatda Eronga kelgan va yerda ishlardi. U asosan “ajrat va boshqar” shioriga amal qilar edi.
Yaqin Sharq mamlakatlarini kezib yurganda Rоulinson Kermonshohdan Bog’dodga ketish yo’lida joylashgan bir necha ming metr baland bo’lgan qoyaga duch keladi va bu uni lol qoldiradi. Bu o’sha mashhur Behustun qoyasi edi. Qoyaga yaqin kelgash u qoyaga yozilgan yozuvlarga ko’zi tushadi. Ular minglab edi. “Qancha muhim tarixga ega ekan bu qoya, axir bekorga u mamlakatning markazida savdo va harbiy ishlar olib boriladigan hududga bitilmagan.” deb o’ylaydi o’zicha u.
Ish faoliyati yuzasidan Roulinson qo’liga ko’plab maxfiy hujjatlar tushardi va har doim u ularni kalitini topardi. Roulinson qoyadagi bitikni ko’rgach ertami- kechmi uni albatta o’qishga qaror qildi.
Raulinson bu davrda qadimgi Eron yozuviga bo’lgan qiziqish haqida yaxshi bilardi. Olimlarning o’rtasidagi har bir bitikni o’qish va uni tadbiq etishda o’zaro kurashlari haqida xabardor edi. Roulinson agarda bu bitikni deshifrovka qilsa mashhur va taniqli hammani e’tiboriga aylanishini tushunardi. Buning uchun esa u birinchi o’rinda Behustun yozuvlaridan nusxani qo’lga kiritishi kerak edi.
O’shandan buyon Behustun yozuvlarini o’qish fikri uni tark etmadi. U bo’sh bo’lishi bilanoq qoya yoniga kelib bitikni zehn bilan kuzatardi. Bir kuni u qoyaning pastki qismida yo’lni ko’radi va u yerga chiqishga qaror qiladi. U yo’lakka chiqib olgach uni kengligini va deyarli yozuvning oxirigacha davom etganligini ko’radi. Yozuv esa ancha katta - eniga 20 metr va bo’yiga 7 metrni tashkil qilardi.
Izma-iz yurib Roulinson qoyadagi barcha belgilarni ko’chirib olishga harakat qiladi, oylar o’tadi, uning yondaftarchasi to’la boshlaydi. Grotоfend, Byurnf va Lassen ishlaridan xabardor bo’lgan Roulinsonga yozuvlar huddi Persopoldagi singari uch sistemada yozilganligini aniqlash qiyin bo’lmadi.
Bu yozuv 420 qatorli belgi yozuvdan iborat. Va Roulinson o’zini uni yolg’z sohibi deb hisoblardi. Lekin Roulinson adashgan edi. Chunki u o’z ishlarini tugatishidan to’rt yil oldini V.Dittel Behustunga tashrif buyurgan edi. Ammo Dittel bu yerda uzoq qololmaydi. Dittel qoyani baholab shunday deydi: “qadimgi Eronning birinchi darajali yodgorliklari qatorida turuvchi qoya.”
Yillar o’tardi, fors armiyasidan bo’shagan Roulinson xizmat safarini Iroqda davom ettiradi va Behustun yozuvlarini o’rganishga uning deyarli vaqti bo’lmaydi. Qoyadan nusxa olish tobora qiyinlashib boradi. Ayrim yozuvlardan nusxa olishni umumna iloji yo’q edi. Chunki ular juda baland edi. U yozuvni har xil usullarda ko’chirishga harakat qiladi xatto qoyaga narvon olib chiqadi lekin narvonni har gal siljitib bitikdan nusxa olish qiyinilashib borardi.
Behustun yozuvlaridan nusxa olish baxti Qurdistonlik bir bolaga nasib etadi. U Roulinson uddalay olmaydigan ishni bajaradi yani u qoyani yuqori qismidan ipga osilib qoyani markaziga tushib karton qog’oz yordamida yani kartonni namlab qoyaga bosib undan nusxa oladi.
Shunday qilib 1874 yili Behustun yozuvidan to’liq nusxa olinadi. Va nihoyat Roulinson 12 yil davomida orzu qilgan va o’rgangan nusxani qo’lga kiritadi va undan ko’proq foyda olish ilinjida edi.
Qadimgi Behustun yozuvlari 200ga yaqin ismlar va geografik nomlardan iborat edi. Bu esa nafaqat qadimgi Fors tili va yozuvini o’qishga balki boshqa qadimgi yozuvlarni o’qilish sana’tini o’rganishga yordam berardi. Buning uchun birinchi galda u Behustun yozuvlari nusxasini nashr qilish kerak edi. Lekin bu Roulinson rejalariga kirmas edi. Axir unda u yozuvning yagona sohibi bo’lib qolmasdida. U deshifrovka sirlarini boshqalar bilan bo’lishishiga to’g’ri kelardi. Aksincha u Byurnuf , Lassen va boshqa olimlarning rasshifrovka sirlaridan foydalandi. Lekin bu haqida olimlarning o’zlariga xabar bermaydi. Nafaqat xabar bermaydi balki ular qilayotgan xatolar haqida ham ma’lumot bermaydi.
Lekin shunga qaramay butun dunyo olimlari behustun yozuvlarini ommaga taqdim etishini talab qilishadi va Roulinson ma’lumotlarni nashr qilishga majbur bo’ladi. Nashr qilingan ma’lumotda deyarli yangilik yo’q edi, u xatto birovning kashfiyotini o’zlasgtirishga harkat qiladi.
Xinks qadimgi fors alifbosida ayrim undoshlarning undan keyin keladigan unli tovushga qarab turli xilda yozilishini kashf qiladi. Roulinson bu haqida o’z materilalarini Londonga nashrga jo’natgandan so’ng Angliyadan olgan bir olimning xatidan bilib oladi. Vaqtni o’tkazmasdan u darhol o’z ishiga qo’shimcha sifatida Xinks fikriga bir tomchi suvdek o’xashash bo’lgan o’z ochilishini kiritib Londonga nashrga yuboradi.
Katta janjal ko’tariladi, Roulinsonni adabiy o’g’irlikda ayiblashadi, lekin, u vaziyatdan osonlikcha chiqib ketadi. U pochta shtampini qalbakilashtirib bu ma’lumotni Angliyadan xat olmasdan oldin jo’natganligini isbotlaydi. Uning hamkasblari Roulinsonga turli xil shtamp, pechta imzolarni qalbakilashtirish u qadar qiyin bo’lmagan odatiy hol ekanligidan bexabar edilar. Faqatgina ancha yillar o’tgach bu yo’lg’on fosh bo’ladi.