2-BOB BU IKKI DAVLAT ZIDDIYATNING ASL SABABLARI, AQSH VA SSSR QARAMA-QARSHILIGI.
2.1 Bu ikki davlat ziddiyatning asl sabalari.
Hammasi bir asrdan ham nariga borib taqaladi. 1910 yildan to Ikkinchi jahon urushiga qadar yagona Koreya davlati Yaponiyaning mustamlakasi bo‘lgan. Yaponlar bu hududdan turib nafaqat Koreyani, balki Xitoyning katta hududini nazorat qilishardi. Koreyaning bo‘linib qolishida aynan mana shu jihat asosiy rol o‘ynaydi. Ikkinchi jahon urushi yakuniga ko‘ra, hududni yaponlardan ozod qilish zarurati tug‘ildi. Shimol tomondan sobiq SSSR, janubdan AQSh va uning ittifoqchilari Koreya yarimorolini yapon bosqinchilaridan ozod qilishdek ezgu maqsad yo‘lida birlashdi. Ular mamlakat hududini 38-paralleldan qoq ikkiga ajratib, ikki tomonga o‘z askarlarini joylashtirishdi va tozalash ishlarini boshlab yuborishdi. E'tiborli jihati keyinchalik ikki tuzumni ajratuvchi bu chiziq vaqtincha va shartli ravishda chizilgandi. O‘sha paytlar Koreya davlati uchun ulkan muammoni yechib berishni ko‘zlagan bu ikki qudratli davlat keyinchalik bu hudud ulkan qirg‘inlar maydoniga, ikki tuzum ziddiyati markaziga aylanishini bilganlarida balki bu davlatga umuman kirmasmidi?.. Xullas, Ikkinchi Jahon urushi yakuniga ko‘ra, 1949 yilning dekabrida antigitlerchilar koalitsiyasi tomonidan yaponlarni quvish va Koreya mustaqilligini tiklash maqsadida 38-parallelning har ikki tomonida muvaqqat hukumatlar tuzildi. Janub tomonda AQSh vasiyligida o‘tkazilgan saylovlar natijasiga ko‘ra Li Sin Man g‘olib chiqqan bo‘lsa, shimolda sovetlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Kim Ir Sen davlat boshqaruviga keldi. Bir qarashda hammasi reja bo‘yicha ketayotgan, yaponlar quvilib, Koreya mustaqillikka erishgach, barcha murod maqsadiga yetadigandek edi10. Ammo bu paytga kelib har biri o‘ziga xos tuzum hamda mafkurani targ‘ib qiluvchi AQSh va SSSR o‘zaro sovuq urush davriga kirib ulgurgan, bir-birlarining har bir harakatiga shubha bilan qarashardi. Bu kayfiyat Koreyaning har ikki rahbari qalbidan joy olib ulgurgan, undan tashqari Li Sin Man ham, Kim Ir Sen ham allaqachon hokimiyat mazasini totib bo‘lgan, o‘z o‘rnini osonlikcha berib qo‘ya qolmasdi. SSSR va AQShning yagona Koreya bo‘yicha qarashlari avvalboshdan yagona va mustahkam kelishuvga ega bo‘lmagani uchun bir-biriga zid kela boshladi. Ular 1947 yilga qadar bu borada yakdil xulosaga kela olishmadi va masala yechimini yangi tuzilgan hamda ulkan umidlar bag‘ishlayotgan tashkilot – BMTga topshirishdi. Shu bilan birga, har ikki davlat o‘ziga tegishli hududda harbiy kuchlarini saqlab qoldi. Janub va Shimol tom ma'noda ikki tomonga qarab keta boshladi hamda 38-parallel davlatlar o‘rtasidagi ramziy jarlikka aylana bordi. 1948 yilga kelib har ikki tomon o‘z konstitutsiyasini qabul qilib oldi va bu konstitutsiyalarda o‘z davlatining mutlaq hukmronligini ta'kidlagan holda qo‘shnisining hududlarini egallab olgan «zolimlarni quvib solish muqaddas burch» ekanligi aytib o‘tilgandi. Shimoliy Koreya konstitutsiyasida hatto mamlakat poytaxti sifatida Seul shahri ko‘rsatilgan, Pxenyan esa Seul «ozod» qilingunga qadar muvaqqat hukumat vaqtincha faoliyat yuritayotgan shahar maqomida edi. Har ikki davlat qo‘shnisining huquqlarini tan olmagan holda o‘z mafkurasini mustahkamlashga kirishib ketdi. O‘sha paytlarda shimolda amalda bo‘lgan kommunistik tuzumning davlat boshqaruvida muxoliflarni shafqatsizlarcha yo‘q qilgani haqida ko‘p ma'lumotlar yoritilgan. Lekin tarix hozirgi natijalarga olib kelgan demokratik davlat poydevori qurilayotgan o‘sha yillarda Janubiy Koreyada ham aksil qarashdagi har qanday inson omadi kelsagina panjara ortiga ravona bo‘lgani, odatda dahshatli o‘lim topgani to‘g‘risida yetarlicha faktlarga ega11.
Li Sin Man AQShning qo‘llab-quvvatlashini o‘z bilganicha tushundi va demokratiyani mutlaq hokimiyatni egallash yo‘lidagi bir vosita deb bildi. Unga qarshi har qanday harakat shafqatsiz bostirilar, mamlakat hududidagi qamoqxonalarda minglab odamlar otilishi bilan birga 22 mingdan ortiq odam faqat siyosiy mahbus hisoblanardi. Yapon mustamlakasi avjiga chiqqan mamlakatning eng qora kunlarida ham yaxlit Koreyadagi siyosiy mahbuslar soni 12 ming nafardan oshmagan. 1949 yilning 1 dekabrida qabul qilingan qonun hammasidan oshib tushdi. «Dushman (Shimoliya Koreya) tomonga xayrixohlik bildirgan har qanday fuqaroni shafqatsiz jazo kutadi» degan mazmunni beruvchi bu qonunni xohlagancha talqin qilish mumkin edi12.
Li Sin Man 1947 yildayoq «Shimolda qo‘nim topgan xoinlarni quvish va separatistik hukumatni ag‘darib, hududni ozod qilish hamda yagona Koreya davlatini tuzish shart»ligi haqida ochiq da'vat qilgandi. Tabiiyki, yagona Koreya rahbari sifatida u yolg‘iz o‘zini ko‘rardi13. Kim Ir Sen ham bunga javoban Koreya respublikasi degan davlat aslida yo‘qligini, xalqni janubiy hududda imperialistlar ko‘magida uya qurib, hokimiyatni egallab olganlardan qutqarish tez orada sodir bo‘lishini ta'kidlardi. Shonli chaqiriqlar faqat qog‘ozda qolib ketmadi, har ikki tomon tarafdorlari ko‘magida zo‘r berib qurollanishga kirishib ketdi. 1950 yilning 25 iyunida ochiqdan-ochiq boshlangan urushning asl sababchisi kimligi, janglar olovini dastlab qaysi tomon yoqqani borasidagi tortishuvlar hali ham davom etib kelmoqda va bu savollarga aniq javobni tarix o‘z qa'riga ko‘mib yuborgan bo‘lsa ajab emas. Anig‘i shuki, har ikki tomon o‘z harbiy harakatlarini ilojsiz mudofaa sifatida ko‘rsatishga urinar, raqibining to‘satdan uyushtirgan hujumlari haqida rad etib bo‘lmas dalillar taqdim etardi. Muhimi bu emas. Shunisi muhimki, kechagina og‘a-ini bo‘lib, yagona dushmanga qarshi kurashlarda qon to‘kkan bir millat ikkiga bo‘linib olib, ikki mafkura ostida bir-biriga qarshi shafqatsiz urush boshladi. (Mao Tszedun va Kim Ir Sen) Dastlab Shimol kuchlari katta suratda janubga qarab siljiy boshladi va tez orada poytaxt Seul egallandi14. Ammo ularning zudlik bilan g‘alabaga erishish hamda janubdagi hukumatdan ko‘p sonli norozilarning isyon ko‘tarib shimol kuchlarini qo‘llab-quvvatlashi rejasi amalga oshmadi15. Shunday bo‘lsada, shimolliklar qadamba-qadam janub tomonga yurishda davom etdilar. 1950 yilning iyun-avgustiga kelib, Janubiy Koreyaning 90 foiz hududi Shimol tasarrufiga o‘tdi va janubliklar ixtiyorida faqatgina bir yirik shahar – Busan (Pusan) qoldi. Kommunistlar hujumi arafasida Seulni 1 milliondan ortiq kishi tark etmoqda. Deyarli hamma shimolning g‘alabasi va kommunizm rejimining butun Koreya yarimoroliga tarqalishi aniqligini ta'kidlab turgan bir paytda urushga shu paytgacha maslahatchi maqomida turgan AQSh va uning ittifoqchilari aralashishdi. Janubiy Koreyaning 5, AQShning 5 diviziyasi, Buyuk Britaniyaning maxsus brigadasi, 500ta tank, 1600dan ortiq turli kalibrdagi yirik o‘qotar qurollar, 1120ta samolyot birlashib, avval tasarrufida 40ta tank va 800dan ortiq o‘qotar qurol qolgan shimol kuchlarini to‘xtatishdi, keyin esa ortga uloqtirib, 1950 yilning 15 sentabridayoq qarshi hujumni boshlashdi. Mao Tszedun Stalinga yo‘llagan maktubida «Agar biz AQSh va ittifoqchilarining Koreya yarimorolini zabt etishlariga yo‘l qo‘yib bersak, tez orada ularning Xitoyga ham urush ochishlariga tayyor turishimiz kerak bo‘ladi» degandi16.
O‘z navbatida Trumen ham vaziyatni «Biz Chikago, Nyu-Orlean yoki San-Frantsiskoda jang qilmaslik uchun ham Koreya yarimorolida harbiy harakatlar olib bormoqdamiz», deya izoh beradi. Mao Stalindan yordam kutib, Xitoy kuchlarini 13 oktabrdan 19 oktabrga qadar urushga kirishdan to‘xtatib turdi. Ammo Ikkinchi Jahon urushida g‘olib bo‘lgan bo‘lsada, o‘ta katta talofatlar bilan chiqqan SSSRning yana bir mantiqsiz urushga ochiqdan-ochiq qo‘shilishi to‘g‘ri bo‘lmasligini Stalin yaxshi anglab yetardi. Qolaversa, prezident Trumen general Vandebergga agar sovetlar ittifoqi urushga o‘z kuchlarini tashlaydigan bo‘lsa, Sibirdagi harbiy bazalarni yadro quroli bilan bombardimon qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish haqida topshiriq bergandi. Shunday bo‘lsada, SSSR hududdagi o‘z mafkurasining barbod bo‘lishiga ham jim qarab tura olmasdi. Stalinning maxfiy buyrug‘iga ko‘ra aniq soni ma'lum bo‘lmagan ko‘plab harbiylar turli niqob ostida yarimorolga jo‘natila boshlandi. Shuningdek, «Mig-15» samolyotlari havodan turib AQShning «F-80» samolyotlarini tutday to‘kishga kirishdi.
AQSh generallari havoni boy berayotganlarini tushunib, zamonaviy «F-86» samolyotlarini ham jangga tashladilar – Koreya osmonida haqiqiy qirg‘inbarot boshlandi. Mao ham qarab turmadi. 1950 yilning 25 oktabrida Xitoyning 270 ming kishilik qo‘shinlari avval BMT kuchlari mudofaasini yorib o‘tib, AQSh qo‘shinlarini kunpayakun qilib tashladi.
KXDR va Xitoy yagona kuchga aylanib, qarshi hujumga o‘tdi va hech qancha vaqt o‘tmay – 1951 yilning 4 yanvaridayoq Seul qayta zabt etildi17. AQSh kuchlarini boshqarayotgan general Uoker avtohalokat natijasida halok bo‘ldi va ittifoqchilar ham ruhan, ham jismonan tang ahvolga tushib qoldi. Ayni shu kunlarda AQSh hukumati mutlaqo jiddiy tarzda yadro qurolini ishga solish haqida rejalar tuzishga kirishdi. Vaziyat og‘irlashgani uchun ittifoqchilar zudlik bilan yangi qo‘shinlar tashlashga majbur bo‘ldi va endi urush kichik hududdagi haqiqiy qirg‘inga aylanib ketdi. Birgina Imjingan daryosi bo‘yidagi bir hafta davom etgan janglarda ittifoqchilar tomonidan 20 ming kishi yoki o‘lgan, yo asirga tushgan bo‘lsa, Xitoy tomoni 70 ming askaridan ajraldi. Shimoliy Koreya qurolli kuchlari (Koreya xalq armiyasi) qoʻshinlari chegarani kesib oʻtib, 1950-yil 25-iyunda Janubiy Koreyaga kirdi. Iosif Stalin yakuniy so'zni aytdi va bir necha bor Shimoliy Koreyadan Mao Tszedun bilan 1950 yil bahorida yakuniy ma'qullamaguncha bosqinni kechiktirishni talab qildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi Shimoliy Koreyaning harakatlarini bosqinchilik sifatida qoraladi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti qo'mondonligini shakllantirishga va hujumni qaytarish uchun Koreyaga kuchlarni yuborishga ruxsat berdi. Sovet Ittifoqi Tayvanni (Xitoy Respublikasi) Xitoy deb tan olgani uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotini boykot qildi va materikdagi Xitoy (Xitoy Xalq Respublikasi) Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tan olinmadi, shuning uchun ularning hech biri o'z ittifoqchisi Shimoliy Koreyani qo'llab-quvvatlay olmadi. Xavfsizlik Kengashi yig'ilishida18. Oxir-oqibat, Birlashgan Millatlar Tashkilotining yigirma bir mamlakati Birlashgan Millatlar Tashkiloti kuchlariga hissa qo'shdi, Qo'shma Shtatlar harbiy xizmatchilarning 90% ga yaqinini ta'minladi. Urushning dastlabki ikki oyidan so'ng, Janubiy Koreya armiyasi va Koreyaga shoshilinch ravishda ko'chirilgan Amerika qo'shinlari Pusan perimetri deb nomlanuvchi mudofaa chizig'i orqasida kichik bir hududga chekinib, mag'lubiyat arafasida edi. 1950 yil sentyabr oyida Inchonda Birlashgan Millatlar Tashkilotining xavfli amfibiya qarshi hujumi boshlandi, bu Janubiy Koreyadagi Koreya xalq armiyasining qo'shinlari va ta'minot liniyalarini kesib tashladi. Qamal va asirlikdan qutulganlar shimolga qaytishga majbur bo'ldilar. Birlashgan Millatlar Tashkiloti kuchlari 1950 yil oktyabr oyida Shimoliy Koreyaga bostirib kirdi va tezda Yalu daryosiga - Xitoy bilan chegaraga ko'chib o'tdi, ammo 1950 yil 19 oktyabrda Xitoy Xalq ko'ngilli armiyasining qo'shinlari Yalu daryosidan o'tib, urushga kirishdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti hujumning birinchi bosqichi va hujumning ikkinchi bosqichidan keyin Shimoliy Koreyadan chekindi. Dekabr oyining oxiriga kelib, Xitoy qo'shinlari Janubiy Koreyada edi. Ushbu va keyingi janglarda Seul to'rt marta qo'lga olindi va kommunistik kuchlar urush boshlangan joydan unchalik uzoq bo'lmagan 38-parallel yaqinidagi pozitsiyalarga qaytarildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |