Jahon tarixi fanidan 8-sinf uchun Nazorat ishi-1 2-variant 1. «Yangi tarix» davrining 1-bosqichi qaysi voqeagacha davom etgan?
A) Buyuk geografik kashfiyotlargacha B) Reformatsiyagacha
C) Buyuk fransuz burjua inqilobigacha D) Birinchi jahon urushigacha
2. 1498-yil Hindistonga yetib borgan dengizchi kim?
A) Fernando Magellan. B) Vasko da Gama.
C) Bartolomeu Diash. D) Xristofor Kolumb
3. 1524-yil Germaniyada boshlangan dehqonlar qo'zg'oloniga kim rahbarlik qilgan?
A) Martin Lyuter B) Tomas Myunser. C) Jan Kalvin. D) Ignatiy Loyola
4. Kalvinistlar Angliyada qanday atalgan?
A) Lyuteranlar B) Protestantlar. C) yakobinchilar D) puritanlar
5. Fransiya tarixida ilk konstitutsiya qachon qabul qilingan?
A) 1789-yil. B) 1791-yil. C) 1792-yil. D) 1795-yil
6. «Sikstin madonnasi» surati muallifi kim?
A) Leonardo da Vinchi. B) Rafael Santi
C) Mikelanjelo. D) Rembrandt
7. Nemis katoliklari va protestantlari o'rtasidagi mojaro tufayli qaysi urush boshlangan?
A) O'ttiz yillik urush. B) Yetti yillik urush.
C) Shimoliy urush. D) Ispan taxti uchun urush
8. Angliyada qaysi qirol parlamentni tarqatib yubordi?
A) Karl I. B) Genrix VIII. C) Yakov I. D) Oliver Kromvel
9. «Iso jamiyati nechanchi yilda ta'sis etilgan?
A) 1517-yil B) 1524-yil C) 1526-yil. D) 1540-yil
10. O'ttiz yillik urush tufayli qaysi davlatning Yevropadagi roli oshdi?
A) Italiya. B) Angliya. C) Germaniya. D) Fransiya
11. Dengiz orqali yangi savdo yo'llarining ochilishi qaysi davlat shaharlarining avvalgi ahamiyatini yo'qotdi?
A) Italiya. B) Portugaliya. C) Gollandiya. D) Ispaniya
12. XVII asrning o'rtalarida qaysi xalqlar Avstraliya qirg'oqlarini tadqiq eta boshladi?
A) ispanlar. B) portugallar. C) gollandiyaliklar D) italyanlar
13. Bosh qahramoni oliyjanob ritsar bo'lgan asar muallifi kim ?
A) Uilyam Shekspir. B) Tomas Mor.
C) Jon Lokk. D) Migel de Servantes
14. 1791-yil Fransiya qaysi davlatga urush e'lon qilgan?
A) Avstriya. B) Italiya. C) Angliya. D) Ispaniya
15. Fransiyada qachon Konsullik joriy etiladi?
A) 1795-yil B) 1797-yil. C) 1798-yil. D) 1799-yil
16. Qaysi urush Nishtadt shartnomasi bilan yakun topgan?
A) O'ttiz yillik urush. B) Yetti yillik urush.
C) Shimoliy urush. D) Ispan taxti uchun urush
17. Qaysi davlat iqtisodi asosan mis bilan bog'liq edi?
A) Italiya. B) Angliya. C) Germaniya. D) Fransiya
18. Italiya uchun qaysi davlatlar urush olib borgan?
A) Angliya va Fransiya. B) Ispaniya va Germaniya.
C) Angliya va Germaniya. D) Fransiya va Ispaniya
19. Rossiya qachon imperiyaga aylandi?
A) 1547-yil. B) 1613-yil. C) 1689-yil. D) 1721-yil
20. Napoleon Bonapart qachon Misrga yurish qilgan?
A) 1795-yil B) 1797-yil. C) 1798-yil. D) 1799-yil