Jahon tarixi fanidan 8-sinf uchun Nazorat ishi-1 1-variant 1. «Yangi tarix» davri qaysi davrni o'z ichiga oladi?
A) XIV-XVIII asrlar. B) XV asr-1918-yil. C) XVI asr-1914-yil. D) XV-XIX asrlar
2. Hind okeaniga birinchi bo'lib Atlantika okeani orqali chiqqan dengizchi kim?
A) Fernando Magellan. B) Vasko da Gama.
C) Bartolomeu Diash. D) Xristofor Kolumb
3. Yevropada Reformatsiya boshlanishiga sababchi bo'lgan inson kim?
A) Martin Lyuter B) Tomas Myunser. C) Jan Kalvin. D) Ignatiy Loyola
4. XVII asrda Angliyada fuqarolar urushi davrida Parlament tarafdorlari kimlar bo'lgan ?
A) yirik yer egalari, cherkov, saroy amaldorlari
B) savdogarlar, tadbirkorlar, yangi dvoryanlar
C) savdogarlar, yirik yer egalari, yangi dvoryanlar
D) saroy amaldorlari, tadbirkorlar, dehqonlar
5. XVI-XVIII asrlardagi xalqaro urush va mojarolarning sababi nima edi?
A) diniy urushlar B) iqtisodiy qarama-qarshiliklar
C) Yevropa kelajagi to'g'risidagi 2 xil qarash D) Barcha javoblar to'g'ri
6. Bastiliya qal'asi qachon qo'zg'olonchilar tomonidan ishg'ol etilgan?
A) 1789-yil 5-may B) 1789-yil 14-iyul C) 1791-yil sentabr D) 1792-yil 22-sentabr
7. Genuyadagi Avliyo Georgiy qanday muassasaning nomi hisoblanadi?
A) birja B) aksionerlik kompaniyasi C) bank D) yarmarka
8. Gumanizm XIV asr o'rtalarida qaysi davlatda paydo bo'ldi?
A) Italiya. B) Angliya. C) Fransiya. D) Germaniya
9. Qaysi urush Vestfal sulhi bilan yakun topgan?
A) O'ttiz yillik urush. B) Yetti yillik urush.
C) Shimoliy urush. D) Ispan taxti uchun urush
10. XVII asrdagi Germaniya knyazliklari haqida to'g'ri berilgan javobni toping?
A) Avstriya-Berlin-gabsburglar. B) Brandenburg-Berlin-gogensollernlar.
C) Avstriya-Vena-gogensollernlar D) Brandenburg-Vena-gabsburglar
11. Fransiya qiroli Lyudovik XVI qatl etilgach qaysi davlatlar Fransiyaga qarshi chiqdi?
A) Angliya va Italiya. B) Ispaniya va Germaniya.
C) Italiya va Germaniya. D) Angliya va Ispaniya
12. Sulaymon orollari, Janubiy Polineziya va Melaneziyani kimlar kashf etgan?
A) ispanlar. B) portugallar. C) gollandiyaliklar D) italyanlar
13. Kalvinizmga qaysi shaharda asos solingan?
A) Genuya. B) Jeneva. C) Vittenberg. D) Parij
14. Fransiyada yangi konstitutsiya qachon qabul qilingan?
A) 1795-yil aprel. B) 1795-yil may. C) 1795-yil avgust D) 1795-yil sentabr
15. Boris Godunov vafot etgach qaysi davlat Moskvani egallab olgan?
A) Polsha. B) Shvetsiya. C) Germaniya. D) Turkiya
16. Qaysi davlat 300 dan ortiq knyazliklarga bo'linib ketgan edi?
A) Rossiya. B) Fransiya. C) Angliya. D) Geramaniya
17. Qaysi davlatga yurish Napoleon Bonapartni juda mashhur qilib yubordi?
A) Misr B) Belgiya. C) Italiya D) Gollandiya
18. Rossiyada oprichnina siyosati nechanchi yilda boshlandi?
A) 1547-yil. B) 1549-yil. C) 1565-yil. D) 1572-yil
19. Uelsni bo'ysundirgan Angliya qiroli kim?
A) Karl I. B) Genrix VIII. C) Yakov I. D) Oliver Kromvel
20. «Adashgan o'g'ilning qaytishi» suratining muallifi kim?
A) Leonardo da Vinchi. B) Rafael Santi
C) Mikelanjelo. D) Rembrandt