Samoderjaviye va krepostnoyiikka qarshi kurash
1812- yilgi Fransiya — Rossiya urushida erishilgan g‘alabadan keyin ham chor Rossiyasida samoderjaviye boshqaruv tartibi va krepostnoylik huquqi saqlanib qolaverdi. Ushbu holat chor Rossiyaning ilg‘or fikrli kishilarini harakatga chorladi. Ular o‘z vatanini Yevropaning yetakchi davlatlari qatorida ko‘rishni istardilar. Vatanidagi mavjud tuzumni o‘zgartirmay turib, o‘z orzularining ro‘yobga chiqmasligini ham yaxshi bilar edilar.
D ekabristlar ikkita maxfiy jamiyat tuzdilar. Ulardan biri, «Janubiy jamiyat», ikkinchisi, «Shimoliy jamiyat» deb ataldi. Har ikki jamiyat ham Rossiya Konstitutsiyasining loyihasini yaratdi. «Janubiy jamiyat»ning ko‘zga ko‘ringan arbobi Vatan urushi qatnashchisi, Borodino jangida ko‘rsatgan jasorati uchun oltin dastali qilich bilan mukofotlangan Pavel Pestel edi.
U yaratgan konstitutsiya loyihasi «Rus haqiqati» deb ataldi. Loyihada samoderjaviye, krepostnoylik huquqini yo‘q qilish va Rossiyada respublika idora usulini joriy etish ko‘zda tutildi. Hamma fuqarolar uchun teng saylov huquqi asosida saylanadigan «Xalq Vechesi»ning Rossiya parlamenti bo`lishi belgilandi.
«Shimoliy jamiyat»da Nikita Muravyov tayyorlagan konstitutsiya loyihasi Rossiyani konstitutsiyaviy monarxiya deb e’lon qilishni ko‘zda tutardi. Mulk senzi asosida saylanadigan ikki palatali Xalq Vechesi oliy qonun chiqaruvchi hokimiyal organi (parlament) boiishi kerak edi. Dekabristlar o‘z maqsadlariga qo‘zg‘olon ko‘tarish orqali erishishi mumkin deb hisoblab, unga tayyorlana boshladilar. Qo‘zg‘olon vafot etgan imperator Aleksandr I o‘rniga ukasi Nikolay I ni taxtga o‘tqazilishi marosimi o‘tkaziladigan kunga belgilandi. Qo‘zg‘olon dekabristlarga sodiq harbiy qism tomonidan amalga oshi- rilishi lozim edi.
Qo‘zg‘olon 1825-yilning 14-dekabr kuni boshlandi, biroq u muvaffaqiyatsizlikka uchradi va imperatorga sodiq harbiy kuchlar tomonidan bostirildi.
Krepostnoylik huquqining yemirilishi.
Mamlakatda vujudga kelgan kuchli norozilik to‘lqinini bostirish maqsadida imperator Aleksandr II 1861-yilning 19-fevralida krepostnoy huquqni bekor qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Qonunga ko‘ra, krepostnoy dehqonlar shaxsan ozod bo‘ldilar. Dehqon endi pomeshchikning ruxsatisiz oila qurish, mustaqil sur’atda shartnoma, savdo bitimlari tuzish, ko‘chmas mulk sotib olish va uni meros qoldirish kabi huquqlarga ega bo‘ldi.
Hukumat dehqonlami ozod qilib yer berishga majbur bo‘ldi. Shunday qilinmasa xalq g‘azabga kelishi mumkin edi. Bundan tashqari, dehqonlarning asosiy soliq toiovchilar bo‘lib qolishi ham hisobga olindi. Dehqonlarga berilgan yer chek yerlar deb ataldi.
Hukumat pomeshchikning manfaatini ham hisobga oldi. Jumladan, pomeshchik o‘z ixtiyoridagi yerning 1z3, cho‘l hududlarda esa 1z2 qismini saqlab qolish huquqiga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, dehqon shu vaqtgacha hukumat qarorida belgilanganidan ko‘proq miqdordagi yerdan foydalanib kelgan bo‘lsa, uning ortiqchasi pomeshchikka o‘tkazilar edi. Bunday yerlar «otrezok» deb atalgan.
Dehqon o‘ziga berilgan yerga egalik qilish uchun vikup to‘lashi shart edi. Biroq, dehqonda vikup uchun pul bo‘l- maganligi sababli davlat tomonidan beriladigan bo‘ldi.
Dehqonlar bu qarzni 49 yil davomida davlatga foizi bilan to‘lab borishi lozim edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |