AQSH soliq tizimi va O’zbekiston Respublikasi soliq tizimining
solishtirma tahlili.
O’zbekiston Respublikasi soliq tizimi 2 pog’onali:
1. Umumdavlat soliqlari;
2. Mahalliy soliqlar va yig’imlar.
Yuqorida ko’rganimizdek AQSH soliq tizimi uch pog’onali, ya’ni:
1. Federal soliqlari;
2. Shtat soliqlari;
3. Shahar soliqlari.
Respublikamiz umumdavlat soliqlariga asosan doimiy tushumga ega
bo’lgan va byudjedga muhim o’rin tutadigan soliqlar yo’naltiriladi.
Bularga: jismoniy shaxslar daromadiga soliq, yuridik shaxs daromadiga
soliq, aksiz solig’i, QQS, davlat boji, bojxona boji va boshqa soliqlar
kiradi.
AQSH federal budjet soliqlarida esa asosan to’g’ri soliqlar hissasi
ko’proq to’g’ri keladi.
Ikki davlat uchun o’xshashlik jihati har ikkala budjetga ham muhim
ahamiyatga molik bo’lgan soliqlar yo’naltiriladi. Farqli jihati esa
O’zbekiston Respublikasi soliq tizimida hozirgi kunda egri soliqlar hissasi
ko’proq, shu sababli egri soliqlar ham umumdavlat soliqlarida muhim
ahamiyatga ega, AQSH federal budjetida esa egri soliqlar deyarli yo’q,
chunki mamlakat budjetida egri soliqlarning hissasi kam bo’lib AQSH
251
federal budjetiga jismoniy shaxslar daromad solig’idan keyin ikkinchi
o’rinda (budjetdagi salmog’i bo’yicha) ijtimoiy sug’urta ajratmalari va
korporatsiyalar daromadiga soliq kiradi.
AQSHda korporatsiya budjetiga soliqlarni federal budjetdan tashqari
shtat soliqlari tarkibiga ham kiritiladi.
Respublikamiz soliq tizimining ikkinchi pog’onasi mahalliy soliqlar
va yig’imlardir.
Mahalliy soliqlar mahalliy hukumatlar bajaradigan vazifalariga qarab
belgilanib, ularga doimiy va to’liq biriktirib berilgan. Mahalliy hukumatlar
asosan ijtimoiy masalalarni: maktab, sog’liqni saqlash, madaniyat, maorif,
shaharlar va qishloqlar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi. Mahalliy
budjetini (soliqlarning) muhim xususiyati shundaki, ular faqat shu
hududning budjetiga tushadi. Boshqa budjetlarga ajratmalar berilmaydi.
AQSH mahalliy soliqlari asosan: ijtimoiy ta’minot, yo’l qurilishi,
sog’liqni-saqlash, xalq ta’limi mahalliy soliqlarga kiradi. Respublikamiz
mahalliy soliqlariga esa: mol-mulk solig’i, yer solig’i, obodonlashtirish va
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, transport vositalariga benzin,
dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun soliq kiradi.
Amerika Qo’shma Shtatlarida qimmatli qog’ozlar bozori ancha
rivojlangan va bu tizimdan ham juda katta daromad olish imkoniyati
mavjudligi tufayli mamlakat budjetiga ushbu operatsiyalardan ham
ma’lum miqdorda soliq tushumlari tushadi.
Respublikamiz hududida esa aksincha, ya’ni qimmatli qog’ozlar
bozori hali to’liq shakllanmaganligi sababli ham soliq tushumlari kam.
Respublikamiz soliq tizimida ham yanada bu bozorni rivojlantirish
maqsadida
ushbu
operatsiyalardan,
ya’ni
qimmatli
qog’ozlar
operatsiyasidan daromad oluvchi yuridik shaxslarga soliqlardan imtiyoz
berilgan.
Amerika Qo’shma Shtatlarida kompaniyalar va korporatsiyalarning
soliq bazasidan ilmiy-tadqiqotchilik va tajriba-konstruktorlik ishlariga
harajatlar butunlay, uskunalarni zamonaviylashtirishga harajatlar qisman
chiqarib tashlanishi mumkin. Uncha katta bo’lmagan kompaniyalarga,
ya’ni kichik biznesga maxsus imtiyozlar beriladi.
Masalan, Amerika Qo’shma Shtatlarida yillik daromadi 75 ming dollargacha bo’lgan
kompaniyalarga yil davomida qiymati 10 ming dollargacha bo’lgan (kompaniyalarga yil davomida)
yangi uskunani to’liq hisobdan chiqarish huquqi beriladi. Kichik biznes uchun Amerikada,
shuningdek, foyda solig’i uchun imtiyozli progressiv stavkalar belgilangan.
Respublikamiz misolida ko’radigan bo’lsak, hozirgi kunda xususiy
tadbirkorlik va kichik biznes uchun juda ahamiyatga molik ishlar amalga
252
oshirilmoqda. Ularga nisbatan bir muncha engilliklar, imtiyozlar berilgan.
Soliq solishning soddalashtirilgan tizimi joriy qilingan.
Ikki davlatning yana bir e’tiborga molik bo’lgan soliq va soliqsiz
to’lovlaridan biri bu bojxona bojlaridir. Amerika Qo’shma shtatlarida
iqtisodiyot ancha rivojlanganligi sababli mamlakat ichki bozori o’z ishlab
chiqargan mahsulotlari bilan ta’minlangan. Shu qatori eksport ham yaxshi
yo’lga qo’yilgan. Shu sababli ham mamlakatga import qiluvchi tovarlar
uchun bojxonada rasmiylashtirish uchun bojxona va davlat bojlari nisbatan
yuqori emas.
Respublikamizda esa ishlab chiqarish hali to’liq rivojlanmaganligi
sababli o’z ichki bozoridagi ishlab chiqarilgan mahsulotlarni himoya qilish
va ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish maqsadida chetdan kelayotgan
import tovarlar uchun soliqlar va bojlar yuqori stavkada qo’llaniladi. Aksiz
solig’i (aksiz markalari) mahsulotini ikki barobar narxga ko’tarilishiga olib
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |