ABSENTEIZM (lot. absentia — qatnashmaslik, bosh tortish) — 1) saylovchilarning
vakillik organlari yoki mansabdor shaxslarni saylashda, yig’ilishlarda va h.k.da
qatnashishdan bosh tortishi; aholining o’z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishga
befarq qarashi. A. saylov tizimi nodemokratik ko’rinishiga qarshi aholi noroziligining
bir shakli; 2) q.x.ni yuritishning sharti sifatida yerning o’z egasidan ajratib qo’yilishi.
Bunda yer egasi — absenteist i.ch. jarayonida qatnashmay pul daromadi (renta yoki
foyda shaklida) oladi. Bu b-n yer daromadlari q.x. ishlab chiqarishi sohasidan ajratiladi
va absenteistlarning yashash manbaiga aylanib qoladi. Dehqonchilik A.i Lotin
Amerikasida eng ko’p tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |