barcha xatti-hara-katlarini taqtsirga bog’liq, deb qarovchi dunyoqa-rash. Fal. tarixida F.
ni iroda erkinligi qanday hal qilinganiga qarab uch asosiy turga ajratish mumkin:
mifologik F. irodani aqldan tashqarida, «qorong’i takdir» deb qaraydi; teologik F. taqdir
Xudo qudratiga bog’liq, inson tug’ilishidan oddin uning kim bo’lishi, nimalar bo’lishi
peshonasiga yozib qo’yilgan, deydilar.
FENOMENALIZM (yun. Phainomenon — yuz beruv-chi) — noyob, kamyob, kam
uchraydigan holat yoki in-son, his-tuyg’u tajribasi b-n payqaladigan yorqin hodisani
anglatuvchi tushuncha b-n bog’liq bo’lgan falsafiy ta’limot. Bunda faqat hodisa
(fenomen)-largana bilishning ob’ekti hisoblanadi
FEMINIZM - - ayollarning siyosiy xuquklarini erkaklar bilan tenglashtirish uchun
boshlangan ay-rim taraqqiy etgan mamlakatlardagi ayollar hara-kati. Feminastrlarning
talabida mavjud davlat ti-zimiga daxl qilmagan holda, ayollarning siyosiy mazmundagi
ayrim haq-huquqdarini ularning ja-miyatdagi tabiiy holati xususiyatlaridan kelib chi-qib,
erkaklar b-n tenglashtirish ko’zda tutilgan.
FETISHIZM (frants. Fetishisme — tilsim, but) -tabiatdagi narsa va hodisalarga
e’tiqod qiluvchi diniy tasavvurlar majmui. Etnografiyada F.ning tavsifi xilma-xildir.
Dj.Lebbok ibtidoiy dinda inson xoxishini Xudo bajara olish imkoniyati, deb F.ni
asoslagan bo’lsa, Teylor, Spenser F. ani-mizmning bir shakli, deb qayd qilgan.’
FORMALIZM (lot. formalis -- forma, shakl) — borliqtsagi narsa va hodisalarning
shakli va tash-qi ko’rinishini ularning mazmunidan ustun qo’yadi-gan fal-iy yo’nalish.
Borliqdagi barcha narsa va hodisalar mazmun va shaklga bo’lib, ular bir-biri b-n
dialektik bog’liqtsir. Bu bog’liqlikda mazmun doimo birlamchi bo’lib, shakl esa narsa
yoki hodisa mazmunining namoyon bo’lish usulidan iborat.
SHOVINIZM (frants. Chauvinisme, Napoleon I bos-qinchlik siyosatining muxlisi,
frantsuz askari N.SHoven (Chauvion) nomidan) — boshqa millat-larni mensimaslikni
va o’z millatining ularga nisbatan ustunligini asoslashga qaratilgan g’oyaviy-nazariy
qarashlar tizimi va amaliyoti. Tarixi uzoq bo’lsada, bu atama 19-a.ning 30-y.larida
Frantsiyada paydo bo’ldi. Mohiyatan SH. millatchilikning o’ziga xos shakli bo’lib, boshqa
millatlarning jahon ta-rixida tutgan o’rni, bugungi kunda kishilik jami-yati rivojini
ta’minlashdagi mavqei, ma’naviy-madaniy hayotining o’ziga xos tomonlarini mensi-
maslikka intilishda yaqqol ko’rinadi.
EVDEMONIZM (yun. eudaimonia-baxt — saodat, ro-hat-farog’at) - baxt-saodat,
rohat-farog’atni ki-shilar hayotining oliy maqsadi deb xisoblaydigan axloqiy yo’nalish.
E.yunon etikasining asosiy prin-tsiplaridan biri bo’lib, u Suqrotning shaxsning ichki
erkinligi, tashqi dunyoga qaram emasligi to’g’risidagi g’oyasi b-n uzviy bog’liq.
EKSTREMIZM (lot. -- o’ta, so’nggi) -- siyosatda ashaddiy, favqulodda tadbirlar va
qarashlarga ta-rafdorlik ma’nolarini biddiradi. Dunyodagi bir qator mamlakatlarda 20-a.
boshlarida turli ekstre-mistik guruxdar maydonga keddi. Ular goh siyosiy, goh diniy, goh
xududiy masalani bahona qilib, turli jinoyatlarni sodir etadilar. O’z maqsadlari-ga
erishish uchun davlat rahbarlariga suiqasd uyush-tirish, o’g’irlash, tuxmat, odam o’ldirish,
bosqin-chilik kabi razil illatlardan aslo qaytmaydilar.
EMOTIVIZM (ing. emotive — hissiyotni keltirib chiqaruvchi, qo’zg’altiruvchi) —
mantiqiy pozitivizm-ning g’oyalari va metodologiyasi asosida vujudga kelgan axloqiy
naz-ya. Mazkur naz-yaga ko’ra, axlo-qiy hukmlar, terminlar haqiqiy ham, yolg’on
ham emas, ular bilish mazmunidan mahrumligi bois, ularni tajriba yo’li b-n tekshirib
bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: