Muhandislar va dehqonlar hamkorligi. 1920 yilda imperiya oziq-ovqat vazirligining maslahat organi sifatida qishloq xo‘jaligida mashinalardan foydalanishni yuksaltirish maqsadida texnika va qishloq xo‘jaligi uchun imperiya komissiyasiga asos solingan edi. Bundan bir oz vaqt o‘tib “Qishloq xo‘jaligida texnikaning imperiya vasiylik kengashi” paydo bo‘ldi. Uning vazifasi ommaviy vositalarni qo‘llagan xolda tadqiqot va rivojlantirish ishlarini olib borish, qishloq xo‘jaligida mashinalardan foydalanishda iqtisodiy asoslarni tadqiq qilish va natijalari hamda traktorlarni shay xolatga keltirishda ularga xizmat ko‘rsatishda mamlakat aholisiga ta’lim berish uchun 1927 yildan boshlab DEULA maktablarini barpo etishi “Qishloq xo‘jaligida texnikaning imperiya vasiylik kengashi ” ning dastlabki faolligi hisoblangan.
1928 yilda boshlarida traktor sinov dalasining yaratilishida shuningdek keyingi davrlarda bu erda o‘tkazilgan sinov va tadqiqot ishlarini “Qishloq xo‘jaligida texnikaning imperiya vasiylik kengashi” tomonidan moliyaviy himoyalanganligi bu davrning diqqatga sazovor ishlaridan edi. Traktor sinov dalasining homiysi Berlin universitetining qishloq xo‘jaligi texnikasi instituti edi. 1938 yilda u “Qishloq xo‘jaligida texnikaning imperiya vasiylik kengashi” xomiyligiga o‘tdi.
Muxandislik tashkiloti sifatida Germaniya sanoat uyushmasi (GSU) ham imkoniyati darajasida qishloq xo‘jaligini texnik rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashiga to‘g‘ri keldi. Ba’zi Germaniya sanoat uyushmalariga qo‘shimcha tarzda birinchi jaxon urushidan keyin qishloq xo‘jaligi va texnika kengashlari tashkil topdi. Ularning maqsadi muxandislar va dehqonlar o‘rtasida tajriba almashish bo‘lgan.
|
1920 yilda nemis muxandislari uyushmasi hamda Germaniya qishloq xo‘jaligi jamiyati “qishloq xo‘jaligida texnika mehnat uyushmasi bilan mazkur qo‘mitalar uchun umumiy bosh tashkilotini tuzdilar. Bir xil vazifalarni bajaruvchi tashkilotlar sonining ortib borishi kuchlarni birlashtirishga ehtiyoj uyg‘otdi, hattoki boshqa mamlakatlarda, masalan AQSHda ham bu borada munosib misollar bor edi.
|
2.7-rasm. Pnevmatik boshqariladigan erga ishlov berish agregati.
|
Shu tarzda 1932 yilda VIMPA o‘zining masalalar qo‘lamini kengaytirdi va bu masalada barcha manfaatdor tomonlarning tashkiloti sifatida “Qishloq xo‘jaligi texnikasini yuksaltiruvchi Maks-Eys jamiyatiga” asos soldi. Siyosiy dalillarga ko‘ra Maks Eys jamiyati nemis muxandislar uyushmasiga qattiq bog‘lanib qolgan edi va 1940 yilning boshlarida bu tashkilotga birlashdi. Bu davr oralig‘ida uning boshqacha nomi ham bor edi. Unga huddi Germaniya qishloq xo‘jalik uyushmasi va qishloq xo‘jaligi palatalariga o‘xshash taqdir bitilganda edi. U imperiya ozuqa holatiga integrallashgan bo‘lar edi.
Nazorat savollari:
1. 1910 yillarda qishloq xo‘jaligida necha million ishchi kuchi bor edi?
2. Dastlabki qishloq xo‘jaligi texnikalarining rivojlanish bosqichlari qanday
kechdi?
3. Germaniyada muxandislar va dehqonlar hamkorligi to‘g‘risida nimalarni
bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |