2.2-rasm. 20-asr boshlarida AQShda yaratilgan bug` traktori (a-Lanz va Heuke firmasi) va bug` mashinasi (b-Kemma firmasi)
1910 yillarga kelib bu motorli plug bo`lib, qishloq xo`jaligini ichki yonuv dvigitellari bilan ta`minlashdagi birinchi echim bo`ldi. Endilikda motorli pluglar yangi yo`nalishda rivojlana boshladi.
Birinchi motorplug Stock firmasi tomonidan yasalib, unda 28 ot kuchiga ega motordan iborat bo`lgan (2-rasm).
Bu mashinani rivojlantirishda birinchi bo`lib plug uchun ko`zda tutilgan edi. Keyinchalik plug o`rniga boshqa qo`shimcha qurilmalar ishlatila boshlandi va bu tortuvchi mashina sifatida boshqa qo`shimcha qurilmalarni tortishga ishlatildi. Bu tortuvchi mashinani remenli shayba bilan jihozlanishi, uni stattsionar (turg`un) qurilma sifatida boshqa qurilmalarni xarakatga keltirishda foydalanish imkonini ham berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |