INQIROZNI BARTARAF ETISH YO’LLARI VA CHORALARI
2008- yilda boshlangan va tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining ta'siri va uning salbiy oqibatlari, yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish yo'llarini izlash — jahon iqtisodiyoti oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri.
Mazkur muammoning O'zbekiston sharoitidagi yechimi haqida aniq qarashlar va amaliy xulosalar Prezidentimiz LA. Karimovning "Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari" deb nomlangan kitobida toiiq yoritib berilgan.
Respublikamiz iqtisodiyotidagi real ahvol va sharoitlarni hisobga olib, 2009—2012-yillar mobaynida amalga oshirish ko'zda tutilgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining oldini olish, uning ta'sirini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va uni amalga oshirish boshlab yuborildi. Mazkur dastur quyidagi yo'nalishlar bo'yicha chora-tadbirlarni o'z ichiga olgan:
- mamlakat moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimini barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta'minlash va uni mustahkamlash;
iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari va korxonalariga yordam ko'rsatish;
aholini ijtimoiy qo'llab-quwatlash.
"Inqirozga qarshi choralar dasturi" quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilgan: korxonalarni modernizatsiya qilish, zamonaviy texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash;
eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarni har tomonlama qo'llab-quwatlash;
- qat'iy tejamkorlik tizimini joriy etish, mahsulot tannarxini pasaytirish hisobiga korxonalar raqobatbardoshligini oshirish;
mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo'llab-quwatlash;
- energiya tejashning samarali tizimini joriy etish va energiya iste'molini kamaytirish. "Inqirozga qarshi choralar dasturi"ning puxta ishlab chiqilganligi va uni izchil,
og'ishmay amalga oshirishga kirishilganligi 2009- yildayoq o'zining ilk natijalarini berdi. Jumladan, moliya-bank tizimini mustahkamlash borasida quyidagi natijalarga erishildi:
- 2008—2009- yillarda tijorat banklarning umumiy kapitali 2 barobar ko'paydi;
davlat tomonidan banklar nizom jamg'armasiga 500 mlrd. so'm qo'shimcha mablag' ajratildi;
banklar umumiy kapitali aholi va yuridik shaxslar hisob raqamidagi mablag'laridan 2 barobar ortiq bo'lib, ularning to'lovga qodirlik darajasi oshirildi;
- aholi omonatlari miqdori 2009- yilda 1,7 barobarga oshdi.
Iqtiboslar
Mamlakatimiz bo'yicha investitsiya dasturlarini amalga oshirish natijasida qariyb 250 milliard so'mlik asosiy fondga ega bo'lgan, jami 423 ta obyekt, jumladan, oziq-ovqat sanoatida 145 ta, qurilish materiallari sanoatida 118 ta, yengil va to'qimachilik sanoatida 65 ta, qishloq va o'rmon xo'jaligi sohasida 58 ta, kimyo va neft-kimyo sanoatida 13 ta, farmatsevtika tarmog'ida 8 ta obyekt ishga tushirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |