2010
125. Izzat Sulton. Navoiyning qalb daftari: Buyuk shoirning hayoti bilan ijodi
o‘zining va zamondoshlarining tasvirida / Izzat Sulton; Muharr. I. Zoirov. –Toshkent:
Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2010. – 376 b.
Bu kitob Alisher Navoiy haqida shu vaqtgacha yozilgan asarlardan o‘zgacha.
Yozuvchining tarjimai xoli - dastavval uning asarlaridandir, degan haqiqatga amal
qilib, muallif shoirning adabiy merosi orqali uning hayoti, ijodi va zamondoshlari
haqida hikoya qiladi.
2011
126
.
Bekmuhammad U. Navoiyning armonlari: Tarixiy - ilmiy esselar / U.
Bekmuhammad; Muharr. A. Namozov. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2011. – 164 b.
Mazkur kitobda mutafakkir shoir, uning tarjimai xolidagi ayrim tafsilotlar, fe’l-atvori,
uning armonlari, ota-onasi haqidagi ma’lumotlar jamlangan.
2013
127. Madvaliyev, A. O‘zbek tilining imlo lug‘ati: 85000 dan ortiq so‘z / A.
Madvaliyev. –Toshkent: Akademnashr, 2013. – 520 b.
Ushbu lug‘at lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida tartib berilgan, o‘zbek tili
leksikasida, bir qator so‘zlar imlosida keyingi yillarda ro‘y bergan sezilarli
o‘zgarishlarni hisobga olgan, avvalgi imlo lug‘atlariga nisbatan so‘z va terminlarni
kengroq aks ettirgan lug‘atdir.
2014
128. Ismoilov, M. Xazrat Navoiy va ziyrak Samira: doston / M. Ismoilov. –
Toshkent: Sharq, 2014. – 272 b.
Ushbu she’riy doston maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib, Alisher
Navoiyning hayoti haqida hikoya qiladi. Tabiyki, ulug‘ shoirning hayoti bilan
tanishgan bolalar o‘z-o‘zidan u kishini yaxshi ko‘rib qoladilar va boy ijodlarini
o‘rganishga kirishadilar.
2015
129. Alisher Navoiy g‘azallarida xazil-mutoyiba / Muharr. A. Rustamov. – Toshkent:
Gʻafur Gʻulom nomidagi NMIU, 2015. – 160 b.
Ushbu kitobga Alisher Navoiyning "Xazoyin ul-ma’oniy" devonlariga kirgan
g‘azallardagi xazil-mutoyiba ruhidagi baytlar jamlangan. Zarur o‘rinlarda baytlar
qiyin so‘zlar lug‘ati hamda izohlar bilan ta’minlangan. Aruz vaznining mukammalligi
va jozibasini namoyish etish xamda baytlarni ifodali o‘qishni qulaylashtirirish
maqsadida maxsus belgilar vositasida rukn va xijolar ajratilgan.
130. Mallayev, N. Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti / N. Mallayev; Muharr. X.
Boltaboyev. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi NMIU, 2015. – 432 b.
Atoqli Navoiyshunos Natan Mallayevning ushbu kitobida Sharq xalqlari og‘zaki
ijodi-ertak, doston, afsona-miflari buyuk o‘zbek mutaffakiri Alisher Navoiy ijodi
bilan bog‘liq xolda keng tadqiq etilgan.
131. Olim F. Navoiy nazdida komil inson / F. Olim; Muharr. K. Quranboyev. -
Toshkent: Ma’naviyat, 2015. – 32 b.
Qanday inson zamon qahramoni bo‘lishi mumkin? Bu savol azaldan ma’naviyatning
bosh masalasi yanglig‘ o‘rtaga qo‘yib kelingan. Alisher Navoiy davrida komil inson
zamon qahramoni xisoblangan. Buyuk mutafakkir zamondoshlaridan uch zoti sharifni
o‘zi ko‘rgan-bilgan komil insonlar sifatida ulug‘laydi. Ulardan birinchisi - ustozi
Abdurahmon Jomiy, ikkinchisi - Hasan Ardasher va uchinchisi - Pahlavon Mahmud.
132. Xayitmetov, A. Navoiy lirikasi / A. Xayitmetov. – Toshkent: O`zbekiston, 2015.
–328 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |