Sanoat tarmoqlaridan neft qazib olish, qurilish materiallari ishlab chiqarish, yengil va oziq-ovqat tarmoqlariga tegishli korxonalar Kobul, Mozori-Sharif, Maymana, Qunduz va boshqa shaharlarda faoliyat ko‘rsatmoqda.
Hozirgi vaqtda xalqaro hamjamiyat ajratgan moliyaviy yordamlar asosida zamonaviy sanoat korxonalari qurilmoqda.
Qishloq xo‘jaligining asosini sug‘orma dehqonchilik tashkil etadi. Keyingi yillarda yuz bergan siyosiy beqarorlik ekinlar tarkibiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Sug‘orma yerlaming katta maydonlarida norasmiy guruhlar tomonidan ko‘knori o‘stirilib, qoradori va geroin ishlab chiqarish uchun asos tayyorlanmoqda. Afg‘onistonning keyingi yillarda qoradori va geroin yetkazib berish bo‘yicha yetakchilikni qo‘ldan bermay kelayotganligi qo‘shni davlatlar, shu jumladan 0‘zbekistonda ham notinchlik keltirib chiqarmoqda. Umuman olganda, dehqonchilikda boshoqli ekinlar va paxta ekish, meva va uzum yetishtirish muhim rol o‘ynaydi. Chorvachilik ekstensiv xususiyatga ega. Qo‘ychilik va echkichilik birmuncha yaxshi rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |