Janubiy Hindiston mamlakatning o‘ziga xos ishlab chiqarish ixtisosiga ega bo‘lgan 4-rayonidir. Tashkiliy markazi Chennay shahridir. Bu rayon iqtisodiyotining asosini qishloq xo‘jaligi tashkil qiladi. U, asosan, yeryon- g‘oq, kokos yong‘og‘i, kauchuksimonlar, kofe, xushbo‘y va shifobaxsh dorivor mahsulotlami hamda paxta, don yetishtirishga ixtisoslashgan. Chennay, Haydarobod, Yishakxapatnam kabi shaharlarda keyingi davrlarda mashinasozlik, metallurgiya, neft-kimyo kabi sanoat tarmoqlari an’anaviy yengil va oziq-ovqat sanoatlari bilan hamohang rivojlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |