Tashqi iqtisodiy aloqalari. Mamlakat tashqi savdosida AQSh bilan iqtisodiy aloqalar rivojlanib bormoqda. Ayniqsa Meksikaning AQSh va Kanada bilan erkin savdo zonasi to’g’risidagi bitimi (NAFTA)ning imzolanishi natijasida mamlakatlar o’rtasida iqtisodiy aloqalar rivojlanib bormoqda. Shuningdek so’nggi yillarda Meksikaning Evropa Hamkorligi (YEH) va Yaponiya bilan iqtisodiy aloqalar kengayib bormoqda.
Masalan, Braziliya davlatining iqtisodiy-geografik tavsifi quyidagicha. Braziliya - Janubiy Amerikaning eng yirik mamlakatidir. U maydonining kattaligi va aholisining soniga ko‘ra jahonda 5-o‘rinni egallaydi. Umuman, maydoni 8547,4 ming km2, aholisi esa 201,0 mln. kishi (2013-y.). Davlat tu- zumi - Federativ Respublika. Tarkibida 23 ta shtat mavjud. Shuningdek, alohida yana 3 ta federativ hudud va poytaxt atrofi hududlarini birlashtiruvchi 1 ta federativ okrug davlatning hududiy-ma’muriy tarkibini tashkil qiladi. Hududi mineral tabiiy boyliklarga boy. Unda 50 ga yaqin mineral xomashyo resurslari, ayniqsa, rangli va qora metallaming boy konlari topilgan. Jahondagi eng yirik va tarkibi eng boy temir rudasi konlaridan hisoblanadigan Minas-Jerays va Karajas mamlakat iqtisodiy hayotida katta ahamiyatga ega. Shuningdek, Braziliya dunyo ahamiyatiga ega bo‘lgan yirik marganes, boksit, polimetall konlariga ham ega. Uning hududida turli asl va nodir metall konlari ko‘p. Ammo u yoqilg‘i resurslarining bironta xiliga boy emas.
Braziliyaning qulay tabiiy sharoiti tufayli hududining 2G’3 qismi nam ekvatorial o‘rmon (selva)lar va tropik changalzorlar bilan qoplangan. Shu sababli Braziliya jahonda o‘rmonga eng boy mamlakatlardan biridir. Mamlakatning muhim tabiiy resurslari qatoriga suv va gidroenergetika boyliklari ham kiradi. Jahondagi eng sersuv Amazonka daryosi va uning irmoqlari, shuningdek, Tokantins, San-Fransisko, Parana kabi daryolari nihoyatda ulkan energetika quwatlarini yashirib yotadi.
Braziliya yer resurslariga ham juda boy. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan foydali yer maydoni ko‘rsatkichiga ko‘ra u jahonda Avstraliya va Rossiyadan keyinda turadi. U agroiqlim resurslariga ham nihoyatda boy. Bulaming hammasi Braziliyaning o‘ta ulkan iqtisodiy salohiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Aholisi, asosan, tabiiy ko‘payish hisobiga yiliga 1,2 % ga o‘syapti. Aholisining etnik tarkibida 80 dan ortiq millat va etnik guruh qatnashadi. Bular orasida kelib chiqishi bo‘yicha yevropaliklar salmog‘i, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, jami aholining 2G’3 qismini tashkil qiladi. Keyingi katta etnik guruh metislar va mulatlardir. Hindular, asosan, Amazonka o‘rmonzorlari ichki qismida, negrlar esa mamlakatning shimoli-sharqiy rayonlarida ko‘proq tarqalgan.
Braziliya aholisi hududiy jihatdan ancha notekis joylashgan. Aholisining o‘rtacha zichligi har 1 km2 maydonga salkam 24 kishidan to‘g‘ri kelgani holda, uning 90% i jami hududining 2G’5 qismida joylashgan. Mamlakat aholisining yarmidan ko‘pi jami hududining 7% ini tashkil qiladigan torgina okeanbo‘yi hududlarida yashaydi.
Shu bilan birga, Braziliyaning yarmidan ko‘proq maydonini tashkil qiladigan g‘arbiy rayonlarida jami aholisining atigi 5 % igina yashaydi.
Braziliya yuqori darajada urbanizatsiyalashgan davlatlar qatoriga kiradi - aholisining 86,9 % shaharlarda yashaydi. Unda 7 ta «millioner» shaharlar mavjud bo‘lib, San-Paulu va Rio-de-Janeyro jahonda eng yirik shaharlar qatoridan o‘rin oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |