Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Avstraliya va Okeaniya xo‘jaligi



Download 1,28 Mb.
bet146/173
Sana31.12.2021
Hajmi1,28 Mb.
#199298
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   173
Bog'liq
Jahon mamlakatlari 1

Avstraliya va Okeaniya xo‘jaligi. Avstraliya Ittifoqi va Yangi Zelandiya dunyoning eng rivojlangan mamlakat­lari qatoriga kiradi. Fiji, Marshall orollari va Mikroneziyada iqtisodiyot nisbatan rivojlangan, qolgan mamlakatlar va orollar qoloq xo‘jalik tizimiga ega.

Avstraliyada mahalliy mineral resurslar va qishloq xo‘jaligi xomashyosiga asoslangan sanoat tarmoqlari: tog‘-kon, metallurgiya, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati yuqori darajada rivojlangan. Mamlakat yirik issiqlik va gidravlik elektrostansiyalariga ega. Avstraliyada 2012-yilda 250 mlrd. kYt|soatdan ortiq elektroenergiya ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich Yangi Zelandiyada 47 mlrd. kYtG’soatga teng bo‘ldi.

Avstraliyada hozirgi vaqtda yiliga 30 mln. t neft, 30 mlrd. m3 tabiiy gaz, 400 mln. t ko‘mir qazib olinmoqda, 12-15 mln. t po‘lat eritilmoqda, 300 ming donadan ko‘p yengil avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. Don ekinlarining yalpi hosili 35-40 mln. t ni tashkil etadi, yarim mln. t dan ortiq paxta tolasi ishlab chiqarilmoqda. Avstraliyada salkam 30 mln. bosh yirik shoxli qoramol (Yangi Zelandiyada 10 mln. bosh), 150 mln. boshdan ziyod qo‘y va echkilar (Yangi Zelandiyada 60 mln. bosh) mavjud. Avstraliyada o‘rtacha yiliga 4,0 mln. t go‘sht (Yangi Zelandiyada 1,5 mln. t), 8 mln. t (Yangi Zelandiyada 9 mln. t) sut tayyorlanadi.

Avstraliyada qora metallurgiya Port-Kembla, Nyukasl, Uandovi shaharlarida, rangli metallurgiya Maunt-Ayza, Klonkarri, Gladston, Kalgurli-Boulder, Port- Piri, Kanberra, Xobart, Risdon, Bell-Bey shaharlarida rivojlangan. Yirik, katta hamda o‘rta shaharlarining barchasida mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati korxonalari mavjud. Mamlakatda neftni qayta ishlash va neft-kimyo sanoati tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Melbum, Sidney, Nyukasl, Brisben, Pert, Adelaida va boshqa shaharlar ushbu tarmoq markazlari bo‘lib hisoblanadi. Avstraliyada yog‘ochni qayta ishlash va selluloza-qog‘oz sanoati yaxshi rivoj­langan. Mamlakatda 2,0 mln. t ga yaqin qog‘oz ishlab chiqariladi. Mazkur tarmoqning yirik korxonalari mamlakatning janubi-sharqidagi ko‘pchilik shaharlarda joylashgan. Avstraliyada 5-6 mln. t sement va katta miqdorda boshqa qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Qurilish materiallari sanoati mamlakatning barcha regionlari va shaharlarida mavjud.

Avstraliyada yengil sanoat, ayniqsa, uning to‘qimachilik, teri-poyabzal tarmoqlari yaxshi rivojlangan. To‘qimachilik korxonalari Sidney, Melbum, Ballarat, Adelaida, Pert, Albani shaharlarida joylashgan. Mamlakatda oziq-ovqat sanoati tarmoqlari ichida un va omixta yem ishlab chiqarish, qand-shakar, go‘sht, sut, baliq-konserva sanoati korxonalari deyarli barcha shaharlarida mavjud.

Qishloq xo‘jaligida yaylov chorvachiligi (qo‘ychilik) va qoramolchilik yax­shi rivojlangan. Avstraliya yaylovlarining kattaligi va ularda boqilayotgan qo‘ylarning soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi. Chorvachilik qish­loq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i hisoblanadi. Mamlakatda dehqonchilik ham yuqori darajada rivojlangan. Shakarqamish, paxta va, ayniqsa, donchilik yuqori tovar ahamiyatiga ega. Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari yengil va oziq- ovqat sanoatining asosiy xomashyosi hisoblanadi.

Okeaniya mamlakatlarining aholisi, asosan, baliqchilik, qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadi. Ko‘pchilik orollar (Fransiya Polineziyasi, Vanuatu, Kiribati, Fiji) dunyoning yirik turizm va sayyohlik markazlariga aylandi.

Avstraliya doirasidagi asosiy yuk lar temiryo‘l transporti orqali tashiladi. Xalqaro savdo aloqalarida dengiz transportining ahamiyati beqiyosdir. Avs­traliyada keyingi yillarda quvur transportining rivojlanishiga katta e’tibor qaratilmoqda. Avstraliyaning tashqi savdo aylanmasi 2012-yilda 301,1 mlrd. dollami tashkil etdi. Avstraliya chetga, asosan, AQSH, Yaponiya, Yevropa mamlakatlariga tog‘-kon, metallurgiya, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini chiqaradi. Avstraliya hozirgi vaqtda Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarining asosiy xomashyo bazasiga aylanmoq- da. Shu bilan birga, yuqori texnologiyalarga tayanib ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari ham mamlakatdan keng miqyosda eksport qilinmoqda. Import ulushining ko‘payishi neft va neft mahsulotlari hamda ko‘p miqdorda kompyuterlarni import qilish bilan bog‘langan.




Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish