Markaziy Osiyo davlatlari transport yо‘llari
(umumiy uzunligi)
3-jadval
Davlatlar
|
Temir yо‘llar
|
Avtomobil yо‘llari
|
Uzunligi, km
|
Zichligi, har 100 kv. km ga, km
|
Uzunligi, ming km
|
Zichligi, har 100 kv. km ga, km
|
Qozog‘iston
|
13600
64.8
|
0.50
|
190
46.0
|
7.0
|
Qirg‘iziston
|
424
2.0
|
0.20
|
34
8.2
|
17.0
|
Tojikiston
|
547
2.6
|
0.40
|
30
7.2
|
21.0
|
Turkmaniston
|
2446
11.6
|
0.50
|
13
3.1
|
3.0
|
О‘zbekiston
|
3986
19.0
|
0.90
|
147
35.5
|
32.0
|
Markaziy Osiyo-jami
|
21003
100.0
|
0.50
|
414
100.0
|
10.3
|
Manba: Mirzayev R. Geopolitika novogo Shelkovogo puti. –M., Izvestiya, 2004. ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.
О‘zbekiston hudud bо‘ylab juda keng tarmoqlangan avtomobil yо‘llari tо‘riga ega. Mamlakatning eng chekka qishloqlari, eng uzoq aholi punktlari ham avtomobil yо‘llari orqali bir-biri bilan bog‘langan. Bu, mamlakat infratuzilma salohiyati va tranzit qobiliyatini oshirish imkonini beradi. О‘zbekistonda umumiy foydalanishda bо‘lgan avtomobil yо‘llari uzunligi 43,5 ming km, xalqaro ahamiyatga ega bо‘lgani esa 3,0 ming km ni tashkil etadi. Ulardan eng asosiylari – Toshkent-Termizni bog‘laydigan Katta О‘zbekiston trakti, Toshkent-Buxoro-Nukus, Toshkent-Angren-Qо‘qon (Qamchiq dovoni orqali) hamda Farg‘ona halqa yо‘lidir.
О‘zbekiston hududini quyidagi tranzit avtomobil yо‘llari kesib о‘tadi: Lyanyungan-Qashg‘ar-Ergashtom-О‘sh-Andijon-Toshkent; Lyanyungan-Urumchi-Alma-Ata-Toshkent; Bandar-Abbos-Mashhad-Ashxabod-Chorjо‘y-Buxoro-Samarqand-Toshkent; Karachi-Kvetta-Chaman-Qandahor-Hirot-Maymana-Shibirgan-Termiz; Bandar-Abbos-Mashhad-Seraxs-Ashxabod-Doshhovuz-Nukus-Beynov-Astraxan; Bandar-Abbos-Mashhad-Seraxs-Ashxabod-Buxoro-Uchquduq-Qizil-О‘rda-Astana-Omsk; Konstansa (Varna, Ilichevsk)-Batumi-Baku-Turkmanboshi-Ashxabod-Chorjо‘y (Turkmanobod)-Buxoro-Samarqand-Toshkent.
Markaziy Osiyo davlatlarining hech biri bevosita dunyo okeaniga chiqish imkoniga ega emas. Ayniqsa, mintaqa davlatlari ichida О‘zbekistonning geografik о‘rnidagi noqulaylik sababli u dengiz portlariga chiqish uchun kamida 2 ta davlat hududini kesib о‘tishi lozim bо‘lgan va qо‘shnilarining birontasi ham bevosita dunyo okeaniga tutashmagan dunyodagi ikkita davlatdan biridir (xuddi shunday davlat Lixtenshteyndir). Bu esa mamlakat oldida transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish va yangi muqobil yо‘nalishlarni о‘zlashtirish zaruriyatini tug‘diradi. Shu maqsadda mintaqa davlatlari, xususan О‘zbekistonda transport infratuzilmasini takomillashtirish, dunyo okeaniga chiqishning eng maqbul va ishonchli yо‘nalishlarini tanlash borasida islohotlar olib borilmoqda. Bu, avvalo, mamlakat ichki transport tizimini rivojlantirishda namoyon bо‘ladi.
Respublikamizning barcha sanoat shaharlarini о‘z hududi orqali temir yо‘llar bilan bog‘lash, avvalo mamlakat mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Mamlakatimizda qisqa muddatda Uchquduq-Miskin-Sulton Uvays va Toshg‘uzor-Boysun-Qumqо‘rg‘on temir yо‘llari qurib bitkazildi. Ulardan birinchi yо‘nalish uzunligi 341 km bо‘lib, Navoiy-Uchquduq temir yо‘lini Qizilqum va Sulton Uvays tog‘i orqali Nukus bilan bog‘laydi. Ikkinchi yо‘nalish esa mamlakat janubiy mintaqasidagi ikkita viloyat markazlari Qarshi va Termiz shaharlarini bog‘laydi. Uning uzunligi 223 km. Mazkur yо‘nalish Afg‘oniston orqali о‘tadigan transport (Transafg‘on) yо‘lagining shakllanishida katta rol о‘ynashi mumkin. ...Yangi magistralning 250 kilometr uzunlikdagi trassasi dо‘ngliklar, tog‘ dovonlari, noyob kо‘priklar qurish kerak bо‘ladigan shо‘x daryolardan о‘tadi. Chunonchi, Akrabit stansiyasi yaqinida quriladigan kо‘priklar tirgaklarining balandligi 44 metrgacha boradi, bunaqasi О‘zbekistonda hali bо‘lmagan”.
Bundan tashqari, respublika temir yо‘llarining kо‘pgina uchastkalari qayta ta’mirlanib, elektrlashtirilmoqda. Bunda Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yaponiya, Germaniya kabi yirik investorlar о‘z investitsiyalari va kreditlari bilan ishtirok etmoqda.
Hozirda О‘zbekiston tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda quyidagi transport yо‘laklaridan foydalanadi: Boltiqbо‘yi davlatlari portlari Klaypeda (Litva), Riga, Liyepaya, Ventspils (Latviya), Tallin (Estoniya); Belorus va Ukraina orqali Yevropa davlatlariga (Chop va Brest); Qozog‘iston va Rossiya orqali Qora dengizga chiqadigan Ilichevsk porti (Ukraina); Sharq yо‘nalishida Xitoy orqali Sariq dengizga, shuningdek Naxodka, Vladivostok portlariga; Turkmaniston va Ozarbayjon orqali TRASEKA yо‘lagi sifatida ma’lum bо‘lgan Qora dengizdagi Poti va Batumi portlariga (Gruziya); Qozog‘iston va Ozarbayjon orqali Qora dengizdagi Poti va Batumi portlari (Gruziya); Turkmaniston orqali Fors kо‘rfazidagi Bandar-Abbos portiga (Eron).
Do'stlaringiz bilan baham: |