§ 7.5. Xalqaro valyuta va moliya-kredit bozorlari
Xalqaro valyuta va moliya-kredit bozorlari jahon xo’jaligida, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning
juda muhim bo’g’inlaridan biridir. XX – XXI asrlar bo’sag’asida jahon mamlakatlarida moliya bozorlari
gurkirab rivojlandi. Dunyoning ilg’or davlatlari umumiy moliya aktivlari, ularning yalpi ichki
mahsulotiga (YaIM) nisbatan 2,5 barobarga o’sdi. Jahon valyuta va savdo operatsiyalari qiymatlarining
nisbati esa dunyoning ilg’or davlatlari umumiy aktivlari, ularning yalpi ichki mahsulotiga nisbatan 2,5
barobar tez o’sdi. Jahon valyuta va savdo operatsiyalari qiymatlarining nisbati 1980 yildagi 10:1 dan 1992
yildagi 60:1 gacha o’sdi. SHu bilan birga, xorij ekspertlarining fikricha, davlat obligatsiyalarining xalqaro
bozori ba’zi bir kattaliklar bo’yicha faqatgina 1920 yildagidek faoldir. Kapitalni harakatchanligi asr
boshidagi darajaga yaqinlashmoqda, xolos.
Nazorat uchun savollar:
1.
Valyuta kursi qanday aniqlanadi?
2.
Valyuta pariteti nima?
3.
Jahon valyuta tizimi deganda nimani tushunasiz?
4.
Jahon valyuta tizimining rivojlanish bosqichlarini ko’rsatib bering?
5.
Bretton-Vuds valyuta tizimining xususiyatlari nimada?
6.
Yamayka tizimini vujudga kelishining sabablari nimada?
7.
Evrodollar nima?
8.
Evroning kiritilishi YeI davlatlari va shuningdek, jahon iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko’rsatdi?
9.
Xalqaro moliya bozorlaridagi tendentsiyalarni gapirib bering.
8-mavzu. Jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti
§ 8.1. Jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlarning tutgan o’rni
XX-XXI asrlar bo’sag’asida jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlarning tutgan o’rni juda katta
bo’lib, bunday guruhga kiruvchi davlatlar asosan Yevropa qit’asi va SHimoliy Amerika materigida
joylashgandir.
Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda sanoat tarmoqlarining rivojlanishi qanchalik yuqori
bo’lmasin narx-navoning ko’tarilishi ushbu davlatlarda yuqoriligicha qolmoqda. Bu holat albatta xizmat
ko’rsatish sohalari va shunindek ilmiy-texnikaviy inqilobga asoslangan yangi tarmoqli sanoat
korxonalarining vujudga kelishi bilan bog’liqdir.
Rivojlangan mamlakatlar guruhi hozirgi kunda o’z tarkibida jahonning 30 dan ortiq
davlatini
birlashtirgan bo’lib, bu davlatlar dunyo mamlakatlari xo’jaligida tutgan o’rniga ko’ra bir necha
klassifikatsiya bo’lib o’rganiladi. Ular quyidagilardan iborat:
1.
Yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi bo’yicha rivojlangan katta “ettilik” davlatlar guruhi (ushbu
davlatlar guruhiga Rossiya Federatsiyasini qo’shilishi bilan “katta sakkizlik” davlatlar guruhi degan
so’zlar ham ishlatilmoqda).
Ushbu guruhga AQSH, Yaponiya, GFR, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya,
Kanada kabi davlatlarni kiritish mumkin.
2. Evropa Ittifoqi kiruvchi davlatlar guruhi. Ushbu guruhga GFR, Belьgiya, Daniya, Irlandiya,
Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, SHvetsiya,
Finlandiya, Avstriya kabi davlatlarni kiritish mumkin.
3. Evropa Erkin Savdo assotsiatsiyaga (EAST) kiruvchi davlatlar guruhi. Ushbu guruhga
Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya, SHvetsariya kabi davlatlarni kiritish mumkin.
4. Benilyuks guruhiga kiruvchi davlatlar guruhi. Ushbu guruhga Belьgiya, Niderlandlar va
Lyuksemburg kabi davlatlar kiradi.
5. SHimoliy Amerika Erkin savdo shartnomasiga (NAFTA) kiruvchi davlatlar guruhi. Ushbu
guruhga AQSH, Kanada, Meksika kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |