26
ittifoqiga erkin savdo rejimidan o’tsa, u holda bojxona ittifoqining yaratilishi natijasi batamomsavdodan
chetlanishga olib keladi.
3
Savdoni «tashkil etish» va «sadodan chetlanish» tushunchalari xalqaro savdoning «sof» nazariyasi
doirasida paydo bo’ldi. Ular butunlay sun’iy shartlar va farazlar asosida qurilgan. Bunda Yevropa ittifoqi
oddiygina bojxona ittifoqi doirasidan anchagina kengroq ekanligi hisobga olinayotgani yo’q. SHu
sababli, yevropa integratsiyasining samarai batamom savdoni tashkil etish – savdodan chetlanish samarasi
bilangina aniqlanib qolmaydi.
Integratsiya dinamik samaralariniga quyidagilar kiradi:
Ishlab chiqarish masshtablarini kengaytirish hisobiga hosil bo’ladigan iqtisod.
Firma va sohalarga nisbatan tashqi bo’lgan iqtisod.
Qutublanish samarasi samarai.
Real investitsiyalar va hajmlarni joylashtirishga ta’sir.
Umumiy iqtisodiy samaradorlikka ta’sir.
§ 10.4. G’arbiy Yevropada integratsiya jarayonlarining rivojlanishi
G’arbiy Yevropa iqtisodiy integratsiyasi rivojpanishi jarayonini shartli ravishda to’rtta bosqichga
bo’lish mumkin.
Birinchi boshich (50-yillar oxiri — 70-yillar o’rtasi).
Hamjamiyat xayotidagi "oltin asr"hisoblanadi.
Ushbu bosqich bojxona ittifoqining muddatidan oldin tashkil etilishi yagona agrar bozorning nisbatan
muvaffaqiyatli shakllantirilishi, YeIga uchta yangi mamlakat: Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiyaning
kirishi bilan xarakterlanadi .
Ikkinchi bosqich (70-yillar o’rtasi — 80-yillar o’rtasi)
Ye
I tarixiga Yevropa valyuta hamkorligi
dasturi qabul qilinishiga, tashqi siyosiy kelishuvlarga muvaffaq bo’linganligi sifatida kirdi.
Uchinchi bosqich (80-yillar ikkinchi yarmi — 90-yillar boshi) —
Hamjamiyat tarkibining yanada
kengayish bosqichi bo’ldi. 1986 yilda Ispaniya va Portugaliyaning qo’shilishi ilgari mavjud bo’lgan
mamlakatlararo nomutanosiblikning keskinlashuviga olib keldi.
To’rtinchi bosqich (XX asrning 90-yillari o’rtasi — XXI asr boshi
)
da Yagona Yevropa Aktiga
muvofiq 1993 yil I yanvardan boshlab hamjamiyat chegaralari ichida ishlab chiqarish omillarining erkin
xarakat qilishi joriy etildi. Amalda hamjamiyat doirasida yagona iqtisodiy makon paydo bo’ldi, bu
YeIning iqtisodiy integratsiyaning sifat jixatidan yangi booqichiga kirganligini anglatar edi.
Maastrixt shartnomasi asosida (1992 yil fevral) 1994 yil 1 yanvardan boshlab YeIH qatnashchi
mamlakatlari soni 15 ta bo’lgan Yevropa Ittifoqiga aylantirildi. YeI doirasida to’liq yagona ichki bozor
tashkil etish amalga oshirildi. Bundan buyongi integratsiya hamkorligi maqsadlari e’lon qilindi. Ular
yagona valyuta — yevro emissiyasi xuquqi bilan yagona Yevropa banki, ichki chegaralarsiz yagona
G’arbiy Yevropa makoni barpo etilishini o’z ichiga olar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: