2-jadval
Dunyoning eng yirik 100 ta MKsining dunyo bo’ylab joylashuvi:
Davlatlar
|
100 ta yirik xalqaro korporastiyalardan
|
AQSh
|
26 ta
|
Franstiya
|
14 ta
|
Germaniya
|
12ta
|
Buyuk Britaniya
|
9 ta
|
Yaponiya
|
5 ta
|
Shveystariya
|
5 ta
|
Kanada
|
4 ta
|
Nedirlandiya
|
2 ta
|
Ispaniya
|
2 ta
|
Finlandiya
|
2 ta
|
Shvestiya
|
1 ta
|
Italiya
|
1 ta
|
Belgiya
|
1 ta
|
Irlandiya
|
1 ta
|
Gongkong
|
1 ta
|
Manba: E. Maxmudov. Mirovaya ekonomika- JIDU - T, 2006 god
Keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, etakchi pozistiyalarni AQSh, Yaponiya va Evropa Ittifoqi mamlakatlari egallamoqda, bular boshqalardan ancha ilgarilab ketishgan. 2005 yilda bu erda 100 yirik xalqaro korporastiyalardan 85 tasining shtab-kvartirasi joylashgan. Shuni ham aytish kerakki, barcha filiallarning ¾ tasi AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Franstiya va Germaniyaga to’g’ri kelmoqda.
Dunyo taraqqiyotining hozirgi sharoitida hech bir mamlakat, hatto eng qudratli hisoblangani ham yakka hokim bo’lishga qodir emas. Har yili maxsus ekspertlar tomonidan dunyo mamlakatlarining «globallashuv indeks»lari tuzib chiqiladi. Jumladan, 2004 yilda A.T.Kearney va Foreign Policy jurnali tomonidan dunyoning 64 mamlakati bo’yicha «Globallashuv indeksi» e’lon qilindi. Bu mamlakatlar hissasiga jahon aholisining 84%, jahon YaIMning 96% to’g’ri keladi10.
3-jadval
Turli ko’rsatkichlar bo’yicha globallashuv darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlar (2004y)
Iqtisodiy integrastiya
|
Shaxsiy aloqalar
|
Texnologiyalar
|
Jahon iqtisodiyotiga tortilganlik
|
Integrastiya-lashgan ko’rsatkichlar
|
Irlandiya
|
Shvestiya
|
AQSh
|
Avstraliya
|
Irlandiya
|
Singapur
|
Irlandiya
|
Yangi Zelandiya
|
Franstiya
|
Singapur
|
Gollandiya
|
Singapur
|
Singapur
|
Yangi Zelandiya
|
Shveystariya
|
Panama
|
Chexiya
|
Chexiya
|
Portugaliya
|
Gollandiya
|
Slovakiya
|
Kanada
|
Kanada
|
Germaniya
|
Finlandiya
|
Chexiya
|
Avstraliya
|
Daniya
|
Italiya
|
Kanada
|
Finlandiya
|
Isroil
|
Shveystariya
|
Buyuk Britaniya
|
AQSh
|
Malayziya
|
Daniya
|
Gollandiya
|
Shvestiya
|
Yangi Zelandiya
|
Shveystariya
|
Xorvatiya
|
Shveystariya
|
Argentina
|
Avstraliya
|
Shvestiya
|
Yangi Zelandiya
|
Singapur
|
Daniya
|
Daniya
|
Manba: M. Mirsaidov-“Xalqaro Iqtisodiy Munosabatlar”, 15-17 betlar, Toshkent 2006
Globallashuv reytingini tuzishda 4 ta asosiy parametr hisoblangan11:
1. Iqtisodiy integrastiya - xalqaro savdo investitsiyalar va to’lovlar hajmi bo’yicha;
2. Shaxsiy aloqalar - xalqaro turizm va safarlar, xalqaro telefon so’zlashuvlari, pochta jo’natmalari va pul o’tkazmalari qajmi bo’yicha;
3.Xalqaro aloqalarni ta’minlovchi texnologiyalar – internetdagi foydalanuvchilar, internet–serverlar soni bo’yicha;
4. Mamlakatni xalaro siyosatga tortilganligi – davlatni xalqaro tashkilotlarga a’zoligi, chet el elchixonalari va vakolatxonalar soni bo’yicha.
Tadqiqotlar o’tkazilgan 64 davlat ichida «Globallashuv indeksi» bo’yicha so’nggi 10 ta o’rinni Eron, Hindiston, Misr, Indoneziya, Venesuela, Xitoy, Bangladesh, Turkiya, Keniya va Braziliya kabi mamlakatlar egalladi. O’zbekiston Respublikasi ham globallashuvning turli parametrlari bo’yicha tobora yuqori o’rinlarni egallashga harakat qilmoqda.
Bir kunda valyuta ayirboshlash bozoridan 1,2 trillion AQSh dollari o’tadi. Xalqaro banklararo tizimi va hisob-kitoblar tizimi orqali amalga oshirilayotgan to’lovlar hajmi bir kunda 6 trillion dollarni tashkil etadi. AQShdagi SNIRS (Clearing House Inter-Bank Payments System)ga o’xshash yirik kliring uylari kuniga o’rta hisobda 250 000 ta pul o’tkazuvlarini amalga oshiradiki, bu pulga o’girganda yiliga taxminan 315 milliard dollarni tashkil qiladi. AQSh, Germaniya va Yaponiya to’lov tizimlaridagi bir necha kunlik muomala hajmi ushbu mamlakatlarning yillik YaIM miqdoriga teng12.
Tadqiqotchilar (R.O Brayen)ning fikricha, bu tendenstiyalar «geografiya yo’qolgani»ni ko’rsatadi. Texnologiya hukmi ostida hudud o’z ahamiyatini yo’qotadi. Davlatdan tashqari, muayyan hukumat nazoratidan xoli bo’lgan ko’p millatli moliya tizimi vujudga keladi. Buning natijasida hokimiyat markaziy banklardan mamlakatlarning moliya resurslarini birgalikda nazorat qiluvchi shaxslar qo’liga o’tadi13. Turli korparastiyalar o’rtasidagi raqobatning tobora o’sishi hozirgi zamon iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyati bo’lib, ayni bir vaqta ular o’rtasidagi ishlab chiqarish va tijorat sohasidagi aloqalar yanada kuchaydi. Shubhasizki, xalqaro korparastiyalar birinchi navbatda ularni barpo etishga o’z mablag’larini sarflagan yuridik shaxslarga xizmat qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, ularning faoliyati tayanch mamlakatlar va qabul qilayotgan mamlakatlarning umummilliy manfaatlariga hamisha mos kelavermaydi.
1.2. Kapital va ishchi kuchining xalqaro harakati
Kapitalning xalqaro harakati – kapitalni chet elda foyda olish maqsadida joylashtirish va ishlatishdir.
Bunda “kapital” termini zaminida faqat ishlab chiqarish omili sifatida kapitalning o’zi emas, qisman mehnat, er, tadbirkorlik qobiliyati ham tushiniladi, chunki chet elda kapital sarflanganda ularni bir-biridan ajratish ancha qiyin.
Keling avval qisqacha kapitalning ishchi kuchi kurinishdagi oqimiga to’xtalib o’taylik. Ishchi kuchi bir mamlakatdan ikkinchi bir mamlakatga o’tar ekan, u tovar sifatida o’zini bozorga soladi, xalqaro ishchi kuchi migrastiyasida ishtirok etadi.
Hozirgi zamon xalqaro mehnat bozorida ishchi kuchi milliy hududlardan oshib o’tib, turli oqimlarga bo’linib ketishini nazarda tutadi. Shu tariqa xalqaro mehnat bozori milliy, mintaqaviy ishchi kuchi bozorini birlashtiradi va ishchi kuchi migrastiyasi shaklida namoyon bo’ladi. Mehnat resurslarining xalqaro migrastiyalariga olib keladigan eng muhim ro’kachlar va sabablar orasida iqtisodiy va noiqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan turli omillari mavjud. Iqtisodiy ahamiyatga ega sabablar deb quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
Biror bir mamlakatda iqtisodiy taraqqiyot, xususan, sanoat taraqqiyoti darajasidagi tafavvutlar (amaldagi tajriba shuni ko’rsatadiki, ishchi kuchi asosan turmush darajasi past mamlakatlardan darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlarga migrastiya qiladi;
Ish haqi miqdoridagi millatlaro farq;
Ayrim mamlakatlarda avvalo, kam rivojlangan mamalakatlarda mavjud bo’lgan surunkasiga ishsizlik;
Kapitalning xalqaro harakati hamda xalqaro korparastiyalar faoliyati (ma’lumki, korparastiyalar yo ishchi kuchini kapitalga yaqinlashtiradi yoki o’z kapitalini mehnat resurslari ko’p bo’lgan mintaqalarga olib boradi), ishchi kuchining kapital bilan birlashib ketishiga ko’maklashadi.
Mutaxassislar ishchi kuchining noiqtisodiy migrastiya sabablari qatoriga siyosiy, milliy, diniy, irqiy,oilaviy va boshqa jihatlarni birga qo’shib izohlaydilar.
Chet elga kapital olib chiqish shunday bir jarayonki, uning davomida bir mamlakatning milliy muomilasida bo’lgan kapitalning bir qismi chiqarib olinadi, turli shakllarda (mahsulot, pul) ikkinchi bir mamlakatninng ishlab chiqarish jarayoniga, muomalasiga kiritiladi. Kapitalining xalqaro harakati mamlakatlar o’rtasidagi kapitallar migrastiyasidan iborat bo’lib, o’z egasiga daromad keltiradi. Kapitalizm rivojining dastlabki bosqichlarida kapitalni chetga chiqarish tovarlarini chiqarishga nisbatan kamroq edi. Kapitalning chetga chiqarilishining asosiy sababi – uning “ortiqchaligi”. Ortiqcha kapital deyilganda kapitalning shunday ko’pligi tushiniladiki, uning uchun foyda me’yorining pasayishi uning miqdori bilan tenglashmaydi. Yoki bunday kapitallar miqdori mustaqil ish ko’rishga qodir emas.
Shu munosabat bilan kapitalni chetga chiqarishni rag’batlantiruvchi kapital mo’l-ko’lligining ikki jihati ta’kidlab o’tiladi:
Foyda me’yorini pasayishi tamoyili qonunining amal qilishi.
Xo’jalikning eng muhim sohalarida eng yirik monopoliyalar hukumronligining qaror topishi natijasida ichki kapitalning tarmoqlararo oqib yurishining qiyinlashishi.
Hozirda biror tarmoqqa qo’shimcha kapital sarflash ortiqcha ishlab chiqarishni keltirib chiqaradigan chegaralar ancha orqa surildi. Chunki ularning ko’pchilik qismi endilikda asosiy kapitalni (ishlab chiqarishni) kengaytirishga emas, balki ishlab chiqarilayotgan mahsulotni yangilash bilan bog’liq zamonaviylashtirishga sarflana boshlandi.
Kapitalning xalqaro harakatida uning ortiqcha to’planib qolishi bilan birga ko’proq ishlab chiqarishni umumiylashtirish jarayoni yashiringan bo’lib, u milliy chegaralardan chiqib ketdi. Kapitalni chetga chiqarishga esa endi foydaning milliy me’yolarini o’zgarishi ham, foyda me’yorlari o’rtasidagi farq ham ta’sir etmay qo’ydi. Undan tashqari, kompaniyalar o’z shu’ba korxonalriga kapital olib chiqishdan milliy miqyoslarda barqaror bo’lib turgan yoki hatto ancha ortib borayotgan ishlab chiqarish hajmini tartibga solib turish yo’li sifatida ham foydalana boshlashdi.
Kapitalni rivojlanayotgan mamlakatlardan eksport qilish 60-70 yillarga kelib kapitalni chetga chiqarishdagi yangi hodisalardan biri bo’ldi. Bunda mamlakatlarning ikki guruhini ko’rsatish mumkin14:
Milliy bozorlar mahalliy tadbirkorlar uchun “torlik qilib qolgan” mamlakatlar;
Iqtisodiyoti neftni eksport qilishdan olinadigan juda katta mablag’larni o’zlashtirishga qodir bo’lmagan mamlakatlar (OPEK).
Bevosita xususiy investistiyalar rivojidagi o’zgarishlar ko’proq quyidagilarga o’tishda namoyon bo’lmoqda:
O’z mustaqil chet el kompaniyalarini tashkil qilishdan kapitalni import qiladigan mamlakatlarda qo’shma korxonalarni barpo etishga;
Chet el firmalari akstiyalarini shunchaki sotib olishdan chet elda o’zlarining yangi shu’ba korxonalarini ta’sis etishga;
Chet el firmalari akstiyalariga egalik qilishdan ular bilan uzoq muddatli shartnomalar tuzishga;
Xalqaro korparastiyalarning chet davlatlar xo’jalik strukturalariga kirib borishning shakli sifatida bosh firma akstiyalarini uning chet el filiallari akstionerlari o’rtasida tarqatish singari shakli ham tobora ko’p ahamiyat kasb etmoqda.
Bugungi kunda globalizastiya jarayoni shu qadar tus olmoqdaki, jahon guyo bitta davlatga aylanmoqda. Chegaralar yo’q bo’lmoqda, tariflar olob tashlanmoqda, investistiya juda tez su’ratlarda o’smoqda. Hozirda rivojlangan davlatlar uchun asosiy e’tibor, bu rivojlanayotgan davlatlarga investistiya keritishdir.
Rivojlangan davlatlarning rivojlanayotgan davlatlarga tashlayotgan bunday investistiyalari ikki davlat uchun ham foydalidir. Rivojlangan davlat uchun yangi bozor, arzon ishchi kuchi, xom-ashyo manbai kabi foydli tomonlari bor. Rivojlanayotgan davlat uchun ishsizlik darajasi kamayadi, mahsulotni chetga sotish uchun imkon yaraladi va shunga o’xshash foydali tomonlari bor.
1.3 Jahon iqtisodiyotining globallashuvining tahdidlari
Yuqorida qayd etib o’tganimizdek, jahon iqtisodiyotining globallashuvi turlicha talqin qilinmoqda bu jarayonga nafaqat olimlar, mutaxassislar va eksportlar, balki turli mamlakatlarning fuqarolari ham turlicha munosabat bildirmoqdalar. Globallashuv jarayonlari rivojlangan mamlakatlarda xayrixohlik bilan qabul qilinmoqda. Buning sababi shundaki, globallashuv jarayoning afzalliklari barcha mamlakatlarga teng taqsimlanmaydi shuning uchun globallashuvdan kim foyda ko’radi, degan savol munozaralarga sabab bo’layotgan masalalardan biri hisoblanadi.
Globalizastiyani iqtisodiy tomondan qaraganda KMK yo uzluksiz globalizastiyalashishi, yo raqobat kurashi girdobida yo’q bo’lib ketishi kerak. Ko’p Millatli Korporastiyalar turli mamlakatlarning qiyosiy ustunliklaridan foydalanish hisobiga mutlaq ustunlikka erishmoqdalar15. Ular ko’p mehnat sarfini talab qiladigan jarayonlarni ishchi kuchi arzon bo’lgan joylarda, ishlab chiqarishning yuksak texnologiyalarga asoslangan qismini esa - malakali ishchi kuchiga va rivojlangan infratuzilmaga ega bo’lgan mamlakatlarda yo’lga qo’ymoqdalar. Tayyor mahsulot chiqaradigan korxonalar sotish bozorlari yaqinida va soliq stavkalari past bo’lgan mamlakatlarda o’z kapitallarini joylashtirilmoqda. Endilikda iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash va ish joylari tashkil etishda hukumatlarning roli, oldingi davrlardan farqli o’laroq, asosan boshqa mamlakatlardan o’z hududiga boy investorlarni mumkin qadar ko’proq jalb qilishdan iborat bo’lib qolmoqda.
Zamonaviy globallashuv jarayonlari eng avvalo sanoati rivojlangan mamlakatlar mavqeini mustahkamlab, ularga qo’shimcha afzalliklar beradi. XMT doirasida globallashuv jarayonining kengayishi past rivojlangan mamlakatlar mavqeini salbiy o’zgarishiga sabab bo’ladi, ularni globallashuv jarayonini sub’ektlariga emas, balki ob’ektlariga aylantirish mumkin.
Demak, globallashuv jarayonlarining alohida mamlakatlar iqtisodyotiga ijobiy ta’sirining darajasi ushbu mamlakatlarning jahon iqtisodiyotida tutgan o’rniga bog’liq. Amalda afzalliklarning asosiy qismi boy davlatga yoki individlarga tegadi. Shuning uchun globalizastiya jarayonida rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash masalasini qo’yadi16.
Globallashuv sharoitida markazlashtiruvchi kuchlarning markazlashishi bilan bog’liq buzg’inchilik ta’sir yuzaga chiqishi mumkin, bu mamlakat ichidagi an’anaviy aloqalarning uzilishiga, ijtimoiy muammolarning kuchayshiga, mazkur jamiyat uchun muammolar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin17:
Globallashuvdan keladigan afzalliklarning milliy iqtisodiyotning alohida tarmoqlari o’rtasida bir xil taqsimlanmasligi;
Milliy iqtisodyotda sanoatlashishning sekinlashuvi;
Ayrim mamlakatlarda iqtisodyotni nazorat qilishni hukumat qo’lidan boshqalarga, masalan kuchliroq davlatlar, TMK yoki hususiy tashkilotlar qo’liga o’tish ehtimoli;
Moliyaviy sohaning nobarqarorlashuvi ehtimoli milliy iqtisodyotlarning jahon miqyosida o’zaro bog’liqligi natijasida hududiy yoki global nobarqarorlik ehtimoli bir mamlakatdagi iqtisodiy tebranishlar va inqirozlar hududiy hamda global oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Globallashuvning salbiy oqibatlari past rivojlangan mamlakatlarga ko’proq ta’sir qilishi mumkin. Bu mamlakatlarning ko’pchiligi baynalminnallashuv jarayonida xomashyo va mehnat sig’imi mahsulotlari (ularning ba’zilari zamonaviy murakkab texnika uchun ehtiyot qisim va butlovchi bug’imlar) etkazib beruvchi sifatida ishtirok etgan hamda ilg’or mamlakatlarga har tomonlama bog’lanib qolishadi va ularga nisbatan kam foyda ko’rishadi hamda bu foyda jahon bozorlari konyukturasiga bog’liq holda barqaror bo’lmaydi.
Globallashuv mamlakatlarga yuqorida qayd qilingan muammolardan tashqari yana quyidagi muammolarni ham keltirib chiqaradi18:
Rivojlangan mamlakatlardan texnologiya sohasida orqada qolishning yanada chuqirlashishi;
Aholining asosiy qismini kambag’allashishi;
Ijtimoiy-iqtisodiy tabaqalashuvning o’sishi;
Kam rivojlangan mamlakatlarning jahon xo’jaligining barqarorligiga bog’liqligi darajasi yanada ortishi;
Milliylikka yo’naltirilgan iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda TMK tomonidan davlatning imkoniyatlarini “cheklab” qo’yilishi;
Tashqi qarzlarning eng avvalo xalqaro moliya tashkilotlari oldidagi qarzning ortishi, bu esa istiqboldagi taraqqiyotga to’sqinlik qiladi.
Yuqorida qayd etib o’tganimizdek, globallashuv jarayonida eshtirok etishdan sanoati rivojlangan mamlakatlar ko’proq foyda oladi, zero ular ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va barcha diqqat-e’tiborni ko’p daromadli bo’lgan ilm talab mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratadilar.
Ayni paytda sanoati rivojlangan mamlakatlarda ham globallashuv jarayonlari salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin: ishsizlik, moliya bozorlarida nobarqarorlik kuchayadi va boshqalar. Globallashuv tufayli rivojlangan mamlakatlarda vujudga kelishi mumkin bo’lgan tez-tez muhokamada bo’ladigan ijtimoiy-siyosiy muammolar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin19:
a. Ishsizlikning o’sishi
Yangi texnologiya joriy etilishi natijasida sanoatda ish joylari qisqaradi va ijtimoiy keskinlikni kuchaytiradi;
Ishlab chiqarish tarkibining o’zgarishi va mehnat sig’imli tovarlar ishlab chiqarishning rivojlanayotgan mamlakatlar hududiga ko’chirilishi;
Ishchi kuchi harakatchanligining ortishi.
b. TMKlar salmoqli nufuzga ega bo’lishi natijasida ular o’z manfaatlarini yuqori qo’yadi, buning natijasida mahalliy hukumatning roli pasaya boradi va uning ba’zi funkstiyalari turli davlatlararo tashkilotlar va uyushmalarga o’tadi.
Globallashuvning asosiy muammolaridan biri jahon miqyosida milliy iqtisodiyotlarning o’zaro bog’liqligi tufayli global beqarorlikning muqarrarligi hisoblanadi. Natijada ma’lum bir mamlakatda ro’y bergan iqtisodiy o’zgarishlar yoki inqirozlar butun mintaqa yoki jahon miqyosida ta’sirini o’tkazishi mumkin. Bu holat faqat nazariy emas, hayotiy muammodir. Buni 1997 yil o’z ta’sirini o’tkazgan Osiyo moliyaviy inqirozi ham tasdiqlaydi. Bundan tashqari XX asrning oxirlarida boshlangan va hozirgacha davom etib kelayotgan bozorlarning globallashuvi, kapitallar xalqaro harakatining erkinlashtirilishi natijasida AQSh bozorlarida vujudga kelgan inqiroz dunyoning boshqa mamlakatlariga ham keng yoyildi20. Buni Bitiruv malakaviy ishimizning 2.4 qismida ko’rib chiqamiz.
1.4 Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davrida xalqaro savdoning o’zgarish tendenstiyasi
Hozirgi zamon jahon iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyatlaridan biri – uning qamrovi kengayib borayotganidadir. Bu jarayon rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalari nafaqat savdo-sotiq sohasida, balki boshqa ko’lamlarda ham erkinlashib borayotganligi ularning milliy iqtisodlari tobora ko’proq o’z qobig’ini yorib, bir-biri bilan bog’lanib ketayotganligi bilan ajralib turadi. Ushbu jarayonlar quyidagi ikki g’oyat muhim holat natijasida hisoblanadi:
Bir tomondan, amaliyotda tobora ko’proq milliy bozorlarning yaratilishi, milliy iqtisodiyotlarning tashqi aloqalarga urg’u berishi;
Ikkinchi tomondan, xalqaro xo’jalik munosabatlarini rivojlantirish va chuqurlashtirish yo’lida uchraydigan transport, kommunikastiya sohalarida g’ov-to’siqlarini darhol bartaraf etuvchi texnologik innovastiyalar.
Bugungi kunda integrastiya jarayoni kuchayib bormoqda va bu sharoitda jahon iqtisodiga qo’shiluvning tub bahosi yuz chandon ortib ketmoqda.
1980-yillarning o’rtalaridan boshlab jahon iqtisodi xalqaro savdo va xalqaro moliyaviy muammolar haddan tashqari yuqori sur’atlarda o’sayotgan davrga qadam qo’ydi. 1986-yildan 1996-yilgacha bo’lgan davr ichida xalqaro savdo oboroti hajmi bir yilda o’rtacha 6,5% ga ortdi va o’n yil ichida 1,9 barobar ko’paydi. Ushbu yillar mobaynida xalqaro xizmatlar savdosi 2,4 marta ko’paydi. 1985-1995 yillar ichida xalqaro savdoning jahon yalpi mahsulotidagi salmog’i oldingi 10 yillikdagiga nisbatan uch marta va 1996-2004 yillarda esa qariyb 2 marta ko’proq jadallashdi. Bu milliy iqtisodlar kashfi tezlashganidan, ularning bir-biriga muhtojligi kuchayib borganligidan dalolat beradi21.
Hozirda ko’plab mutaxassis va ekspertlar tomonidan jahon moliyaviy inqirozining global tus olishi va iqtisodiy inqiroz jarayonlarining kuchayishi restessiya va iqtisodiy pasayishni, investistiyaviy faollik ko’lami cheklanib borishini, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi hamda jahonning ko’plab mamlakatlariga ta’sir ko’rsatadigan jiddiy ijtimoiy talofotlar sodir bo’lishi mumkinligi e’tirof etilmoqda. Keyingi yillarda rivojlangan mamlakatlarda surunkali byudjet taqchilligi va salbiy tashqi savdo saldosining kuzatilayotganligi jahon moliyaviy inqirozining vujudga kelishining asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
4-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |