I bob. Globallashuv sharoitida jahon iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy tendenstiyalari 1.1. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida xalqaro korporastiyalarning o’rni Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi globallashuv jarayonlarining jadal rivojlanishi orqali tavsiflanadi. Globallashuvni iqtisodiy jihatdan qaraydigan bo’lsak, u jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar tizimining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi.
Globallashuv jarayonlarining kengayishi jahon mamlakatlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning yanada takomillashuviga olib keladi. Jumladan, globallashuv natijasida transmilliy korporastiyalar, ularning turli ko’rinishdagi xalqaro birlashmalari faoliyatining tarkib topishi va kengayishi, xalqaro ishlab chiqarish kooperastiyasi va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajaga o’tishi, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatining yanada kuchayishi ro’y beradi1.
Jahon xo’jaligi internastionallashuvi – mehnatni xalqaro taqsimlashni har tomonlama rivojlantirishga asoslangan turli mamlakatlar milliy iqtisodiyotining o’zaro bog’liqligi va bir-birining kam-ko’stini to’ldirishni chuqurlashtirish jarayonidir.
Tarixda xo’jaliklarning internastionallashuvi ayriboshlash sohasiga borib taqaladi. Xolbuki, savdoda mahsulotlarni ayriboshlash bosqichidan keyin hududiy xalqaro bozorlarga yo’l ochilgan. Ancha keyinroq, dastlabki sarmoya yig’ish davriga kelib, tarmoqlararo savdoning hududiy markazlari yagona jahon bozoriga aylana borgan.
Evolyustiya natijasida ayriboshlash sohasidagi internastionallashuvidan kapital va ishlab chiqarishning internastionallashuviga o’tila boshlandi2:
1-bosqich: Erkin raqobatga asoslangan kapitalizm rivoji davrida (XIX asrning oxirigacha) jahon bozorini tashkil etish, ko’proq xalqaro savdo shaklida xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish bilan xarakterli edi.
XIX asr o’rtalariga kelib industrial davlatlar o’rtasida raqobatning kuchayishi jarayonida mehnatni xalqaro taqsimlanishining xilma-xil tizimi qaror topdi. Bu vaqtga kelib Angliya o’zining sanoat sohasidagi peshqadamligini yo’qotgan edi, iqtisodni industrlashtirishda muvofaqqiyatga erishgan deyarli barcha mamlakatlar o’z mahsulotlarini ixtisoslashtirish yo’liga o’tdi, bunda ular:
qo’shni mamlakatlar ihtiyojlarini hisobga olgan holda;
mustamlaka chekka o’lkalarda o’z mahsulotlarini sotish imkoniyatlaridan kelib chiqib ish ko’rishdi.
2-bosqich: XIX asr oxirlari va XX asr boshlarida erkin raqobatga asoslangan kapitalizm monopolistik kapitalizmga o’tdi, o’zining ajralmas qismi – jahon bozoriga ega bo’lgan umumjahon xo’jaligi qaror topdi. Lekin “umumjahon xo’jaligi” tushunchasi – jahon bozori tushunchasidan ancha kengdir. Chunki, savdo sohasidagi munosabatlar bilan bir qatorda bu davrda mamlakatlar o’rtasida ishlab chiqarish sohasida bevosita aloqalar, kapitalni tashqariga chiqarish va har tomonlama moliyaviy aloqalar rivojlandi.
Bunga ishlab chiqarish kuchlarining ancha o’sishi sabab bo’lib, ular milliy chegaralarning cheklangan doiralaridan sezilarli darajada oshib ketdi.
Kapitalning markazlarga tobe va mustamlaka hududlarga, uzoq joylarga olib chiqilishi xo’jalik hayoti internastionallashuvining asosiy ko’rinishiga aylandi.
Bunda kaptitalni chetga tadbirkorlik shaklida chiqarish monopoliyalarning chet elda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishi bilan birga olib borildi, yangi zavodlar qurildi, konlar ochildi.
Bozor iqtisodiyoti rivojining bu bosqichida ayriboshlashning internastionallashuviga “pishib o’tgan” industrial markazlarda kapitalni bo’lib chiqishga asoslangan kapital internastionallashuvi jarayoni kelib qo’shildi.