8-jadval
O’zbekistonning Tashqi Savdo Aylanmasi(evroda keltirilgan)
Yillar
|
Jami eksport
(mln evro)
|
Jami import
(mln evro)
|
Jami savdo aylanmasi
(mln evro)
|
2002
|
1637
|
2189
|
3826
|
2003
|
1735
|
2190
|
3925
|
2004
|
2158
|
2534
|
4693
|
2005
|
2783
|
2851
|
5634
|
2006
|
3922
|
3400
|
7322
|
2007
|
4139
|
4139
|
8452
|
2008
|
|
|
10260
|
Manba: European Union Bilateral Trade with Uz-n, DG Trade//http//ec.europa/eu/issues/ bilateral/data/htm
Chet el investorlarini jalb qilish hisobiga davlatimizda ishlab chiqarish yildan yilga oshib bormoqda. Asta sekinlik bilan import tavarlar o’rnini bosuvchi tovarlar ko’payib, chetga eksport qilinadegan tovarlar xajmi oshib bormoqda. Bu esa tashqi iqtisodiy siyosatning o’sib borayotganidan dalolat beradi. 2008 yil yakunlariga ko’ra tashqi savda balansi 4 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi, tashqi savdo aylanmasi esa 21.4% ga o’sishga erishildi45.
6-diagramma
O’zbekistonning Tashqi Savdo Aylanmasi( AQSh dollarida berilgan)
Manba: G. Saidova “Modernizastiya, texnicheskoe obnovlenie i diversifikastiya proizvodstva, shirokoe vnedrenie innovastionnыx texnologiy – neobxodimoe uslovie vыxoda Uzbekistana na novыe rubeji na mirovom rыnke” elektron darslikdan, Toshkent-2009
Yuqorida aytganimizdek, asta sekinlik bilan import tavarlar o’rnini bosuvchi tovarlar ko’payib, chetga eksport qilinadegan tovarlar xajmi oshib bormoqda. Buni diagrammadan ham ko’rishimiz mumkin ya’ni 2008 yilda eksport xam import hajmidan ancha yuqori. 2008 yilda eksport hajmining o’sishi 2004 yil darajasiga nisbatan 2.3 barvarni, 2006 yilga nisbatan 1.9 barvarni tashkil etgan. Savdo balansi 4 mlrd. doll.dan oshdi va tashqi savdo aylanmasi 21.4 %ga o’sdi46.
7-diagramma
Yuqoridagi diagrammaga e’tibor beradigan bo’lsak, 2004 yildan 2008 yilgacha davlatimiz boyligi bo’lgan paxta tolasini eksport qilish 18.1%dan 9.2%ga qisqardi. Biz ham asta sekinlik bilan xom ashyo o’rniga tayyor mahsulotlarni ham eksport qilishga o’tmoqdamiz. Oziq ovqat mahsulotlari ham bu davr oralig’ida 3.8%dan 4.4%ga o’sdi. Mashina va uskunalarini ham eksport qilish 7.4%dan 7.5%ga o’sdi. Ammo xizmat ko’rsatishdagi eksport xajmida pasayish ko’zatilgan, ya’ni 11.8%dan 10.4%ga qisqargan. Umuman olganda 2004-2008 yillarda eksport umumiy hajmidagi tayyor mahsulotning ulushi 17,7% dan 42% ga qadar oshdi47. 2008 yilda eksport xajmi 6.1%ga o’sishga erishildi. Shundan tovar va xizmatlarning eksportdagi o’lishi 28.7%ga o’sdi48. Eksport tarkibida engil avtomobillar va elektrotexnika mahsulotlari, shuningdek to’qimachilik mahsulotlari hisobiga tayyor mahsulotlar chetga chiqarish salmog’i o’sdi.
8-diagramma
Yuqoridagi diagrammadan ko’rishimiz mumkinki, 2004 yildan 2008 yilgacha iste’mol tovarlarini import qilish 13%dan 8%ga qisqargan. Yuqorida aytganimizdek import tarkibida mashinasozlik mahsulotlari, shuningdek kimyo sanoati tovarlari ahamiyatli ulushni egalladi (46-53%). Respublika sanoatining ustuvor tarmoqlarida mahalliylashtirilayotgan mahsulotni ishlab chiqarishning ko’payishi importga sarflarni sezilarli darajada qisqartirish imkonini berdi.
Yuqorida aytganimizdek davlatimiz tayyor mahsulotlar, oziq ovqat mahsulotlari, mashina va uskunalar, kimyo mahsulotlari, metallar, energiya resurslari va bir qancha sohalar bilan jahon bozoriga chiqmoqdamiz. Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi PF-4058 sonli Farmoni bilan mamlakatimizda reyal sektor korxonalarini va kichik biznesni moliyaviy qo’llab quvvatlash borasida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan dolzarb vazifalar aniq belgilab berilgan49. Mazkur Farmonda tijorat banklarini modernizastiya qilish, eksport qiluvchi korxonalar va kichik biznes sub’ektlarini qo’llab quvvatlash muhim roli inobatga olingan holda, banklarning real sektor korxonalariga o’z vaqtida moliyaviy ko’mak berishdagi faoliyatini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Bo’lim oxirida aytmoqchimizki, Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab tashqi iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo’yishga, mamlakatlar va xalqaro bank-moliya tashkilotlari bilan teng huquqli va manfaatli hamkorlik yo’nalishlarini ishlab chiqish va mustahkamlashga ustuvor vazifalardan biri sifatida qarab kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek, «Jahon xo’jaligi bilan integrastiyalashmasdan, tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirmasdan va rivojlangan mamlakatlar bilan o’zaro manfaatli munosabatlarni yo’lga qo’ymasdan turib biz ko’zlagan maqsadimizga erisha olmaymiz»50.
Xulosa
Kurs ishidan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, globallashuv jarayoni – to’xtatib bo’lmaydigan kuch. Uning qamrovi juda keng, hususan globallashuv nima u qachon boshlangan, uning jamiyatdagi boshqa jarayonga munosabati shuningdek yaqin va uzoq kelajakdagi asoratlari kabi savollarni o’z ichiga oladi. U jahon xo’jaliklari internastionallashuvining eng yuqori bosqichi.
Umuman olganda jahon iqtisodiyotining globallashuvi deganda, jahon iqtisodiyotining o’zaro bog’liq turli soha va jarayonlarning kuchayib borishi, jahon xo’jaligida tovarlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi va bilimlar bozorini asta-sekinlik bilan yagona bozorga aylanishini bildiradi.
Yuqorida aytganimizdek, iqtisodchilar globallashuvning asosiy tomonlariga o’z e’tiborlarini qaratadilar va qo’yidagi jarayonlarini ajratadilar:
moliyaviy markazlashuvning kuchayishi. Uning yordamida kredit mablag’lari shakllantiriladi, kredit beriladi va foydalaniladi, shuningdek kapitalning ishlab chiqarish ustidan hukmronligi o’rnatiladi;
axborotlar ahamiyatining oshishi;
global oligopoliyaning to’xtovsiz kengayishi;
transmilliy iqtisodiy diplomatiyaning shakllanishi va milliy davlat hokimiyatining globallashuvi.
Yuqorida aytganimizdek globallashuv jarayoni o’zining ijobiy va salbiy ta’sirga ega. Ammo hozirgi eng muhim muammo – globallashuv hamma xalqlar uchun ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi kuchga aylanishiga erishishdir. Zamonaviy globallashuv jarayonlari eng avvalo sanoati rivojlangan mamlakatlar mavqeini mustahkamlab, ularga qo’shimcha afzalliklar beradi. Globallashuv jarayonlarining alohida mamlakatlar iqtisodyotiga ijobiy ta’sirining darajasi ushbu mamlakatlarning jahon iqtisodiyotida tutgan o’rniga bog’liq. Amalda afzalliklarning asosiy qismi boy davlatga yoki individlarga tegadi. Globallashuvning salbiy oqibatlari past rivojlangan mamlakatlarga ko’proq ta’sir qilishi mumkin. Bu mamlakatlarning ko’pchiligi baynalminnallashuv jarayonida xomashyo va mehnat sig’imi mahsulotlari (ularning ba’zilari zamonaviy murakkab texnika uchun ehtiyot qisim va butlovchi bug’imlar) etkazib beruvchi sifatida ishtirok etgan hamda ilg’or mamlakatlarga har tomonlama bog’lanib qolishadi va ularga nisbatan kam foyda ko’rishadi hamda bu foyda jahon bozorlari konyukturasiga bog’liq holda barqaror bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |