Mening taklifim bu jarayonni yengish uchun avvalom bor ishlab chiqarishni kengaytirish zarur chunki, bu davrda ishsizlik darajasining yuqoriligi va aholi daromatlarining pastligi ko’zatiladi. Buni tadbirkorlarga past foizli kreditlar berish orqali amalga oshirish mumkin.
Hozirgi kunda tashqi dunyo bilan ikki tomonlama o’zaro manfaatli aloqalarimiz rivojlanib bormoqda. Jahon moliyaviy inqirozi davrida iqtisodiyotni modernizastiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo’yicha dasturlarni amalga oshirishimizda xorijiy mamlakatlarning ilg’or texnologiyalariga asoslangan investistiyalariga ehtiyoj mavjud bo’ladi. Chunki kim birinchi yangiliklarni o’zlashtirish tezlashadi. Qolaversa, jahon bozoridagi talabning pasayib borishi mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarimizni eksport ko’lamiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Mening taklifim bu davrda xorijiy investorlarni jalb qilish, iqtisodiyotni modernizastiya qilish va ko’proq rivojlangan davlatlardan buyurma asosida eng so’nggi va ilg’or texnologiyalarni olib kelish maqsadga muvofiq bo’ladi. Eng so’ngi texnologiya asosida tayyorlangan mahsulot jaxon bozoriga har tomonlama mukammal bo’lib chiqadi. Keyin maxsulot narxi va zamonaviyligi bilan boshqalar bilan raqobatlasha oladi. Bizda 3 ta maxsulotni tayyor mahsulot sifatida bemalol o’zimiz eksport qilsak bo’ladi . Bular: tekstil, oziq-ovqat mahsulotlari va energitikalardir. Faqat yuqorida aytganimizdek eng so’nggi va ilg’or texnologiyalar bo’lsa bas. O’zbekiston hukumati tomonidan 2006-2010 yillar uchun ham ustivor invetistiya takliflari ro’yxatini tasdiqladi va unda 7 mlrd.AQSh dollarini tashkil etdi51. Davlatimiz chet el investorlarini jalb qilish uchun Prezindentimiz farmoyishlari bilan 2008 yildan boshlab Navoiy viloyatini erkin iqtisodiy zona deb e’lon qildilar. Navoiy aeroporti bazasida erkin industrial-iqtisodiy zonani tashkil etish, shuningdek, Navoiy shahrida yangi barpo etilgan aerodromni xalqaro operator — Koreyaning "Korean Ayr" kompaniyasi boshqaruviga berish to’g’risidagi qarorning qabul qilinishi tufayli oldimizda katta istiqbollar ochiladi. Xalqaro intermodal logistika markazining tashkil etilishi undan nafaqat Janubi-Sharqiy Osiyoni Evropa bilan bog’laydigan qit’alararo transport-ekspedistiya uzeli sifatida foydalanish imkonini beradi. Ayni paytda u Navoiy viloyati va qo’shni hududlarda yangi, yuksak texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish uchun zarur sharoitlar yaratadi. Yaqinda Koreya Respublikasi Prezindenti tashrifidan so’ng ikki davlat hamkorligi yanada rivojlantirish uchun diplomatlar va yirik tadbirkorlar uchun vizasiz tashriflarni amalga oshirish kelishib olindi. Bularning barchasi chet el investorlarni jalb qilishga qaratilgan. Xulosa qilib, davlatdagi xorijiy investistion muuhitni, birinchi birinchi navbatda, to’g’ridan to’g’ri investistiyalar muhitini yanada rivojlantirishga qaratilgan qo’yidagi chora tadbirlar muhim ahamiyatga ega deyish mumkin:
soliq qonunchiligini soddalashtirish;
chet ellik investorlarning maqsadini, ko’zlagan manfaatini chuqur o’rganish va ular uchun imtiyozlarni kengaytirish;
invetistiyalarni joylashtirish, ulardan samarali foydalanish borasida investistiya marketingini kkengaytirish va rivojlantirish;
xorijiy investorlarning ba’zi toifalriga yaratilgan imkoniyatlarni barcha chet el investorlari uchun umumiy qonun qoidalar asosida belgilash.
Mamlakatimiz siyosiy mustaqillikni qo’lga kiritgandan so’ng jahon xo’jalik tizimining teng huquqli a’zosiga aylandi. Shu sababli respublikamizning jahon hamjamiyatiga integrastiyalashuvi va unda o’ziga xos o’rin egallashini ta’minlash eng birinchi darajadagi vazifalardan biri bo’lib qoldi. Shu maqsadda tashqi iqtisodiy aloqalar tizimini tubdan qayta qurish, xorijiy investistiyalarni mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etish, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu mamlakatimiz ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayoti uchun juda muhim. Ammo bo’gingi kunda bizning globalizastiya jarayoniga qatnashishimiz iqtisodiyotimizga foydali emas. Chunki biz bu jarayonga ishtirok etsak, chunki kompaniyalarning kerib kelishi oqibatida davlatimiz faqat tayyor bozor, arzon ishchi kuchi va xom ashyo bazasiza aylanib qolamiz. Buning oqibatida o’zimizda ishlab chiqarish sohasi manfiy ko’rsatkichga qarab ketadi chunki, moliyaviy yaxshi rivojlangan koppaniyalar bilan raqobatlashish uchun kamida ular darajasida bo’lishimiz kerak. Mening taklifim biz uchun hozirgi davrda Markaziy Osiyo va boshqa MDH davlatlari bilan integrastiyaga kirishishimiz birinchi o’rinda zarur. Jaxon bozoriga o’z mahsulotimiz bilan chiqqanimizda albatta qo’shni davlatlar chegarasidan o’tishga to’g’ri keladi. Bugungi kunda davlatimiz qo’shni davlatlar bilan yagona yuklarni olib utish bilan bog’liq qonunning mavjud emasligi iqtisodimizga ancha zarar keltirmoqda. Chunki tovarlarimizning o’z egasiga ancha kechikib va sifati ancha pasayib etib bormoqda. Shuning uchun avvvalom bor ular bilan aloqalarimizni mustahkamlashimiz kerak.
Globallashuvda ishtirok etishda ehtiyot bo’lish zarur. Chunki yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek globallashuv jarayoni hamma davlatga ham ijobiy ta’sir ko’rsatavermaydi, undan sanoati rivojlangan mamlakatlar ko’proq foyda olishadi. Demak, mamlakat sanoatini jahon miqyosida raqobatbardoshligini etarlicha oshirilgach, global jarayonlarda to’liq ishtirok etishtanlangan eng to’g’ri yo’l bo’lardi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati