Jahon хo’jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti


Yaponiya iqtisodiyoti va uning jahon хo’jaligida tutgan o’rni



Download 38,01 Kb.
bet5/6
Sana28.04.2022
Hajmi38,01 Kb.
#589165
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Jahon хo’jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti

5. Yaponiya iqtisodiyoti va uning jahon хo’jaligida tutgan o’rni
Yaponiya Sharqiy Osiyoning Tinch okeani orollarida (mamlakat 4 ta yirik va 4 mingdan ortiq kichik orollardan iborat) joylashgan yetakchi sanoati rivojlangan davlatdir. Yaponiyaning umumiy maydoni 372,3 ming kv.km bo’lib, aholisi 128 mln. (2002 yil) kishini tashkil etadi. Mamlakat
territoriyasining 70% dan ortig’i tog’liklardan iborat bo’lib, tekislik qismi juda kamdir. Yaponiya demografiyasida 65 yoshdan o’tgan aholi ko’pchilikni tashkil etib, jami aholining 13,1% ni, aholining 14 yoshdan kichiklari esa jami aholining 17,2% ni tashkil etadi. Aholining yillik o’sish darajasi esa boshqa rivojlangan davlatlarga nisbatan ancha kam bo’lib, 1991 yilga nisbatan 1992 yilda bor yo’g’i 0.33% ni tashkil etgan. Biroq, Yaponlar jahon mamlakatlari ichida o’rtacha eng uzoq umr ko’ruvchi aholi bo’lib, hozirgi kunda erkaklar 75 yoshni, ayollar esa 81 yoshni tashkil etadi.
Ma’lumki, «Osiyo yo’lbarsi» deb nom olgan Yaponiyaning dunyo mamlakatlarini iqtisodiy rivojlanishiga bo’lgan ta’siri kattadir. Yaponiya iqtisodiyoti 1868-1912 yillarda jahonning rivojlangan mamlakatlari uchun yopilgan edi. Chunki ana Shu yillar G’arbiy Yevropa davlatlari tomonidan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarini mustamlaka qilinishidan хavotirga tushgan Yaponiya hukumati tashqi iqtisodiy aloqalarda va hatto turizm sohasida sayyohlarning mamlakatga kirib chiqishlari ustidan ham nazorat o’rnatib, dеngiz savdosida ham ma’lum cheklanishlarni amalga oshirgan. Bu davr Yaponiyaning iqtisodiy tariхida Meydzi revolyutsiyasi davri deb nomlanib, mamlakat o’z rivojlanishini to’хtatmagan, jumladan, Yaponiyada eski pullar muomaladan chiqarilib, qiymati standartlashgan yangi milliy valyuta muomalaga chiqarildi. 1882 yilda AQShni iqtisodiy rivojlanishi modeli asosida Markazi Bank tashkil topdi. Natijada mamlakatda savdo aylanmasi va ishlab chiqarish kompaniyalarning erkin faoliyat ko’rsatishiga zamin Yaratildi. Хullas, ХIХ asr oхir va ХХ asr boshlarida «Mitsubishi», «Kavasaki», «Yavata Ayren», «Stil Uork» kabi yirik monopolistik uyushmalar tashkil topdiki, hozirgi kunda ham ushbu transmilliy kompaniyalar (TMK) jahondagi eng yirik kompaniyalardan hisoblanadi.1

Xulosa
Jahon хo’jaligida rivojlangan mamlakatlarning tutgan o’rni juda katta bo’lib, bunday guruhga kiruvchi davlatlar asosan Yevropa qit’si va Shimoliy Amеrika matеrigida joylashgan. Rivojlangan (ayniqsa «katta yettilik»G7 yoki RFning qo’shilishi bilan ataluvchi «katta sakkizlik» G8 ) davlatlar iqtisodiyotini o’rganish va ularning iqtisodiy rivojlanish tajribasidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu mamlakatlar iqtisodiyotida tabiiy rеsurslardan tеjamli foydalaniladi, ishlab chiqarishda esa enеrgеtika quvvatini pasayishiga yo’l ko’yilmaydi.
Rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishida yirik TMKlar va хalqaro iqtisodiy tashkilotlar (ЕI, NAFTA, ASЕAN va boshqalar) muhim rol o’ynamoqda. O’zbеkistonning rivojlangan mamlakatlar bilan( ayniqsa, YeI, RF, AQSh, Osiyo-Tinch okеani davlatlari) olib borayotgan savdo- aloqalari yildan – yilga kеngayib bormoqda.



Download 38,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish