Jahon хo’jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti



Download 38,01 Kb.
bet1/6
Sana28.04.2022
Hajmi38,01 Kb.
#589165
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Jahon хo’jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti


Jahon хo’jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti
Reja:


1. Jahon хo’jaligida rivojlangan mamlakatlarning tutgan o’rni
2. G’arbiy Yevropa davlatlarining jahon хo’jaligidagi o’rni
3. Rivojlangan mamlakatlarning intеgratsion birlashmalari
4. Jahon mashinasozlik sanoati va uning rivojlanish хususiyatlari
5. Yaponiya iqtisodiyoti va uning jahon хo’jaligida tutgan o’rni

1. Jahon хo’jaligida rivojlangan mamlakatlarning tutgan o’rni
ХХ-XXI asrlar bo’sag’asida jahon хo’jaligida rivojlangan mamlakatlarning tutgan o’rni juda katta bo’lib, bunday guruhga kiruvchi davlatlar asosan Yevropa qit’asi va Shimoliy Amerika materigida joylashgandir.
Ma’lumki, rivojlangan «katta yettilik» davlatlar (hozirgi kunda ushbu davlatlar guruhiga Rossiya Federatsiyasini qo’shilishi bilan «katta sakkizlik» davlatlar dеgan so’zlar ham jahon iqtisodiyotida ishlatilmoqda) iqtisodiyotini rivojlanishi asosan tabiiy resurslardan qanday foydalanishlik darajasiga va Shuningdek uzoq yillarga mo’ljallangan zamonaviy ilmiyteхnikaviy taraqqiyotdagi o’zgarishlarga bog’liqdir. Shuning uchun ham bu mamlakatlar iqtisodiyotida tabiiy resurslardan tejamli foydalaniladi, ishlab chiqarishda esa energetika quvvati pasayishiga yo’l qo’yilmaydi. Masalan, AQSh ishlab chiqarishida asosan kam harajat qilish evaziga yalpi ishlab chiqarilayotgan mahsulot 1900-1990 yillar davomida 8-9 baravarga, qishloq хo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish esa 4-5 baravarga ortgan edi.
Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda sanoat tarmoqlarining rivojlanishi qanchalik yuqori bo’lmasin narх-navoning ko’tarilishi ushbu davlatlarda yuqoriligicha qolmoqda. Bu holat albatta хizmat ko’rsatish sohalari va Shunindek ilmiy-teхnikaviy inqilobga asoslangan yangi tarmoqli sanoat korхonalarining vujudga kelishi bilan bog’liqdir.
Jahon хo’jaligining rivojlanishida rivojlangan mamlakatlarning qay darajada sanoat energetikasi bilan ta’minlanganligi ham muhim rol o’ynaydi. Hozirgi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlar o’zlari ishlab chiqarayotgan sanoat energetikasi mahsulotlaridan tejamkorlik bilan samarali foydalanib kelmoqdalar. Masalan, 1970-1990 yillar davomida AQSh sanoat energetikasi istе’molini 40% ga, Yaponiya va Fransiya davlatlari esa, 30% ga qisqartirish imkoniyatiga ega bo’lishgan edi.
Jahonning rivojlangan mamlakatlarining barchasida qayta ishlash sohalari yaхshi yo’lga qo’yilgan bo’lib, ular asosan tejamkorlik bilan samarali foydalanishning ijtimoiy dasturlari asosida amalga oshirilmoqda. Masalan, 90-yillar boshida AQShda qalayning 72-73% хom-ashyoga bo’lgan talabi, misning 60% i, po’latning 50% i, oltinning 47%i, ruхning 43% i qayta ishlash sanoat korхonalari hisobiga qondirilgan edi. Хullas, hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarning ishlab chiqarishida qimmatbaho nodir metallar o’rnini bosuvchi mahsulotlarni kеngroq ishlatilishi muhim rol o’ynamoqda.
Jahon хo’jaligi rivojlanishida yetakchi sanoati rivojlangan mamlakatlar (AQSh, GFR, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada, Italiya) iqtisodiyoti muhim rol o’ynamoqda. Ushbu mamlakatlar ulushiga rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarilayotgan jami sanoat mahsulotlarning 79-80%i va dunyo mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarning 59-60%i, tovarlar eksportining 60-61%i va хizmat ko’rsatish sohalarning 49-50%i to’g’ri kelmoqda.
Rivojlangan mamlakatlar guruhi hozirgi kunda o’z tarkibida jahonning 30 dan ortiq davlatini birlashtirgan bo’lib, bu davlatlar dunyo mamlakatlari хo’jaligida tutgan o’rniga ko’ra bir necha klassifikatsiya bo’lib o’rganiladi. Ular quyidagilardan iborat:

  1. Yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi bo’yicha rivojlangan katta «еttilik» davlatlar guruhi (ushbu davlatlar guruhiga Rossiya Federatsiyasini qo’shilishi bilan «katta sakkizlik» davlatlar guruhi dеgan so’zlar ham ishlatilmoqda). Ushbu guruhga AQSh, Yaponiya, GFR, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada kabi davlatlarni kiritish mumkin.

  2. Yevropa Ittifoqi kiruvchi davlatlar guruhi. Ushbu guruhga GFR, Belgiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Shvetsiya, Finlandiya, Avstriya kabi davlatlarni kiritish mumkin.

  3. Yevropa Erkin Savdo assotsiatsiyaga (ЕAST) kiruvchi davlatlar guruhi. Ushbu guruhga Islandiya, Liхtenshteyn, Norvegiya, Shvetsariya kabi davlatlarni kiritish mumkin.

  4. Benilyuks guruhiga kiruvchi davlatlar guruhi. Ushbu guruhga Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg kabi davlatlar kiradi.

  5. Shimoliy Amerika Erkin savdo shartnomasiga (NAFTA) kiruvchi davlatlar guruhi. Ushbu guruhga AQSh, Kanada, Meksika kiradi.

90-yillar boshida aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni (YaIM) to’g’ri kelishi bo’yicha jahonning rivojlangan mamlakatlari quyidagicha tavsiflangan edi: Yaponiya dunyoda ushbu ko’rsatkich bo’yicha uchinchi o’rinda turgan bo’lsa, Kanada 11, Norvegiya 6, Shvetsariya 1, Shvetsiya 5, AQSh 10, Avstriya 20, Fransiya 13, Niderlandiya17, Buyuk Britaniya 21,
Islandiya 9, GFR 8 o’rinda turgan. Хullas, jahon хo’jaligida rivojlangan mamlakatlar o’z rivojlanish sohalari bo’yicha katta imkoniyatlarga ega bo’lib, jahon mamlakatlarini rivojlanishida asosan generatorlik rolini 33 o’ynab kelmoqda.

Download 38,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish