Jahon banki bilan hamkorlik to‘g‘risida


O'tgan yilning o'zida Jahon banki 1056,8 million dollarlik yana 7 loyihani ma'qulladi



Download 19,1 Kb.
bet2/3
Sana20.07.2022
Hajmi19,1 Kb.
#828664
1   2   3
Bog'liq
Jahon banki bilan hamkorlik to

O'tgan yilning o'zida Jahon banki 1056,8 million dollarlik yana 7 loyihani ma'qulladi. Masalan, Jahon banki (100 million) va Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (88 million) ishtirokidagi “Obod qishloqlar” dasturi. U 2024 yil oxiriga qadar tanlangan 300 aholi punktlarida asosiy infratuzilmani yaxshilash va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan. Bu suv ta'minoti, kanalizatsiya, elektrlashtirish va energiya samaradorligi, ijtimoiy obyektlarni, yo'llar va ko'priklarni tiklashni ko'zda tutadi.
Qiymati 200 million dollarlik "Farg'ona vodiysida tadbirkorlikni rivojlantirish" loyihasi ham ta'kidlashga loyiq. U 2025 yilgacha uchta viloyatning barcha 39 ta tumanini qamrab oladi hamda biznes-inkubatsiya va murabbiylik, klasterlar yaratish, texnologiyalarni sinash va ilgari surish, shuningdek, kredit berish mexanizmlaridan foydalanashni nazarda tutafi. Bu tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga va yangi ish o'rinlarini yaratishga yordam beradi.
73,8 million dollar – bu "Bolalarning erta rivojlanishini takomillashtirish" loyihasining budjeti va mamlakat rahbariyatining ta'limga ko'rsatayotgan e'tiborining yaqqol namunasidir. Uning vazifalari 1 million o'quvchiga mo'ljallangan maktabgacha ta'lim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini yaxshilash, o'qitishning ushbu bosqichi sifatini muntazam ravishda baholab borish, keyinchalik qishloq va olis hududlardagi bolalar uchun bilim olishni ta'minlaydigan davlat-xususiy sheriklik va muqobil modellarni joriy etishdan iborat.
Shu bilan birga, 2024 yilgacha mo'ljallangan "Ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish" loyihasi ham mavjud. Uning doirasida, kam ta'minlanganlarni qo'llab-quvvatlash samaradorligini oshirish uchun 50 million dollar yo'naltiriladi. Ushbu maqsadda yagona ijtimoiy reestr yaratilinadi, ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko'rsatish va imtiyozlarni tayinlash jarayonlarini takomillashtiriladi, shuningdek ish bilan ta'minlashga ko'maklashish markazlarining ish sifati yaxshilnadi. Yana 33 million dollar "O'zbekistonning institutsional salohiyatini oshirish" loyihasiga yo'naltirildi, bu davlat moliyaviy boshqaruvi va islohotlarni optimallashtirish, korporativ sektorning bozor faoliyati uchun sharoitlarni yaxshilash mexanizmlarini yaxshilashga qaratilgan.
Joriy yil Jahon bankining Direktorlar kengashi yana ikkita yirik loyihani ma'qulladi. Birinchisi, 2020-2026 yillarga mo'ljallangan"Qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish". Buning qiymati bizning tomonlarning iltimosiga binoan 200 milliondan 500 million dollargacha oshdi. Bu O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini amalga oshirish uchun muhim hisoblanadi, zero soha YaIMning qariyb 30 foizini va eksport tushumining 25 foizini ta'minlaydi. Ushbu tashabbus bozorga yo'naltirilgan qishloq xo'jaligiga o'tishni tezlashtiradi, ishlab chiqarish va savdo zanjirini yaxshilash bo'yicha ishlarning samaradorligini oshiradi. Urug'chilik va ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot institutlarining amaliy tadqiqotlarini qo'llab-quvvatlash, yerlarning unumdorligini va fitosanitariya xavfsizligini oshirish, Buxoro va Xorazm viloyatlarida dehqonlarga kreditlar ajratish va agrologistik markazlarini tashkil etish bo'yicha chora-tadbirlar belgilandi. Bularning barchasi mahalliy mahsulotlarning sifati va assortimentiga yaxshi ta'sir qiladi va ularni ichki va tashqi bozorda kengayishini ta'minlaydi.
Yarim milliondan ortiq mamlakat aholisi ikkinchi yangi loyiha - "Suv ​​ta'minoti xizmatlarini rivojlantirish va institutsional qo'llab-quvvatlash dasturi" ning natijalarini his etadilar. Bu 239 million dollarlik xarajatlarni ko'zda tutadi. Ushbu mablag'lar Qoraqalpog'istonning uch shahri - Nukus, Taxiatosh va Xo'jaylida tozalash inshootlarini modernizatsiya qilishga, Kattaqo'rg'on va Sirdaryo viloyatidagi suv ta'minoti va kanalizatsiya tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish va kengaytirishga yo'naltiriladi. Iste'molni hisobi bo'yicha dasturlar joriy qilinib, qimmatli manba yo'qotishlarini kamaytiradi.
Shu oyning boshida Jahon banki O'zbekistonning koronavirus pandemiyasi oqibatlariga qarshi kurashish va uning ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta'sirini yumshatish, shuningdek, aholiga va qator sohalarga, ayniqsa tadbirkorlik va agrar sektorga yordam berishni qo'llab-quvvatlashini ma'lum qildi. Sog'liqni saqlash, ijtimoiy himoya va boshqa maqsadlarga 1,2 milliard dollar ajratish masalasi ustuvor masala sifatida hal qilinmoqda.
Jahon banki respublikaga investitsiyalarni jalb qilish, budjet, soliq va bank siyosati, qonunchilikni modernizatsiya qilish va boshqa sohalarda maslahatlar beradi. Xususan, 2018-2019 yillarda fuqaro aviatsiyasini o'zgartirish maqsadida bunday xizmatlar ko'rsatildi. Shunga o'xshash yangi shartnoma hukumat bilan 2020 yil yanvar oyida imzolandi.
Loyihalarni amalga oshirish va hamkorlikni kengaytirish masalalari Jahon banki delegatsiyalarining muntazam tashriflari mobaynida muhokama qilinadi. Doimiy ravishda Prezident, Vazirlar Mahkamasi va parlament a'zolari bilan uchrashuvlar o'tkazilmoqda. Bunday yuqori darajadagi so'nggi muzokaralar yanvar oyida bo'lib o'tdi. Va endi videokonferentsiyalar orqali aloqa davom etmoqda.
Jahon banki ekspertlarining fikriga ko'ra, kelasi yil iqtisodiyotning tez tiklanishini va so'nggi besh yil ichida eng yaxshi 6,5% ga o'sishi kuzatiladi. Jahon banki kabi ishonchli xalqaro sheriklar tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan islohotlarni davom ettirish - oldinga siljishning kaliti hisoblanadi.


Download 19,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish