3
“KITOB 0‘G‘RISI” — JABON MATBUOTI KO‘ZGUSIDA
“Kitob o‘g‘risi” mual lifting jasurligi uchun ham maqtovga sazovor- dir... Uni butun dunyo kitobxonlari sevib o‘qishadi va kitoblaming aslida bebaho xazina ekanligi haqidagi hikoyalardan zavqlanishadi. Bu haqida bahslashish esa imkonsizdir.
“New York Times”
“Kitob o‘g‘risi” qalbni larzaga soladi. Bu asar noodatiy, ammo go‘zal yo‘nalishda yaratilgan jozibador asardir. Uning o‘ziga xos qay- g‘uliligi va fojiaviyligi xuddi ranglari o‘g‘irlangan oq-qora kino singan o‘quvchining ko‘z oldidan o‘tadi. To‘g4ri, Zusak fashizmning haqiqiy dahshatini shaxsan totib ko‘rmagan bo*lishi mumkin, ammo uning romani “Anna Frankning kundaligi” va Eli Vizelning “Tun” asarlari qatoridan mu- nosib joy olishga loyiqdir. Ushbu romanning tez orada hamma sevib o‘qiy- digan mumtoz asarga aylanishiga ishonaman.
“USA Today”
Zusak hech narsani bo‘rttirib yubormaydi, lekin ushbu romanidagi zulmatni Kurt Vonnegutning “5-raqamli qassobxona” asariga qiyoslash mumkin — ikkalasida ham yengil hajviya qandaydir tarzda kitobxonga tasalli beradi.
“Time Magazine”
Jozibador, falsafiy va kuchli ta’sirga ega kitob. Chiroyli va ahami- yatga molik asar.
“Kirkus Reviews”
Ushbu salmoqli asar katta adabiy yutuqdir. “Kitob o‘g‘risi”ning barchamizga aytar so‘zi bor.
“Publisher ’5 Weekly ”
4
Zusakning ushbu romanini hech ikkilanmasdan hissiyotlar va zukkolikdan to‘qilgan arqon deyish mumkin.
“The Australian ”
Bu asar yozuvchining haqiqiy g‘alabasi, zamonaviy dunyodagi eng g‘ayrioddiy va jozibali romanlardan biri.
“The Age”
Shiddat bilan, jozibali rangda va ajoyib tarzda yozilgan ertak.
“Daily Telegraph ”
“Kitob o‘g‘risi” — adabiyotdagi yangi inarvarid.
“Good Reading”
Ajoyib va g'alati ertak. Yangi tanishgan har bir kishingizga o‘qishni tavsiya qilishga arziydigan bebaho asar.
“Herald-Sun”
Yorqin va shuhratparast asar... Bunday kitoblar hayotni tubdan o‘zgartirib yuborishga qodir, chunki tabiiy axloqsizlik va tasodifiylikni inkor qilmasdan, “Kitob o‘g‘risi” bizni qiyin sharoitda ham g‘alaba qozo- nishga undaydi. Uning o‘zi qashshoqlikda ham, urush va zo‘ravonliklarda ham bo‘sh kelmaydi. Yosh kitobsevarlarga aynan shunday mafkuraviy qadriyatlaming, so‘zlar va kitoblaming ahamiyatini yaqqol ochib bera- digan asarlar kerak. Kattalarga buning qizig‘i yo‘q.
“The New York Times Review of Books”
So‘nggi yillarda eng orziqib kutilgan kitoblardan biri.
“The Wall Street Journal”
Do'stlaringiz bilan baham: |