E’TIROF
Endilikda Rudi nafaqat maktabdagi namunali o'quvchi, balki iste’dodli sportchi sifatida ham tan olingan edi.
Lizel esa to‘rt yuz metrlik masofaga yugurdi va marraga yettinchi bo‘lib keldi, 200 metrlik masofaga yugurish musobaqasida esa to‘rtinchi o‘rinni egalladi. U boshini ko‘tarib qarasa, nuqul sochini bitta qilib tugib oigan qizlami ko‘rardi. Uzunlikka sakrash musobaqasida uni sakrash uzun- ligidan ko‘ra oyoqlari ostiga to‘shalgan qum ko‘proq xursand qildi. O‘q otishda ham unchalik omadi yurishmadi. Lizel bugun Rudining kuni ekan- ligini angladi.
400 metr masofaga yugurish musobaqasining final bosqichida Rudi poyganing boshidan to oxirigacha birinchilikni qo‘ldan bermadi, 200 metrlikda ozgina oraliq masofa bilan ¿ alaba qozondi.
— Charchadingmi? — so‘radi Lizel undan.
Vaqt ham peshinga yaqinlashib qolgan edi.
— Albatta, yo‘q, — Rudi og‘ir-og‘ir nafas olib, boldiiiarini mashq qildirayotgandi. — Sen o‘zi nima deyapsan, urg‘ochi cho‘chqa? Nimani ham tushunarding?
100 metr masofaga yugurish musobaqasining saralash bosqichi boshlanishi e’lon qilingach, Rudi sekin o‘midan turdi va maydonga qarab harakatlanayotgan o‘spirinlar safiga qo‘shildi.
— Hoy, Rudi, shoshma, — deya Lizel uning orqasidan ergashib, yengidan tortdi. — Omad yor boTsin!
— Men charchamadim.
— Bilaman.
Rudi unga ko‘z qisib, yo‘lida davom etdi. U qattiq charchagan edi.
Saralash musobaqasida Rudi biroz sekinlashib marraga ikkinchi bo‘lib keldi va o‘n daqiqadan so‘ng boshqa poygalar yakunlangach, yaku- niy bosqich e’lon qilindi. Rudining yonidagi ikkita dog‘uli raqibni ko‘rgan Lizel ich-ichidan Rudining bu safar g‘alaba qozona olmasligini sezdi. Marraga oxirdan ikkinchi bo‘lib kelgan Tommi Myuller panjara yonida turgan Lizelga yaqinlashdi.
— U yutib chiqadi, — bashorat qildi Tommi.
— Bilaman.
Yo‘q, Rudi bu safar yutmaydi.
Yakuniy bosqichga o‘tgan ishtirokchilaming chiziqda turishlari bu- yurilganda Rudi tiz cho‘kib, qo‘llari bilan o‘zi uchun chuqurcha qaziy boshladi. O‘sha zahotiyoq uning oldida kalbosh, jigarrang ko‘ylak kiygan yetakchi kelib, bas qilishini aytdi. Lizel ishora sifatida osmonga ko‘tarilgan qo‘lni va Rudining kaftlaridan yerga tushayotgan tuproqni ko‘rdi.
Boshlash ishorasi berilganda Lizel to‘siqni mahkamroq ushlab oldi. Bitta yuguruvchi poygani boshlash qoidasini buzgach, miltiqdan ikki marta o‘q uzishlariga to‘g‘ri keldi. Qoidabuzar Rudi edi. Hakam unga bir narsalar deb uqtirgach, Rudi bosh irg‘adi. Agar u shu qilig‘ini yana bir marotaba takrorlasa, o‘yindan chetlatilishini uqtirildi.
Lizel ikkinchi marta poygani boshlash uchun ishora berilganda diq- qat bilan qarab, dastlabki bir necha soniyada ko‘rgan narsalariga ishona olmadi. Yana bir marotaba poygani boshlashda xatoga yo‘1 qo‘yildi va u ham o‘sha birinchi qoidabuzar ishtirokchi tomonidan amalga oshirildi. Lizel allaqachon tasawurida Rudining awal biroz orqada qolib, marraga
o‘n metr qolganda g‘alaba qozonishidan iborat mukammal manzarani ya- ratgan edi. Holbuki o‘ngida Rudining musobaqadan chetlashtirilganligini ko‘rdi. Uni maydonning bir chekkasiga olib borishib, shu yerda yolg‘iz turishni tayinlashdi. Qolgan yuguruvchilar oldinga chiqib safga tizilishdi va yugurishdi.
Zangga o‘xshash qo‘ng‘ir sochli, odimlari katta yigit besh metr oraliq masofa bilan hammadan birinchi bo‘lib yetib keldi. Rudi boyagi joyida qolaverdi.
* * *
Keyinchalik, kun botib, quyosh “Himmel” ko‘chasidan g‘oyib bo‘l- ganida Lizel do‘sti bilan piyodalar qatnov yo‘lida o‘tirdi.
Ular asosiy masaladan boshqa barcha narsa haqida gaplashdilar: 1500 metrga yugurish poygasidan keyin Frans Doycheming yuzi qanday o‘zgarib ketgani, disk uloqtirish musobaqasida yutqazgan o‘n bir yoshli qizning jahli chiqib janjal qilganigacha hech bir qiziqarli voqea qolib ketmadi.
Ammo ular uylariga tomon yurib ketishlaridan biroz oldin Rudining ovozi Lizelga haqiqatni yetkazib berdi. Bu haqiqat birmuncha vaqt qizning yelkasida o‘tirdi, lekin biroz mushohadadan so‘ng qulog‘iga kirdi.
Q
ûJ
Do'stlaringiz bilan baham: |