YERTO‘LA. SOAT ERTALABKI 9:00
Xayrlashishga olti soat qoldi:
— Men boshqa birovga tegishli akkordeon chaldim,
Lizel.
Hans ko'zlarini yumdi. — Hamma berilib tingladi.
O‘tgan yozdagi bir qadah shampanni hisobga olmaganda, Hans Huberman o‘n yildan buyon og‘ziga spirtli ichimlik olmagan edi. Ammo askarlikka tayyorlash o‘quv bo‘limiga ketishidan bir kecha oldin bu an’ana buzildi.
Tush paytida Hans va Aleks Shtayner Knollerga yo‘l olib, kech- gacha o‘sha yerda qolib ketishdi. Rafiqalarining ogohlantirishlariga ahami- yat bermasdan ikkalasi ham bo‘kkuncha ichib g‘irt mast boTishdi. “Knoller” qovoqxonasining xo‘jayini Diter Vestxaymer ham ularga bepul ichimlik taqdim etdi.
Shubhasiz, Hans hali hushyorligini yo‘qotmagan kezda akkordeon chalib berish uchun sahnaga taklif qilindi. Shu munosabat bilan u o‘z joni- ga qasd qilish madhiyasi deya tanilgan vengercha “Qayg‘uli yakshanba”1 kuyini ijro etdi. Garchi o‘sha kuy qo‘shiq har doimgidek tushkunlik kay- fiyatini uyg‘otgan bo‘lsa-da, tinglovchilar diqqat bilan quloq solishdi. Lizel bu qanday boTganini, kuy qanday yangraganini tasawur qildi. Og‘izlarda pivo, bo‘shagan qadahlar chekkasida yakkam-dukkam ko‘pik- lar osilib qolgan. Akkordeon xo‘rsingach, kuy tugadi. Odamlar qarsak chalishdi, ulaming pivo bilan toTgan og‘izlari Hansni stolga chaqirdi.
1 “Qayg‘uli yakshanba” — venger bastakori Ryoso Sheresh (1889-1968) tomonidan 1933-yilda
yozilgan qo'shiq.
—^426
Ular bir amallab uylariga yetib kelishganida, Hans kaliti eshik qulfiga tushavermagach, eshikni qayta-qayta taqillatib, rafiqasini chaqirdi.
U boshqa uyning eshigi oldida turgan edi.
Frau Xolsapfel, albatta, bu holatdan xursand bo‘lmadi.
— Schwein! Adashib boshqa uyga kelib qolding, — u so'zlarini kalit teshigi orqali yo‘lladi. — Keyingi uyni taqillat, ey ahmoq cho'chqa.
— Rahmat, Frau Xolsapfel.
— Rahmatingni pishirib, e eshak.
— Kechirasiz?
— Uyingga daf bo‘l.
— Rahmat, Frau Xolsapfel.
— Rahmatingni pishirib ye dedim!
— Shunaqa dedingizmi?
(Yerto‘ladagi suhbatlar va jahldor kampiming oshxonasida mutolaa qilish 0‘rtasida osmon bilan yercha farq borligini sezgan bo‘lsangiz kerak).
— Ko‘zimdan yo‘qol, yaramas!
Va nihoyat Flans uyga kirganida, yotoqxonaga emas, to‘ppa-to‘g‘ri Lizelning xonasiga yo‘l oldi. Mast holda eshik oldida turib, uning uxlashini kuzatdi. Lizel uyg'onib ketdi va shu zahoti Maks deb o‘yladi.
— Maks, senmisan?
— Yo‘q, — deb javob berdi Hans. U qizning nima haqida o‘yla- yotganini aniq bilar edi. — Dadangman.
U asta yurib xonadan chiqib ketgach, Lizel yerto‘laga tushib bora- yotgan qadam tovushlarini eshitdi.
Bu paytda Roza mehmonxonada jadal xurrak otib uxlardi.
Ertalab soat to‘qqizga yaqin oshxonada Lizel Rozadan: “Anavi chelakni menga uzat”, — degan buyruq oldi.
Chelakni olgach, Roza uni muzdek suv bilan to‘ldirdi va ko‘tarib yerto4laga tusha boshladi. Lizel unga ergashib, uni to‘xtatishga behuda urindi.
— Oyijon, yo4q! Unday qilmang!
— Nega endi qilmas ekamnan? — Roza qizga qisqa nazar tashladi.
— Men biron narsadan bexabar qoldimmi, urg‘ochi cho‘chqa? Endi bu uyda sen buyruq beradigan bo‘lib qoldingmi?
Ikkalasi ham qotib qolishdi.
Qizdan sado chiqmadi.
— Unaqa emas deb o‘ylayman.
Ular pastga tushishdi va qog‘ozlar to‘shagi ustida osmonga qarab yotgan Hansni ko‘rishdi. U Maksning to‘shagiga o‘zini loyiq hisoblamay shu yemi afzal ko‘rgandi.
— Qani, ko‘raylik-chi, bu odam tirikmi yoki o‘likmi... — Roza chelakni ko4tardi.
— Yo Iso, Bibi Maryam va Yusuf!
Suv tuxumsimon shakl hosil qilib, Hansning boshidan ko‘ksigacha yoyilib ketdi. Sochlari bir tomonga qiyshayib qoldi, hattoki kipriklaridan ham suv tomchilardi.
— Nima qildim, axir?
— Qari piyonista!
— Ey Iso...
Hansning ust-boshidan g‘alati tarzda bug4 ko‘tarildi. Ichkilikdan keyin boshi qattiq og‘riyotgani shundoq ko‘rinib turardi. U Hansning yelka- sidan bir qop ho‘l sement singari bosib tushgandi.
Roza chelakni chap qo‘lidan o‘ng tomoniga o‘tkazdi.
— Yaxshi ham, urushga ketyapsan, — dedi u. U barmog4ini nuqib, havoda silkitishdan qo‘rqmadi. — Aks holda men o‘zim seni o'ldirib qo4ygan bo‘lardim. Bildingmi?
Dadam tomog‘idan oqib tushayotgan suvni artdi.
— Shunga ustimdan suv quyishing shartmidi?
— Ha, shart edi, — Roza zinadan yuqoriga ko‘tarildi. — Agar besh daqiqa ichida yuqorida bo4lmasang, yana bir chelak suv sepaman.
Hans bilan yerto‘lada qolgan Lizel ko‘lmakni qog4ozlar bilan arta boshladi.
Hans ho4l qo‘li bilan qizning tirsagidan ushladi.
— Lizel? — uning ko‘ziga tikildi Maks. — Uni hamon tirik deb
o‘ylaysanmi?
Lizel oyoqlarini chalishtirib o‘tirdi.
Ho‘l qog‘oz tizzalari ostidagi suvga bo‘kdi.
— Shunday deb umid qilaman, dada.
Bu juda bema’ni, shu bilan birga aniq javob edi, lekin Lizel bosh- qacha bo‘lishi mumkinligi xayoliga sig‘dirolmasdi.
U Hansni va o‘zini Maks haqidagi o‘ylardan chalg‘itish, bitta shirin so‘z aytib otasini xursand qilish uchun tizzalab o‘tirdi, barmog‘ini poldagi ko‘lmakning o‘rtasiga tiqdi va:
— Guten morgen, otajon, — dedi.
Bunga javoban Hans unga ko‘z qisib qo‘ydi.
Ammo bu uning odatdagi ko‘z qisishlariga o‘xshamas, og‘irroq va beo‘xshov edi.
Chunki endi Maks yo‘q, boshi esa tars yorilay deb turibdi.
Hans o‘midan turib o‘tirdi va Lizelga o‘tgan kecha akkordeon chalgani va Frau Xolsapfel haqida gapirib berdi.
£
Do'stlaringiz bilan baham: |