KULRANG KUN. MAKTABNING KICHIK DEVONXONASI
Uch nafar bola bir-birining izidan tizilib saftortdi. Ulaming maktabdagi baholari va tanalari diqqat bilan o'rganib chiqildi.
To‘rtinchi domino o‘yini tugagandan so‘ng Rudi mehmonxonaning poli ustiga donachalami batartib va chiroyli qilib tera boshladi. Odatlari bo‘yicha ukalaridan biri g‘alamislik qilib donachalarga qo‘l uzatganida bu- tun mehnati barbod bo‘ lib ketmasligi uchun ataylab orada bo‘shliq qoldirib ketdi.
— Rudi, ularni buzib tashlashimga ruxsat bergin.
— Yo‘q. Tega ko‘rma.
— Men-chi?
— Yo‘q. Hammamiz birga buzamiz.
U markazdagi domino minorasiga olib boradigan yana uchta shakl yasadi. Endi ular puxta rejalashtirilgan o‘yinchoq binoning asta qulab
J1!——
tushishini tomosha qilishlari va vayronagarchilikning ajib go‘zalligidan zavq-shavqqa to‘lishlari mumkin.
Oshxonadagi ovoz pardalari awalgidan ham baland ko‘tarildi, gapiruvchilar bir-birini eshitmasdan tinmay so‘z otishardi. Diqqat marka- zini egallash uchun turli xil gap-so‘zlar kurash olib bordi va nihoyat ular orasidan bir ovoz g‘alaba qozondi.
— Yo‘q, yo‘q va yana bir marta yo‘q, — dedi ayol ovozi qayta- qayta ta’kidlab. Bahsni davom ettirganlar o‘sha ovoz yangrashi bilan bir lahza kuch to‘plash maqsadida yana jimib qolishdi. — Iltimos, mening bolamga tegmanglar, — yalinib-yolvorishga tushdi Barbara Shtayner.
— Rudi, shamni yoqamizmi?
Bolalar otasi bilan tez-tez bir ish qilishardi: chiroqni o‘chirib qo‘- yishar va domino donachalarining sham yorug‘ida qulab tushishini miriqib kuzatishardi. Bu vayronagarchilik tadbiriga qandaydir ulug‘vorlik baxsh etar, uni yanada qiziqroq bo‘lishiga hissa qo‘shardi.
Rudi oyoqlari zirqirab og‘riyotganiga qaramay: “Gugurtni topay- chi”, — deya tokchani timirskilay boshladi va bir qo‘lida gugurt qutisi, ikkinchi qo‘lida shamni ushlagancha ko‘cha eshigi yonidagi chiroqyoqqich tarafga sassiz yurdi.
Boshqa tomonda esa uchta erkak va bitta ayol esa bahs-munozarani avjiga chiqarish yuborishgandi.
— U sinfdagi eng a’lochi o‘quvchi ekan, sportdagi yutuqlarini aytmay ham qo‘ya qolay, — dedi maxluqlardan biri quruqqina qilib.
Jin ursin, nega ham o‘sha festivalda barcha musobaqalarda g‘olib bo‘ldi ekan-a? Hammasiga la’nati Doycher aybdor. Frans Doycher yaramas!
Bir soniyadan so‘ng Rudi bu yerda ayb Frans Doycherda emas, bal ki o‘zida ekanligini tushunib yetdi. U o‘zining nimalarga qodirligini nafaqat zulmkor sobiq yetakchisiga, balki barcha odamlarga ko‘rsatib qo‘ymoqchi edi. Mana, endi o‘sha barcha odamlar ulaming oshxonasida turishibdi.
Rudi shamni yoqib, chiroqni o‘chirdi.
— Xo‘sh, tayyormisizlar?
— Ammo men u yerda nimalar sodir bo‘lishi haqida yetarlicha eshitganman, — Aleks Shtayneming baxmaldek mayin ovozini tanimas- likning iloji yo‘q edi.
— Bo‘la qolsang-chi, Rudi, nega imillayapsan?
— Ha, lekin tushuning, Herr Shtayner, bulaming barchasi oliy maqsadlar uchun amalga oshiriladi. Rozi bo‘lsangiz, o‘g‘lingiz qanday ajoyib imkoniyatlarga ega bo‘lishi haqida bir o‘ylab ko‘ring. Bundan ortiq imtiyoz bo‘lmaydi.
— Rudi, sham pastga tomchilayapti.
Rudi chug‘urlashayotgan uka-singillariga qo‘li bilan jim bo‘lishni tayinlab, yana Aleks Shtayneming gapiga quloq tutdi.
— Imtiyoz deysizmi? Yalangoyoq qorda yugurish yoki o‘n metrlik minoraban uch fut chuqurlikdagi suvga sakrash imtiyozmi?
Rudi qulog‘ini eshikka qo‘ydi. Sham erib, qoMlariga mum yopishdi.
— Bular shunchaki mishmish, — quruq, sokin va ishbilarmon ovozli odamning hamma savolga javobi tayyor turardi. — Bizning mak- tabimiz u yerdagi maktablar orasida eng yaxshilaridan biri. Hattoki jahon darajasidagi maktablardan ham mavqeyi baland. Biz fyurer nomidan Ger- maniya fuqarolarining oliy qatlamini yaratmoqdamiz...
Rudi dahanaki suhbatning davomini eshita olmadi, qo‘lidagi mumni tushirib tashladi va eshik ostidagi yoriqdan to‘kilayotgan bir parcha yo- rug‘likni o‘zidan xalos qildi. Intiqib kutayotganlar yoniga kelib o‘tirganida shamol tufayli sham o‘chib qoldi va hamma yoqni zim-ziyo qorong‘i lik qopladi. Faqatgina oshxona eshigining to‘rtburchak shaklidagi teshigidan ingichka oppoq nur taralardi.
Rudi boshqa bir gugurt olib, ikkinchi marotaba shamni yoqqanida olov va uglerodning yoqimli hidi taraldi.
Rudi va singillari domino donachalarini itarib, ulaming birin-ketin qulab tushib, o‘rtadagi minorani ham yiqitganiga guvoh bo'lishgach, qiyqirib xursand bo‘lishdi.
Shu payt xonada Rudining akasi Kurt paydo bo‘Idi.
— Ular xuddi murdalarga o‘xshaydi, — dedi u kela solib.
— Nima?
Rudi qorong‘i yuzga tikildi, amino Kurt javob bermadi. Uning ham e’tibori oshxonadagi tortishuvga qaratilgan edi.
— U yerda nima bo‘lyapti? Kim keldi?
— Ikkita maxluq Rudini olib ketish uchun kelishibdi, — qizchalar- dan eng yoshi kichigi besh yashar Bettina akasining savoliga javob berdi.
Go‘dakning kattalardan ham aqlliroq va sezgirroq bo‘lishini ko‘r- dingizmi?
Keyinchalik, paltoli kishilar ketishgach, o‘n yetti yoshli Kurt va o‘n to‘rt yoshli Rudi oshxonaga kirishga jur’at etishdi. Yorug‘likdan ko‘zlari qamashgan bolalar ostonada turib qolishdi.
Gapni Kurt boshlab berdi:
— Rudini olib ketishmoqchimi?
Onasi qo‘llarini stolga yoygancha miq etmay o‘tirardi.
Aleks Shtayner zildek boshini ko‘tardi. Uning yuzida aniqlik va qat’iylik aksi ufurib turardi.
U peshonasiga tushgan sochlami orqaga tarab, bir necha bor gapirishga og‘iz juftladi.
— Dada, nima gap o‘zi?
Rudi otasining oldiga bormadi, aksincha kursiga o‘tirib, onasining osmonga qaragan qo‘llarini ushladi.
Aleks va Barbara Shtaynerlar mehmonxonadagi dominolar xuddi murdalardek qulab tushayotgan paytda aytilgan gaplami oshkor qilmoqchi emasdi. Rudi yana bir necha daqiqa eshik oldida quloq tutib o‘tirganida hammasini eshitgan bo‘lardi.
Keyingi o‘tgan bir necha hafta ichida Rudi agar o‘sha kuni kech- qurun suhbatning qolgan qismini eshitganida hech ikkilanmasdan oshxonaga ancha oldin kirgan bo‘lishini o‘ziga-o‘zi ta’kidlab yurdi. O‘sha kishi- larga: “Men o‘sha yerga bormoqchiman. Iltimos, meni olib keting, allaqa- chon tayyorman”, — degan bo‘lar edi.
Agar Rudi o‘shanda ulaming gapiga aralashganida, barchasi bosh- qacha bo‘lishi mumkin edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |