Jahon adabiyoti va dostonlar Go’ro’glini tug’ilishi


Mussavirning Yoshlikdagi Shamoli. Jeyms Joys



Download 1,83 Mb.
bet4/13
Sana22.02.2022
Hajmi1,83 Mb.
#114976
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
chiqarish

51. Mussavirning Yoshlikdagi Shamoli. Jeyms Joys.
(Ahmad Otaboyev tarjimon)
" Rassomning yosh yigitcha portreti " ( inglizcha. Rassomning yosh yigit singari portreti ) - Irlandiyalik yozuvchi Jeyms Joysning birinchi va qisman avtobiografik romani . Roman 1907 - 1914 yillarda yozilgan . Unda Stiven Dedalusning "Uliss" romanining kelajakdagi qahramoni shakllangan yillar aks etgan . Qahramonning ismi - bu sun'iy juft qanot yaratgan usta Dedalning qadimgi yunon afsonalariga ishora . Bundan tashqari, Stiven Dedalus Joysning romandagi o'zgaruvchan egosidir .
Romanda Joys katolik postulatlarining so'zsiz haqiqatiga va zamonaviy Irlandiya jamiyatining tuzilishiga shubha qiladigan xarakterining intellektual va diniy-falsafiy shakllanishini kuzatadi.
Rassomning yosh yigitcha portreti - bu Joytsning dastlabki qo'lyozmasi Stiven Qahramonning qayta ko'rib chiqilishi bo'lib, muallif 1905 yilda ko'ngli qolgan edi . Ko'pgina qismlar o'zgarishsiz qoldi, shu bilan birga bayonning tabiati dastlabki qo'lyozmadan tubdan farq qiladi. Qahramon Stivenning qo'lyozma loyihasi 1944 yilda Joys vafotidan keyin nashr etilgan.


52.

53. Trirlish. Lev Tolstoy
(Xolida Axrorova) 520-bet
«Tirilish» (Voskreseniye) Lev Nikolayevich Tolstoyning eng oxirgi romani. Tolstoy dahosining 10 yillik mehnati (1889 ─ 1899) samarasi o‘laroq dunyoga kelgan asarda adib o‘z zamonasidagi voqelikni tasvirlagan bo‘lsa-da, insoniyatning barcha zamonlariga xos muammolarni ochib bergan.
Nasab jihatidan dvoryanlardan bo‘lgan Tolstoy o‘z asarlarida, asosan, oliy tabaqa vakillarining hashamdor, ko‘zni qamashtiradigan jimjimali hayotini tasvirlaydi. «Tirilish»da esa bu an'anadan yarim qadam chekingan holda oddiy rus xalqining kulrang bo‘yoqli hayoti ham ochib berilgan. Roman knyaz Dmitriy Ivanovich Nexlyudovning o‘zi uchun hayot haqiqatini kashf etishi to‘g‘risida.
Knyaz boyvuchcha ammalarining qo‘lida «yarim oqsoch, yarim asrandi» bo‘lib katta bo‘lgan Katerina Maslova (Katyusha)ni uchratib qoladi. Katyusha xulqi haminqadar bo‘lgan onadan va tayini yo‘q lo‘li otadan dunyoga kelgan. Boyvuchcha grafinyalar eshigida xizmat qilib katta bo‘ladi va kunlarning birida o‘z bekalarining mehmonga kelgan xushsurat jiyani ─ knyaz Nexlyudov bilan to‘qnashib qoladi. Avvaliga ular bir-biriga ma'naviy ehtiyoj, pok muhabbat bilan bog‘lanadi. Harbiy xizmatga borib, «kattalar hayoti» bilan tanishgach, Nexlyudov mutlaqo boshqacha atvorga ega bo‘lib ikki yildan so‘ng qaytadi, bu gal Katyushaga shahvoniy hirs, jismoniy talpinish bilan qaray boshlaydi va.....uni yo‘ldan uradi. Bu aybini esa qizning qo‘liga 100 so‘m tutqazish bilan «yuvgandek» bo‘ladi, chunki uning nazdida, «hamma shunaqa qiladi, bu tabiiy...». Va qizni yolg‘iz tashlab, o‘zining hashamatli hayotiga g‘arq bo‘ladi.
Bo‘yida bo‘lganini anglagan Katyusha esa boladan «qutulib olgach» yomon yo‘lga kirib ketadi, islovotxonada kun ko‘ra boshladi. Kunlarning birida anglashilmovchilik tufayli savdogarning o‘limida ayblanib, sud qilinadi. Charxi kajraftorning ishi bilan, bu sudda maslahatchilar tarkibida Nexlyudov ham bor edi. Qizni tanigan Nexlyudov uning bu yo‘lga kirib ketishiga o‘zining uni yo‘ldan urgani sabab bo‘lgan degan xulosaga keladi, gunohini yuvish uchun sudya va maslahatchilarning hafsalasizligi natijasi o‘laroq nohaq katorgaga hukm qilingan qizni qutqarishga, unga uylanishga ahd qiladi.
Qizni qamoqdan chiqarib olishga harakati davomida hibsxonalardagi ahvol, arzimagan harakat va baxsiz tasodif natijasida qamalganlarning taqdiri bilan tanisha boradi, sudya, prokuror, advokat, tergovchi, hibsxona rahbari ─ barchasining insonlar taqdiriga o‘ta adolatsiz va befarq qarashi, bir matohdek munosabatda bo‘lishiga, nochor kishilar hayotining turmada chirib ketishi oddiy holga aylanganiga guvoh bo‘ladi. Jamiyatda bunday hol yuzaga kelishiga turtki bo‘lgan faktorlarni va aybdorlarni izlaydi, buning barobarida o‘z shaxsiyatida ham katarsis jarayoni kechadi.
Qamoq hayoti unda bevosita yashayotgan Katyusha va hibsdagilar uchun najot yo‘lini izlagan Nexlyudov hayotida tub burilish yasaydi, «tirilish» ─ jismoniy ehtiyojlarga qurilgan, tizgini nafs qo‘liga tutqazilgan hayotdan ma'naviy poklik, insoniy oliyjanoblikka o‘tish jarayoni boshlanadi.
Asarda o‘quvchi e'tibori ikki parallel jarayonga qaratiladi: inson nafsi va ichki «men» o‘rtasidagi kurash hamda jamiyatdagi adolatsizliklar, jinoyatchilikning urchishi sabablari.
«Men» ─ ichimdagi qumursqa
...Nexlyudov o‘z umrida, uning ta'biricha, bir necha bor «qalbini pokizalab olgan» edi. Ba'zan, oradan anchagina vaqt o‘tgach, u ma'naviy hayoti susayib yoki turg‘unlikka uchrab qolganini his etar va ko‘nglida yig‘ilib qolgan bu turg‘unlikka sabab bo‘lgan barcha iflosliklarni tozalay boshlardi. Ana shunday ahvolni «qalbni pokizalash» deb atardi...
Knyaz oliy doiraga mansub. Bu doiraning barcha xislatlari ─ manmanlik, xudbinlik, molparastlik, hashamat va pulga o‘chlik uni doimiy ta'qib etsa-da va ko‘p hollarda o‘ziga bo‘ysundira olsa-da, undagi insoniylik, hayotning chin ma'nosini izlashga intilish butunlay jon bermagan. O‘zligini anglashga, umrining asl motivini axtarishga bo‘lgan intilish unda uyg‘onib turadi, qamoqxona hayoti bilan tanishgandan keyin esa bu jarayon yanada kuchayadi. Ammo oliy doiraning jimjimali hayotidan voz kechish, umrni shunchaki yaxshi inson bo‘lishga bag‘ishlash oson kechmaydi. Bu holatni Tolstoy quyidagicha tasvirlaydi: ...uyquga to‘yib uyg‘ongan odam o‘zini kutib turgan muhim va quvonchli ishni bajarish uchun allaqachon turishi kerakligini bilsa-da, uyqusi kelmayotganiga qaramay, to‘shakda rohatlanib yana yotgisi keladi...
O‘z savollariga javob qidirgan Nexlyudov shaxsiy ehtiyojlari atrofida o‘ralashib qolgan kishilar umrini asl missiyasidan chalg‘iganlarga qiyoslaydi: xo‘jayinining ishini qilinglar deb boqqa yuborilgan bog‘bonlar bog‘ni o‘zlarining xususiy mulklari deb xayol qilganlar, ular bog‘dagi jamiki narsalarni o‘zlari uchun qilingan deb bilishgan. Shuning uchun ishimiz xo‘jayinni esdan chiqarib, xo‘jayinni hamda xo‘jayinning oldidagi burchni eslatuvchilarni o‘ldirib, bog‘da gasht qilib yashashdan iborat, degan fikrga kelishgan...
Nexlyudovning do‘sti, Senat kotibi Selenin misolida ichki uyg‘oqlik ko‘rsatiladi. Uning oilaviy hayotidan ham, ishidan ham, boring-ki, ana e'tiqod qiladigan dinidan ham ko‘ngli to‘lmaydi. Bu ko‘ngli to‘lmasliq, qoniqmaslik hissi aslida noshukrlik yoki noshudlik emas. Balki, aksincha, o‘zidagi kamchiliklarni ko‘ra olish, ulardan ko‘z yummaslikdir...
Odatiylik, o‘zi ko‘nikkan qobiqqa ko‘nikib yashash, komfort zonasidan chiqa olmaslik, hayotdan qoniqish his qilib yoki qoniqayotgandek o‘zini ko‘rsatib yashash oson, lekin bu o‘limga olib boradi, ruhiy tanazzulga yetaklaydi.
Nexlyudovning ta'biricha, har kimning ichida bir qumursqa bor ─ bu asl «men». U ba'zida g‘imirlab, to‘g‘ri gapni aytib turadi, lekin biz shahvoniyatga shunchalar qulmizki, bu qumursqani eshitib-eshitmaganlikka olamiz, ovozini o‘chirishni istaymiz. Vaholanki, bu qumursqani uyg‘otish, qayta mudrashiga izn bermaslik kerak. Asl tirilish, inqilob shunday ro‘y beradi.
Asl jinoyatchi kim: sudya yoki sudlanuvchi?
«Tirilish»dagi markaziy ijtimoiy muammo qamoqxonalarda chiriyotgan umrlar va bunga odatiy holdek qaraydigan, «qora frak kiyib, tilla hoshiyali pensne» taqib olgan sudyalar, prokurorlarning xudbinligi haqida.
Sholcha o‘g‘irlab qo‘lga tushgan yesir bolakayni so‘roq qilishayotganda Nexlyudov o‘zicha mulohaza qiladi. «Bu bola qandaydir bir boshqacha yovuz emasdir axir, uning oddiygina odam ekanligini hamma ko‘rib turibdi-ku. U xuddi ana shunday odamlarni yetishtiradigan muhitda yashagani uchungina jinoyatkor bo‘lgan axir. Mana shunday bolalar bo‘lmasligi uchun esa bunday baxsiz zotlarning paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lgan sharoitlarni yo‘q qilishga harakat qilish lozim. Biz esa nima qilyapmiz? Biz bunaqa yigitlarning minglarchasi qo‘lga tushmay chetda qolib ketayotganligini bilaturib mana shunday qo‘qqisdan qo‘lga tushib qolganiga mahkam yopishib olib, turmada uning umrini bekorga chiritamiz yoki bema'ni mehnat bilan o‘tkazamiz...».
«...Ular xavfliyu biz xavfli emasmizmi?.. Men buzuqman, fohisha, aldamchiman. Mening shunaqaligimni ko‘ra bila turib mendan nafratlanish u yoqda tursin, qaytaga hurmat qilishadi. Chunki men oliy tabaqadaman. Ular esa shunchaki qora xalq...»
Romanda hibsxonlarda turli sabablar bilan umri chiriyotgan jinoyatchilarning bu ahvolga kelishiga sabab bo‘lgan jamiyat, ularni qamoqqa tiqqan sudya, prokuror, tergovchilarning o‘zi ham jinoyatchilikda ulardan kam emasligi, faqat ular o‘z jinoyatini «nafosat bilan» amalga oshirishi va xaspo‘shlashi tasvirlanadi.
«Jinoyatchilarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan sharoitni yo‘qotish uchun harakat qilish o‘rniga bundaylarni yetishtiradigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlaymiz ham. Bular fabrika va zavodlar, qovoqxonalar va fohishaxonalardir... Jamiyat ularni yo‘qotmayapti, demak, ularga o‘zi ham ehtiyoj sezadi». Bu Katyusha Maslovaning taqdiri misolida ko‘rsatiladi.
Maslova yengiltak. Lekin u o‘zini keraksiz deb emas, balki zarur shaxs deb biladi, o‘zini qadrli deb hisoblaydi. Chunki hayotida uchragan erkaklar unga va unga o‘xshagan ayollarga zorligini, etagiga yopishib olishini o‘zi ko‘rdi, his qildi. Jamiyatning o‘zi uning kerakligini ta'kidladi, isbotladi.
Odamlar nima uchun yo‘ldan ozadi? Ataymi yoinki yo‘l qiyshiq bo‘lgani uchunmi? Bu qiyshiq yo‘lni jamiyat qurgani uchun emasmikan? Xalq jinoyat qiladi, chunki u och. U ishlaydi, qora terga botib ishlaydi. «Lekin u qashshoqlikdan, birlamchi ehtiyoj ─ non va sutning yo‘qligidan o‘lib ketyapti. Chunki ular o‘z noni uchun emas, yer egalari va kattakonlar o‘zlariga shlyapalar, hassalar, izvoshlar, yaltiroq narsalar sotib olishi uchun ishlashadi. Qora xalq o‘g‘rilikning yomonligini bilmasligi mumkin. Chunki unga o‘g‘irlama deyishgan. Lekin u fabrikalar haqini ushlab qolib mehnatini o‘g‘irlayotganini, hukumat soliq solib, butun to‘ralari bilan tinmay uni talayotganini ko‘rib turibdi, shunga qarab xulosa qiladi».
Sholcha o‘g‘irlab qo‘lga tushgan bolakay Nexlyudovning birgina so‘zi bilan ozod etiladi. Gap Nexlyudovning obro‘si, qo‘li uzunligida emas, balki bu sholcha o‘g‘risining aslida aybdor emasligini hamma bilib turgani, lekin uning himoyasiga hafsala qilmagani bilan izohlanadi.
«Haqiqiy jinoyat, odamxo‘rliklar Taygalarda, surgunlarda, avaxtalarda emas, balki ministrliklar, departamentlarda, komitetlarda ro‘y beradi», - deb yozadi Tolstoy.
Lab-lunjini qon qilib, iflos qo‘li bilan odam go‘shtini g‘ajiyotgan odamxo‘r-u, xuddi o‘sha go‘shtni yoqasiga oppoq salfetkani qistirib, sanchqini nazokat bilan ushlab yeyayotgan odamxo‘r emasmi?
Umuman, birovlar boshqalarni nega va qaysi huquqqa asosan qamaydi, surgun qiladi, qiynoqqa soladi? Qamatganning qamalgandan farqi qanchalik? U oppoqmi? Birov birovni qanday asosga ko‘ra sud qiladi? Konstitutsiyami? Ichki qonunlarmi? Umumjahon deklaratsiyalarmi? Shu hujjatlarning ijodkorlari ham farishtayi begunoh emasligiga, birovga yopishtirayotgan illatidan xoli emasligiga kim kafolat beradi? Yagona asos ularning jinoyatini hech kim ko‘rmayotganidami? Ularning jinoyatini qimmatbaho galstuk va qotirib dazmollangan oppoq yoqalar yashiradimi faqat?
«...Sizlar jinoyatchi deb bilgan kishilarni necha yuz yillardan beri jazolab kelasizlar. Xo‘sh, jinoyatchilarni yo‘qota oldingizmi? Yo‘q, balki jazo orqali buzilgan jinoyatchilar hisobiga ham, bahuzur o‘tirib olib, odamlarni jazolovchi jinoyatkor sudya, prokuror, tergovchi, turmachilar hisobiga ham ularning adadi oshib bordi xolos...».
Nexlyudov shu kabi savollar o‘rtasida arosatda qoladi. «Nega begunohligi kundek ravshan bo‘lganlar katorga-yu surgunda?» Bunga javoban esa advokat (!) xitob qiladi. «Qo‘ying. Bu haqida bosh qotirmay qo‘ya qolaylik. Hech narsani o‘zgartira olmaymiz...».
Romanni Lev Nikolayevich o‘z ana'anasiga sodiq qolgan holda «tolstoycha» uslubda yakunlaydi. Yana dinga, Parvardigorning kitobiga murojaat qiladi. Nexlyudov hayotidagi barcha adolatsizlik, yo‘ldan ozishlarning zamiri nimadaligiga dindan javob topadi. Insonning hayotidagi asosiy sterjen din ekanligini, hamma javoblar asrlar avval berilganini, lekin insoniyat oyatlarni xom-xatala chaynab, yutib-yutolmayotganini isbotlaydi. Agar hammasi dinda tasvirlanganidek bo‘lganida hayot gullab-yashnardi. Qaysi din ekanligi esa muhim emas. Zero din ko‘p, ruh esa bitta...
Tirik murda [1] - Lev Tolstoyning 1900 yilda yozilgan va vafotidan keyin nashr etilgan pyesasi. Asar syujeti o'zining mantiqiy xulosasiga keltirilganiga qaramay, uni to'liq deb hisoblash mumkin emas: muallif asar ustida ishni to'xtatib qo'ydi va uni qoralama bosqichida qoldirdi. Buni yozuvchining V. G. Chertkovga 1900 yil 12-dekabrda yozgan xati quyidagi so'zlar bilan tasdiqlaydi : «Men hazillashib, aniqrog'i o'zimni ovutib, dramani qoralamada yozganman, lekin hozir tugatib, bosib chiqarishni o'ylamayman, balki bunga shubha qilaman Men buni qachondir qildim ” [2] .
LN Tolstoy uchun boshlang'ich nuqta ajralish muhokamasi bo'ldi NN Suxanov onasi va o'lim bosqichlari haqida otasi tomonidan tashkil Sofiyskaya plomba [3] xotini va uning turmush qurishadi uchun imkoniyat berish bilan qonuniy qismi uchun. Firibgarliklar fosh qilindi, er-xotin bir yillik qamoq o'rnini bosgan holda etti yillik surgunga hukm qilindi.
Spektaklning markaziy qahramoni Fyodor Protasov, uning rafiqasi Liza hech qachon u va uning qo'li uchun da'vogar Viktor Karenin o'rtasida tanlamaganligiga ishonchi bilan qiynaladi. U o'zini o'ldirmoqchi, ammo jasorat etishmayapti. Uning hayotidan qochib, u lo'lilarga tushib , qo'shiqchi Masha bilan aloqada bo'ladi. Biroq, u ham Mashaning ota-onasining noroziligi tufayli bu hayotdan qochadi. U yana o'zini o'ldirmoqchi, ammo unga kuch etishmaydi.
Ayni paytda, uning xotini Protasov o'lgan deb taxmin qilib, boshqa odamga uylandi. Protasov paydo bo'lganida, uni er-xotin turmush qurishda va erining yo'qolishini tashkillashtirishda ayblashdi. U sudda guvohlik berish uchun keladi, uning rafiqasi uning tirikligini bilmagan. Natijada, u yangi eridan voz kechishi yoki Sibirga surgun qilinishi kerak . Protasov o'zini otib tashladi.
Premyera 1911 yil 23 sentyabrda (5 oktyabr) Moskva badiiy teatrida bo'lib o'tdi [4] . Bosh rejissyorlar Vladimir Nemirovich-Danchenko va Konstantin Stanislavskiy edi [5] . Tez orada ishlab chiqarish Sankt-Peterburgda bo'lib o'tdi . Matn ko'plab tillarga tarjima qilinganligi sababli, namoyishlar Berlin , Vena , Parij va Londonda ham bo'lib o'tdi .

1912 yil 6-dekabrda Londonda ingliz tilida sahnalashtirish "Adabiyot Jamiyati Teatri" tomonidan sahnalashtirilgan "O'lgan odam" ( Eng. Of The Man the Dead Dead ; tarjima Zinaida WengerofFs va John Pollock) deb nomlangan [6] . Spektaklni Belgraddagi Qirollik teatridan kelgan A. Andreev sahnalashtirgan [7] . Edmond Breon Fedor, Violet Lyuis Liza, Lourens Anderson Viktor, Lidiya Yavorska Masha, Entoni Uord shahzoda Abrezkov rollarini ijro etgan [8] .




Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish