Jahon adabiyoti tarixi


Rim adabiyotini lotin tili taraqqiyoti davrlariga mos ravishda quyidagi asosiy davrlarga ajratish mumkin



Download 2,24 Mb.
bet54/183
Sana18.11.2022
Hajmi2,24 Mb.
#867841
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   183
Bog'liq
18d76776e8130c5b7d20240f50eb312d JAHON ADABIYOTI TARIXI

Rim adabiyotini lotin tili taraqqiyoti davrlariga mos ravishda quyidagi asosiy davrlarga ajratish mumkin:

  1. Qadimgi davr – Rimda yunonlar namunasi asosidagi adabiyot paydo bo‘lguniga qadar (m.av.240 yilga qadar)

  2. Arxaik davr – Sitseron adabiy faoliyatiga qadar (m.av.240-81 yillar)

  3. Rim adabiyotining oltin davri:

a) Sitseron davri – Rim nasrining gullab yashnashi (m.av. 81-43 y)
b) Avgust davri – Rim she'riyatining gullab yashnashi (m.av. 43-14 y)

  1. Rim adabiyoti kumush davri – imperator Trayan vafotiga qadar (14-117 y.)

  2. Imperatorlikning so‘nggi davri (117-476 y.)

Rim adabiyotining ilk vakili sifatida IV asr oxiri va III asr boshlaridagi taniqli davlat arbobi Appiy Kladviy nomi tilga olinadi. U rimda birinchi bo‘lib adabiyotning mafkura vositasi sifatidagi roliga yuksak baho bergan va yozuvchi sifatida ham tanilgan. Uning Rim tarixida mashxur bo‘lgan tinchlik sulhi tuzishga qarshi qirol Pirrga qarata so‘zlagan nutqi (279 yil) siyosiy risola sifatida nashr etilgan. Bundan tashqari, Appiy Kladviy ibratli fikr, aforizmlardan iborat to‘plam chop ettirgan bo‘lib, ulardan bizgacha uchta aforizm yetib kelgan. Ulardan biri hozirda Yevropa xalqlari maqolga aylangan “Har kim o‘z baxtining me'mori” dir iborasidir.
Birinchi Rim shoirlari. Yuqorida birinchi Rim shoiri sifatida e'tirof etilgan Liviy Andronikning lotin tilidagi “Odisseya” sini Yevropa adabiyoti tarixida birinchi badiiy tarjima namunasi sifatida baholanadi. U asar tarjimasiga erkin yondoshadi. Ko‘p o‘rinlarda misralar qisqartirilgan, tashlab ketilgan, obrazlar o‘zgartirilgan, yunon mifologiyasidagi ma'budlarning nomlari lotin ma'budlari nomi bilan almashtirilgan. Andronikdan keyin ham tarjima sohasida originalning butun xususiyatini saqlab qolish emas, balki asarni Rim davlatining madaniy ehtiyojiga moslashtirish tamoyili yetakchilik qildi. Tarjimonlikdan tashqari Andronik lotin tilida tragediya va komediyalar ham yozgan. Bizgacha yetib kelgan parchalar asosida tragediya va komediya mavzulari. Evripid, Menandr, Filemon asarlaridan olinganligi ma'lum bo‘ldi.
Ikkinchi rim shoiri Gney Neviy (m.av. 270-200) Andronikdan farqli ravishda Rim halqining turmushini yaxshi bilgan (Kampaniyada tug‘ilgan), ikkinchi Pun urushi ishtirokchisi edi.
Neviy ijodining cho‘qqisi - “Pun urushi” dostonidir. Doston yaqinda bo‘lib o‘tgan birinchi Karfagen urushi voqealariga bag‘ishlangan. Biroq asarda, xuddi Homer dostonlarida bo‘lgani kabi, real tarixiy hodisalar mifologik afsonalar bilan chatishgan holda tasvir etiladi. Jangnomaning boshlanishida o‘t ichida qolgan va halokatga marhum etilgan Troya shahrini ko‘ramiz. Ulug‘ qahramon Eney ma'budlarning amri bilan o‘z yurtini tashlab ketishga majbur bo‘ladi. Dengiz safarining og‘ir mashaqqatlarini yengib, qahramonning Karfagen shahriga, malika Didona huzuriga qarab yo‘l olishlari va, nihoyat, Eneyning avlodi Romul tomonidan Rimning barpo etilishi – asar davomida mufassal tasvirlanadi. Shunday qilib, Rim xalqining troyaliklardan tarqalganligi haqidagi rivoyatga birinchi marta badiiy tus bergan shoir Gney Neviydir. Dastlabki Rim shoirlari orasida eng yirigi Kvint Enniy (239-169) bo‘lgan. Enniy o‘z ijodining boshlang‘ich davrlarida Liviy Andronik hamda Neviy yo‘llarini davom ettirib, asosan, yunon komediyasi va tragediyalarini latin sharoitiga moslashtirish bilan shug‘ullangan. Enniy o‘zining o‘tkir poetik mahoratini “Annallar” (“Solnomalar”) dostonoida yana ham kengroq namoyish qilgan. 60 ming misradan iborat 18 bobli (bizga qadar uning 1200 misrasi yetib kelgan) salmoqdor bu asar Enniyning Troyani tashlab qochishidan boshlanib, to shoirning zamonasiga qadar davom etgan butun Rim tarixini o‘z ichiga oladi. “Annallar”ning muallifi Rim elining ikkinchi Homeri bo‘lish orzusida ekanligini izhor qiladi. Enniy, darhaqiqat, Homer dostonlari usulidan epitetlar, o‘xshatishlar va boshqa poetik vositalardan katta ustalik bilan foydalanib, ko‘zlagan maqsadlariga erishishda ajoyib muvaffaqiyatlar qozonadi. Biroq Enniy o‘zining dostonchilik janriga kiritgan bu yangiliklari bilan cheklanib qolmasdan, latin she'riyati qurilishini ham tubdan o‘zgartirib, eski saturn vaznini yunon gekzametri bilan almashtiradi. Birinchi marta Enniy tomonidan joriy etilgan bu islohot, Rim poeziyasining kelgusi taraqqiyoti yo‘lida judda katta imkoniyatlar tug‘diradi.

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish