Jahon adabiyoti tarixi



Download 2,24 Mb.
bet122/183
Sana18.11.2022
Hajmi2,24 Mb.
#867841
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   183
Bog'liq
18d76776e8130c5b7d20240f50eb312d JAHON ADABIYOTI TARIXI

Impressionizm (fr. Impression - taassurot) – san'atda rassomning, san'atkorning o‘z sub'ektiv mushohadasi, his-tuyg‘u va taassurotlarini aks ettirishga qaratilgan oqim bo‘lib, 1860-1870 yillarda bir guruh rassomlar: K.Mone, E.Mane, E.Dega, K.Pisarro, O. Renuar, A.Sisleylar ijodida namoyon bo‘ldi. Adabiyotdagi impressionizm – bu musiqiylik, ishoralar, yarim pardalar, qalqib turgan kayfiyatlar, mubham imo-ishoralar, noaniq sharpalar poetikasidir. Taniqli rus shoiri V.Bryusov, impressionizmda o‘ziga xos “hayot yaratish” sodir bo‘ladi va bu maktabda har bir so‘zning o‘zi ham, so‘z birikmasida kelganda ham – muayyan taassurot qoldiradi, deb yozgan edi.
Ba'zan simvolizm va impressionizm stilistikasini ajratish qiyin. Ular bir-biri bilan botiniy bog‘liq, ba'zida esa ularni ajratib bo‘lmaydi. V.Gyugo Stefan Mallarmeni impressionist shoir deb atagan. Impressionizmning xususiyatlarini simvolist shoirlar A.Rembo va P.Verlen, E.Zolya va ayniqsa, G. De Mopassan asarlarida uchtarish mumkin. Impressionistik uslub A.Fransning tanqidiy maqolalari uchun xos, bu an'analar keyinroq A.Chexov, I.Bunin, S.Kreyn, Sh.Anderson, E.Xemingueylarning kichik prozasida kuzatiladi.
Simvolizm adabiy yo‘nalish sifatida XIX asrning 70-80 yillarida Fransiyada shakllandi. Keyinchalik Belgiya, Germaniya, Avstriya, Rossiya singari mamlakatlarda ham simvolizm maktablari paydo bo‘ldi. Simvolizm atamasining paydo bo‘lishi narsa-hodisalarni konkret nomlanishiga qaratilgan shartli ravishdagi ishorani anglatuvchi simvol(ramz) so‘zi bilan belgilanadi.
Simvolistlar ramzni umumlashtirgan realistik yoki romantik ma'noda emas, balki yozuvchining atrof-olamga bo‘lgan sub'ektiv munosabatining talqini sifatida tushunadilar. Bu yo‘nalishning Fransiyada P.Verlen, A.Rembo, S.Mallarme, Belgiyada M.Meterlink va E.Verxarn, Germaniyada Xauptman, Avstriyada Rilke va Gofmanstal singari vakillari bor. Simvolizm negizida Shopengauer, Nitsshe va Bergsonning idealistik falsafasi yotadi. Simvolistlarning tutgan yo‘li parnaschilarning g‘oyaviy nuqtai nazaridan kam farqlanadi. Ularda ham dekadentlarga xos kayfiyat – yolg‘izlik, umidsizlik, g‘am-g‘ussa, mavhum obrazlar hukmdor. Simvolistlar ifoda qilib bo‘lmaydigan narsalarni musiqiy ramzlar yordamida ko‘rsatishga intildilar. Ular narsa, hodisa haqida hikoya qilmaydilar, balki imo-ishora bilan cheklanadilar. Simvolistlar she'rning musiqaviy bo‘lishiga katta e'tibor qaratishib, bu borada birmuncha yutuqlarga erishdilar. Masalan, shoir Pol Verlen “Kuzgi qo‘shiq” she'rida mazmunni ochishga emas, balki tovushlarning bir-biriga ohangdosh bo‘lib kelishiga erishgan. Uning “Poeziya san'ati” she'ri esa simvolistlarning adabiy dasturiga aylandi.

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish