Jahon adabiyoti tarixi


Baholashni 5 baholik shkaladan 100 ballik shkalaga o‘tkazish



Download 2,24 Mb.
bet20/183
Sana18.11.2022
Hajmi2,24 Mb.
#867841
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   183
Bog'liq
18d76776e8130c5b7d20240f50eb312d JAHON ADABIYOTI TARIXI

Baholashni 5 baholik shkaladan 100 ballik shkalaga o‘tkazish
JADVALI

5 baholik shkala

100 ballik shkala




5 baholik shkala

100 ballik shkala




5 baholik shkala

100 ballik shkala

5,00 — 4,96

100




4,30 — 4,26

86

3,60 — 3,56

72

4,95 — 4,91

99

4,25 — 4,21

85

3,55 — 3,51

71

4,90 — 4,86

98

4,20 — 4,16

84

3,50 — 3,46

70

4,85 — 4,81

97

4,15 — 4,11

83

3,45 — 3,41

69

4,80 — 4,76

96

4,10 — 4,06

82

3,40 — 3,36

68

4,75 — 4,71

95

4,05 — 4,01

81

3,35 — 3,31

67

4,70 — 4,66

94

4,00 — 3,96

80

3,30 — 3,26

66

4,65 — 4,61

93

3,95 — 3,91

79

3,25 — 3,21

65

4,60 — 4,56

92

3,90 — 3,86

78

3,20 — 3,16

64

4,55 — 4,51

91

3,85 — 3,81

77

3,15 — 3,11

63

4,50 — 4,46

90

3,80 — 3,76

76

3,10 — 3,06

62

4,45 — 4,41

89

3,75 — 3,71

75

3,05 — 3,01

61

4,40 — 4,36

88

3,70 — 3,66

74

3,00

60

4,35 — 4,31

87

3,65 — 3,61

73

3,0 dan kam

60 dan kam

1 - JARAYON


BIRINCHI MA’RUZA
QADIMGI SHARQ ADABIYOTI
REJA:

  1. Shumerlar – sivilizatsiya beshigi.

  2. Mixxatlardagi tarix.

  3. “Bilgamish” dostoni.

  4. Akkadlar: Bobil va Assiriya adabiyoti.

  5. Qadimgi Misr adabiyoti.

  6. Avesto - Markaziy Osiyo va Eronning mushtarak yodgorligi.

  7. Qadimgi hind eposlari.

  8. Xitoy ierogliflaridagi adabiyot. Konfutsiy va Dao qonunlari.

Tayanch so‘z va iboralar: Shumerlar, Akkadlar, Bobil, Assiriya, Bilgamish, Avesto, Maxabxorot, Ramayana, Panchatantra, Kalila va Dimna, Piramidlar kitobi. Sarkafaglar kitobi. Marhumlar kitobi. Konfutsiy va Dao qonunlari.
Shumerlar. Yaqin-yaqin vaqtlargacha bashariyatning madaniyat o‘chog‘i G‘arb, qadim Yunoniston, qadim Rim deb kelindi, shunday bilindi, shunday talqin etildi. Ming yillar mobaynida shu qarashga suyanilib, madaniy, ma'naviy, ilmiy ishlar yurgizildi. Ijtimoiy fanlar bo‘yicha tadqiqotlarning indallosi shu bo‘ldi. Albatta, o‘z vaqtida buning asosli sabablari bor bo‘lib, ilmning qo‘li yetib borgan joy Yunonistonda joylashgan, Zevs rahnomaligidagi ilohlar makoni bo‘lmish Olimp tog‘ining bag‘rida edi. Ammo keyingi qariyb, bir asrdir, yangi arxeologik qazishmalarda qo‘lga kiritilgan topilmalar natijasida ilgari surilayotgan ilmiy fikrlar yuqoridagi qarashning umri bitganligini, ilk madaniyat o‘chog‘i antik madaniyat emas, balki Sharq ekanligini ko‘rsatmoqda. U ham bo‘lsa, Shumerlar dunyosi, Shumerlar madaniyati, Shumerlar adabiyotidir. Ushbu xulosaga ham olimlar birdaniga kelgani yo‘q, albatta. Yangilikni birdaniga tan olmagan, tan olishni istamagan olimlar talay bo‘ldi, ular haligacha bor. Bu orada dogma qarashlarga tahrir kiritadigan olamshumul ahamiyatga molik topilmalar, ilmiy izlanishlar ko‘payaverdi. Natijada Amerikalik olim Semyuel Kremerning “Tarix Shumerda boshlanadi”1 degan tadqiqot kitobi dunyo ilmiy jamoatchiligi e'tiborini Shumerlarga qaratdi. Axir, bir necha ming yillar davomida insoniyat tarixda bunday xalq yashab o‘tganini bilmas edi-da. Faqat 19 asrga kelib, Bobil (Vavilon) mixxatlarining siri ochilgandagina olimlar Shumerlar haqida ilk kez xabar topishdi. Shunday qilib, Shumerlar madaniyatidan so‘z ochguvchi mixxatlar bashar ahlining madaniyat beshigi Yunoniston emas, balki Shumerlar ekanini isbot qildi. Toir Eftining Rossiyada amalga oshirgan, O‘zbekistonda chop etilgan “Shumerlar va etruslar – insoniyat tamadduni ibtidosidagi qadimiy turkiylar”2 deb nomlangan tadqiqoti so‘nggi yillarda amalga oshirilgan va ayni shu masalaga ko‘p jihatdan oydinlik kiritishi mumkin bo‘lgan tadqiqotlardan yana biri hisoblandi. Kitobcha Shumer mixxatlarini o‘qigan va shumer tilining turkiy til bilan genetik qarindoshligini aniqlagan Genri Roulinson, Yuliusa Opperto, Arno Peblya va Samyuel Nao Kramer xotirasiga bag‘ishlanadiki, shuning o‘zidayoq bu kitobning yo‘nalishi, ahamiyati yaqqol ko‘zga tashlanadi. 2012 yilda Toshkentda “Mumtoz so‘z” nashriyotida o‘zbek olimi Zoyir Ziyotovning “Shumerlar va Turon qavmlari”3 degan kitobi nashr etildi. Kitob bejiz bunday nomlanmagan. Unda bashariyatga tamaddun eshiklarini ilk ochgan Shumerlar bilan Turon qavmlari o‘rtasidagi aloqaga ishora qilinmoqda. Albatta, Shumerlarning kelib chiqishi haqida bir-birini inkor va tasdiq etadigan ko‘plab qarashlar borligini yodda tutmoq kerak.
Shumer tamadduni hozirgi Iroq territoriyasida joylashgan ikki daryo oralig‘ida paydo bo‘lgan. Bu daryolarning nomi Dajla (Tigr) va Frot (yefrat)dir. Lekin olimlarni o‘ylatgan bir narsa bor edi, u ham bo‘lsa, shunday katta tamaddunni barpo etgan xalk, shaharlar qaerga g‘oyib bo‘ldi? Chindanam, ular qaerga ketishgan? Undan ham qizig‘i, Shumerlar qaerdan kelishgan? Ular kim o‘zi?.. Yuqorida nomlari zikr etilgan tadqiqotlar bashar ahlining tarix haqidagi qarashlariga jiddiy tahrirlar kiritadi, uni o‘ylashga, fikr yuritishga chorlaydi. U ham bo‘lsa shuki, dunyo tamaddun o‘choqlaridan biri, balki eng qadimiysi bu Shumerlar madaniyati hamda Shumerlarning qadim ajdodlari turkiy qavmlardir. Ayniqsa, Toir Eftining “Shumerlar va etruslar – insoniyat tamadduni ibtidosidagi qadimiy turkiylar” nomli tadqiqotida bugun Markaziy Osiyoda yashayotgan o‘zbeklar, qozoqlar, turkmanlar, qirg‘izlar, Kavkazdagi ozarbayjonlar, Turkiyadagi turklar va boshqa turkiy qavmlar bilan Shumerlarning ildizi bir ekanligi to‘g‘risidagi fikr har tomonlama himoya qilinadi. Buning neqadar haqiqat ekanligini hali yangidan yangi ilmiy tekshirishlar aytib beradi, lekin nima bo‘lganda ham Shumerlar madaniyatining borligi va u hozirgacha topilgan madaniyatlar ichra eng qadimiysi ekanligining o‘ziyoq uning barcha madaniyatlarning sarchashmasi mavqyeiga olib chiqadi. O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning “O‘zbegim” qasidasida shunday satrlar bor:
Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon o‘zbegim.
Senga tengdosh Pomiru
Oqsoch tiyonshon o‘zbegim.
Xalqi tarixidan faxr hissini tuygan, uni behad sevgan shoir bu she'ri bilan “Ey o‘zbegim, sening tarixing ko‘hna Pomiru Tiyonshonga teng!” demoqda. Ammo she'r yozilgan payt – sobiq Sho‘rolar imperiyasi davrida Shumerlar haqida ko‘p gapirilmas, Shumerlarning turkiy qavmlarga aloqasi haqida boz ustiga lom-mim deyilmas edi. Shuning uchun ham “O‘zbegim” qasidasida tarixning Shumerlar qismiga e'tibor qilinmaganini to‘g‘ri tushunish lozim. Shunday ekan, shoir Erkin Vohidov “O‘zbegim” qasidasini bugun yozganda, Shumerlarni chetlab o‘tmasligi haqiqatga yaqin. Chunki she'rda tilga olingan O‘rxun-yenisey obidalari eramizning 7 asrlariga to‘g‘ri keladi, Shumerlar tarixi esa eramizdan oldinggi 4000 - yillarga borib taqaladi. Oradagi farq juda katta. Bugungi sana bilan Shumerlar ilk paydo bo‘lgan davr orasidagi farq esa, olimlarning qayb etishicha, qariyb 6000 yilga teng. Xo‘sh, qanday asoslarga tayanilib, Shumerlar turkiylarning ajdodi degan inqilobiy fikr maydonga tashlanmoqda? Tilga. Shumerlar va turkiy tillar orasidagi qarishdoshchilikka. Ma'lumki, sobiq Sho‘ro davrida Shumer tilining turkiy tillar bilan solishtirilishiga qarshilik qilib kelingan edi, bu qarash hozirgacha postsovet territoriyasida saqlanib qolgan. “Nima uchun?” degan savol tug‘iladi. Balki qadim tamaddunning ildizlari bilan turkiy xalqlar ildizlaridagi qarindoshlikni, demakki, turkiylarning dunyoga ilk madaniyat bergan xalqlardan bo‘lib chiqishini qabul qilish birdaniga oson kechmagandir. Lekin, baribir, oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi. Nihoyat, ming-ming yillar osha bo‘lsa-da, bu borada dadil ilmiy fikrlar o‘rtaga tashlandi: AQSh va Ovrupa olimlari bunday to‘siqlarni yengib o‘tib, ilk bor bu ishga qo‘l urdi, Shumer-etruslarning turkiylardan kelib chiqqanini isbotlaydigan qator dalillarni ilmiy jamoatchilikka ma'lum qildi. Etruslar Italiya madaniyatiga asos solgan xalq ekanligini, yana Shumerlar, etruslar va qadimgi Misr xalqlarining ruhiy aloqadorligi haqida ham kitobda so‘z yuritiladiki, ularning bari turkiy xalqlar tarixining naqadar ajabtovurligiyu teran tomirlarga egaligidan xabar beradi.
Javoharlal Neru 1955 va 1961-yillarda O‘zbekistonga kelganida olgan taassurotlarini “Hindistonning kashf etilishi” kitobida qoldirgan edi. Kitobda aytilgan quyidagi ma'lumotga e'tibor qiling: “Mening asl urug‘– aymog‘im kelib chiqishi jihatidan kashmirlik hisoblanadi. Kashmirga bundan 4300 yil avval O‘rta Osiyodan kelganlar sug‘orma dehqonchilikni yo‘lga qo‘yib, yangi yerlar ochganlar, ekinzorlarni tashkil etib, xo‘jalik yuritishni yo‘lga qo‘yganlar va bu bilan dunyo tamaddudini rivojiga katta hissa qo‘shganlar. Bu haqda olimlarimiz tomonidan chuqur kuzatishlari asosida ko‘plab asarlar yozilgan”4. Chindan ham shumerlar hozirgi iroq territoriyasida joylashgan ikki daryo oralig‘ida eramizdan oldingi 4 va 3ming yillik oralig‘ida o‘z madaniyatiga asos solib, taxminan m.o. 1750 yillargacha hukm surgan. Keyin tashqi kuchlar ta'sirida sekin-asta parchalangan. Bu parchalarning bir qismi Misrga, bir qismi Hindistonga, bir qismi esa Italiyaga o‘tib ketadi. Bir qismi ikki daryo oralig‘ida qoladi. Javoharlal Neru aytayotgan 4300 yil oldingi O‘rta Osiyoliklarning ta'siri 4000- 5000 yil nari berisida shumerlarning dunyoga o‘tkazgan ta'sirini yodga soladi. Dunyoda birinchi yozuv Shumer mixxatlari hisoblanadi. Mixxatlar loydan yasalgan g‘ishtchalar (tablitsalar)ga bitilgan. U keyingi 100 yil ichida topilgan. Manbalar Bobil (Vavilon) madaniyati tilidan tashqari bus-butun holda Shumerlardan (mixxatlardan) ko‘chirilgani aytiladi. Demak, Bobil dunyoga madaniyat berdi, deganda bu madaniyat asli Shumerlarga oidligi endi dunyoga ayon bo‘lib qoldi. Shumerlar deyarli hamma narsani ilk bor yaratganlar. Dunyoning yaratilishi haqida miflar to‘qishgan, dehqonchilik, chorvachilik, ustachilikni kashf qilishgan. Qum va tuproqdan g‘ishtlar yasab, imorat solishni eplashgan. Yana savdo-sotiqni, ayirboshlashni, o‘rmonchilikni puxta egallashgan, urush va tinchlik, sulh va uning shartlarini, er va xotin haqlarini yaxshi tushunib, kerak bo‘lganda ularning huquqlarini hozirgi notarial idoralarda amalga oshirilganidek, qonun bilan himoyalab qo‘yishgan, deyiladi manbalarda.

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish