www.ziyouz.com kutubxonasi
238
ko‘zlari bu payt hech narsani ko‘rmaydi.
U neft do‘koni yonidan o‘tib, ko‘hna gaz fonusi qiyshayib osilib turgan muyulishdan buriladi va
shu yerdagi panjara devor oldiga oyoq uchida yurib boradi. Panjara ortida hali yashil libos kiyib
ulgurmagan muhtasham bog‘ bo‘lib, bog‘ o‘rtasida goti-ka uslubida qurilgan imorat qad ko‘targan.
Imoratning uch tabaqali derazalar o‘rnatilgan bo‘rtiq xonali tomoni oy yog‘dusiga cho‘mgan, narigi
tomoni esa qop-qorong‘i.
Professor bu yerga uni nima boshlab kelayotganini ham, bu binoda kim yashashini ham bilmaydi,
lekin to‘linoy oqshomida o‘z ra’yiga qarshi ish tutmasligi kerakligini yaxshi biladi. Bundan tashqari, u
panjara ortidagi bog‘da mudom muqarrar bir manzaraning shohidi bo‘lishini ham biladi.
Har gal bu bog‘da u pensne taqqan, jikkak soqol, yuz tuzilishi xibl cho‘chqanikiga o‘xshab ketuvchi
basavlat bir keksa odamning skameykada o‘tirganini ko‘radi. Ivan Nikolaevich shu binoda istiqomat
qiluvchi bu odamni hamisha bir alpozda: ko‘zlarini oyga tikib, xayol surib o‘tirgan holda ko‘radi. Ivan
Nikolaevichga yana shu iarsa ma’lumki, bu keksa odam oyga to‘yib-to‘yib qarab olgach, nigohini
albatta bo‘rtiq xona derazasiga qaratadi va xuddi hozir deraza tabaqalari ochilib, u yerda g‘ayrioddiy
bir narsa paydo bo‘lishini kutayotganday, ko‘zini lo‘q qilib o‘tiraveradi.
Bundan keyin ro‘y beradigan hamma voqeani Ivan Nikolaevich yod biladi. Endi u albatta engashib,
panjara panasiga yaxshiroq berkinib olishi kerak, zero skameykada o‘tirgan odam bezovtalanib, hozir
boshini har tomonga bura boshlaydi, pari-shon ko‘zlarini havoga tikib, bir nimalarni tutmoqchi
bo‘larkan, albatta, huzurlanib jilmayadi, keyin qandaydir ezgu hasrat bilan xo‘rsinib, qo‘llarini bir-
biriga uradi-da, baralla ovoz bilan oddiygina qilib g‘o‘ldiray boshlaydi: — Vene-ra! Venera!.. Eh, g‘irt
ahmoq ekanman!..
— Yo tangrilar, tangrilar! — deb pichirlaydi shunda Ivan Nikolaevich, panjara ortida biqinib
o‘tirarkan, o‘tdek porlayotgan ko‘zlarini bu sirli notanish qariyadan uzmay, — mana, oyning yana bir
qurboni... Ha, bu ham xuddi men singari oyning yana bir qurboni.
Skameykada o‘tirgan odam esa bu payt nutqini davom ettiradi: — G‘irt ahmoqman! Nega, nega
o‘sha jonon bilan uchib ketmadim? Nimadan qo‘rqdim o‘zi, men qari eshak! Hujjatlarni
to‘g‘rilagandim! Eh, endi xap o‘tirib chidaysan, qari tentak!
Shu payt binoning oy yog‘dusi tushmagan qorong‘i tomonida deraza taraqlab ochilib, qandaydir oq
narsa ko‘rinadi-yu, ayol kishining xunuk ovozi eshitiladi:
— Nikolay Ivanovich, qaerdasiz? Bu qanaqa qiliq? Nima, bezgak kasaliga mubtalo
bo‘lmoqchimisiz? Choyga keling?
Shu hayqiriqdan keyin qariyaning alahlashi tugab, u hushiga keladi va soxta ovoz bilan javob
qiladi: — Havoda, toza havoda nafas olmoqchiydim, jonginam! Havo biram sozki!
Shunday deb u skameykadan turadi, birinchi qavatdagi boyagi deraza yopilishi bilan o‘sha tomonga
o‘g‘rincha musht do‘laytirib qo‘yadi-da, sudralgancha uy tomon yura boshlaydi.
— Yolg‘on gapiryapti, g‘irt yolg‘on gaplari! O, tangrilar, shunchalik yolg‘on gapiradimi kishi! —
deb g‘o‘ldiraydi Ivan Nikolaevich panjaradan uzoqlasharkan, — uni boqqa jalb qilgap narsa aslo toza
havo emas, balki bu to‘linoy oqshomida u oy sathida va bog‘ havosida nimanidir ko‘ryapti. O, bu
qariyaning sirini bilish uchun, u yo‘qotgan va endi qo‘l cho‘zib havoda besamar axtarayotgan o‘sha
Veneraning nima ekanligini bilish uchun hech nimamni ayamagan bo‘lar edim!
Shundan keyin, professor uyiga butunlay xasta bo‘lib qaytadi. Xotini, odatda, uning ahvolini
payqamayotganday bo‘ladi va erini tezroq yotib uxlashga undaydi, Lekin o‘zi yotmaydi, qo‘lida kitob
bilan chiroq yonida o‘tirarkan, uxlab yotgan eridan mahzun ko‘zlarini uzmaydi. U Ivan
Nikolaevichning tong chog‘ida alam bilan chinqirib uyg‘onishini va o‘zini har yoqqa otib, yig‘lay
boshlashini biladi. Shu bois uning oldida dasturxonda spirtlangan shprits bilan quyuq choy rangidagi
suyuqlikli shishacha shay yotardi.
Mana, nihoyat, og‘ir xasta odam bilan umr qilgan bu bechora ayol bexavotir uxlashi mumkin. Ivan
Nikolaevich endi to ertalabgacha baxtiyor chehra bilan tinchgina uxlaydi va xotini uchun mavhum,
Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman)
www.ziyouz.com kutubxonasi
239
ammo qandaydir dabdabali va saodatli tushlar ko‘rib yotadi.
Har yili bahorda, to‘linoy kechasi bu olimni bitta narsa uyg‘otadi va ayanch bilan chinqirishga
majbur etadi. Zero tushida uning ko‘zi oldida o‘sha o‘ta badbashara puchuq jallod paydo bo‘ladi, jallod
hansiragancha bir sakrab ustunga bog‘langan va endi jinni bo‘lib qolgan Gestasning yuragiga qo‘lidagi
uzun nayzani botiradi. Jallodning o‘zi-ku uncha qo‘rqinchli emas, lekin olimning xobida qaynab-toshib
ro‘yi zaminga oqib tushayotgan allaqapday bulutdan vujudga kelgan ziyo dahshatliroq ediki, bunday
hol faqat olamshumul falokat paytidagina sodir bo‘lishi mumkin.
Ukoldan so‘ng uyqudagi Ivan Nikolaevichning ko‘zi oldida hamisha hamma gtarsa o‘zgaradi. U
yotgan to‘shakdan deraza tomon keng oydin yo‘l cho‘ziladi va yo‘lga alvonrang astarli oq rido kiygan
odam chiqib, oy sari yura boshlaydi. U bilan yonma-yon uzun ko‘ylagining uvadasi chiqib, afti
badbashara bo‘lib ketgan bir yigit boradi. Ular nima to‘g‘ridadir qizg‘in suhbatlashishadi,
bahslashishadi, chamasi, bir nimada kelisholmayotganga o‘xshaydilar.
— Yo tangrilar, tangrilar, — deydi rido kiygan odam o‘z hamrohiga takabburona boqib, — qanday
bema’ni qatl! Lekin sen marhamat qilib ayt-chi, — shunday derkan, uning chehrasidagi takabburlik
o‘rnida tavallo paydo bo‘ladi, — axir qatl bo‘lmagan-ku! O‘tinaman sendan, ayt, bo‘lmagan-a?
— Ha, bo‘lmagan albatta, — deb javob qiladi hirqiroq ovoz bilan hamrohi, — o‘zi senga shunday
tuyulgan.
— Gapingning rostligiga ont ichasan hammi? — xushomadona ohangda so‘raydi rido kiygan odam.
— Ont ichaman, — deydi uning hamrohi va ko‘zlarida jilva naydo bo‘ladi.
— Men uchun shuning o‘zi kifoya! — bo‘g‘iq ovoz bilan chinqiradi rido kiygan odam va
hamrohini yetaklagancha tobora yuksakka — to‘linoy sari o‘rlab chiqaveradi. Hirsday keladigan bir
ko‘ppak ular orqasidan viqor bilan bamaylixotir ergashadi.
Shunda birdan oydin yo‘l qaynab, oy yog‘dusidan daryo vujudga keladi, u qirg‘oqlardan tushib oqa
bosh-laydi. Oy hukmfarmolik qiladi, yayrab-yashnaydi, u raqs tushadi, sho‘xlik qiladi. Shunda oy
yog‘dusi oqimi ichida go‘zallikda beqiyos bir ayol paydo bo‘ladi va atrofiga qo‘rqa-pisa boqayotgan
soqoli o‘sib ketgan bir odamning qo‘lidan yetaklab, uni Ivanning huzuriga boshlab keladi. Ivan
Nikolaevich bir qarashdayoq u odamni taniydi. Bu — o‘sha bir yuz o‘n sakkizinchi, uning tungi
mehmoni. Ivan Nikolaevich xobida unga qo‘llarini uzatdi va intizorona boqib so‘raydi:
— Demak, shu bilan hammasi tugabdi-da!
— Ha, tugadi, shogirdim, — deb javob qiladi bir yuz o‘n sakkizinchi, ayol ham Ivanga yaqin borib,
deydi:
— Albatta, shu bilan tugadi. Hammasi tugadi, umuman, har qanday narsaning ham nihoyasi
bo‘ladi... Hozir sizning peshonangizdan o‘paman-u, keyin hammasi yaxshi bo‘ladi.
U engashib Ivanning peshonasidan o‘padi, Ivan esa ayol sari talpinib uning ko‘zlariga tikiladi, lekin
ayol chekinib-chekinib borib, o‘z hamrohi bilan birgalikda to‘linoy sari ravona bo‘ladi.
Shunda oyning jazavasi tutib, o‘z yog‘dusini to‘g‘ri Ivanning ustiga yog‘diradi, shu’lasini har
tomonga sochadi, xona oy shu’lasiga g‘arq bo‘ladi, shu’la dolg‘alanib, tosha boshlaydi va Ivanning
karavotini ko‘mib yuboradi. Ana shundan keyin Ivan Nikolaevich baxtiyor chehra bilan mast uyquga
ketadi.
Ertasi kuni ertalab u indamay, ammo xotirjam va sog‘lom bo‘lib uyg‘onadi. Professorning
ukollardan ilma-teshik bo‘lib ketgan xotirasi tinchib qoladi va kelasi to‘linoy tunigacha uni hech kim
bezovta qilmaydi: na Gestasning puchuq qotili, na Iudeyaning toshbag‘ir beshinchi prokuratori
chavandoz Pontiy Pilat.
1929—1940
Tamom
Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman)
www.ziyouz.com kutubxonasi
240
IZOHLAR
Amazonka — qadimgi yunon mifologiyasida jangovar suvori ayol.
Aramoylar — kelib chiqishi arabistonlik bo‘lgan somiylar qabilasi.
Attis — yunop mifologiyasida Frigiyadap chiqqan xudo. Ammo uning bo‘lganligi mavhum.
Belztaj — teatr zalida parter va amfiteatrdan yuqoriroqqa joylashgan balkonning eng oldingi
qatorlari.
Broken — Germaniyadagi Garts tog‘ining cho‘qqisi bo‘lib, nemis xalq afsonalari va rivoyatlarida
ta’kidlanishicha, go‘yo bu yerda bahor bayrami arafasida (1 mayga o‘tar kechasi) jinlar bazmi bo‘lar
emish.
Buyuk irod (miloddan oldingi 73—4 yillar) — 40-yildan Iudeya shohi. Taxtni Rim qo‘shinlari
ko‘magida qo‘lga kiritgan. O‘ta darajada riyosatparast va badgumon zolim bo‘lgan. O‘zining raqibi
deb shubha qilgan hamma odamni o‘ldiravergan. Rivoyatlarga qaraganda, Isoning tug‘ilganidan darak
topib, mamlakatdagi barcha chaqaloqlarni qilichdan o‘tkazgan emish.
Vampir — afsonalarda go‘rdan chiqib odamlarning qonini so‘ruvchi maxluq.
Vetap Anri (1820—1881) — Belgiya skripkachisi va kompozitori. Bryussel konservatoriyasining
professori.
Galileya — shimoliy Falastinda tarixiy viloyat. Injil talqini bo‘yicha Isoni targ‘ib qilgan asosiy
rayon.
Gomunkul — o‘rta asr kimyogarlarining xayoliy tasavvuricha kimyoviy usul bilan yaratish
mumkin bo‘lgan odamzod.
Yershalaim — Yerusalim, ya’ni Quddus shahri.
Jokey — sportchi chavandoz.
Igemon — yunoncha Hegemon so‘zidag olingan bo‘lib. dohiy, rahbar ma’nolarini bildiradi.
Isrofilning suri — xristian dini aqidasiga ko‘ra, qiyomat kuni farishta Isrofil sur (karnay)
chalarmish va buning ovoziga jamiki jonzotlar kayta tirilarmish.
Iudeya — Janubiy Falastiida Rimga qaraptli viloyat (milodiy 6—395 yillar).
Kaligula Gay Kesar (12—41 yillar) — Rim imperatori (37-yildan). Ashaddiy fosiq bo‘lgan. Uziga
xuddi xudoga sig‘ingandek sig‘inishlarini talab qilgan. Kaligula o‘z shaxsiy gvardiyasining sarkardasi
tomonidai o‘ldirilgan.
Kapeldiner — teatrda biletlarni tekshiruvchi va zalda tartib sakdovchi odam.
Kenturion — qadimgi Rim qo‘shinida Kenturiya (qarang) boshlig‘i.
Kenturiya (Senturiya) — qadimgi Rimda yuz kishilik otryad.
Kohorta — Rim piyoda qo‘shinida taktik qism. Lafonten (1621 —1695) — Buyuk frantsuz
masalnavisi. Legion — qadimgi Rim qo‘shinida yirik harbiy qo‘shilma.
Manipul — qadimgi Rim qo‘shinida tarkibida ikki kenturiya (qarang) bo‘lgan harbiy bo‘linma.
Manuskript — odatda qadimgi qo‘lyozmalar shunday nomlanadi.
Marduk — Bobil panteonida Markaziy iloh. Bobil shahrining bosh xudosi.
Masiho — bu o‘rinda yahudiy dinining talqini bo‘yicha, yahudiy xalqini ozod etish uchun zohir
bo‘lajak afsonaviy xaloskor.
Melpomena — qadimgi yunon mifologiyasida to‘qqizta muzadan biri, fojiaviy asarlar homiysi.
Messalina Valeriya — Uchinchi Rim imperatori Klavdiyning xotini. O‘zining fohishaligi va
badqahrligi bilan dovruq qozongan. Klavdiyning yo‘qligidan foydalanib, o‘z o‘ynashi Silliyga oshkora
erga tegadi. Lekin imnerator qullikdan ozod qilgan Nartsis bilan Pallas Messalinani sudga berib, uni
o‘limga hukm qilishlariga muvaffaq bo‘ladilar.
Nison oyi — Isroil davlati kalendarida yilning birinchi oyi bo‘lib, u hamisha bahor fasliga to‘g‘ri
keladi. Nison oyining 15-kuni, ya’ni yahudiylar Misrdan ozod bo‘lib chiqqan kun Pasxa bayrami kuni
deb hisoblangan.
Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman)
www.ziyouz.com kutubxonasi
241
Oziris — Misr tangrisi, ziyo va issiqlik xudosi.
Poligimniya — qadimgi yunon mifologiyasida to‘qqizta muzadan biri, gimnlar homiysi.
Pontiy Pilat — Rim imperiyasining Iudeyadagi noibi (milodiy 26—36 yillar). Uta shafqatsizligi
bilan dong qozongan. Iosif Falaviyning yozishicha va tavrot talqinicha, Iso payg‘ambar uning hukmi
bo‘yicha chormix qilinganmish.
Privat-dotsent — xususiy tarzda saboq beruvchi degan ma’noni bildiradi. Revolyutsiyadan oldingi
Rossiyada va ayrim xorijiy mamlakatlarda oliy maktab o‘qituvchisining ilmiy unvoni.
Prozektor — kasalxonalarda murdani yorish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis.
Prokurator — qadimgi Rimda imperator noibi.
Rampa — sahna oldiga o‘rnatilgan chiroqlarni tomoshabinlar ko‘zidan to‘sib turuvchi pastak
to‘siq.
Sekst Empirik — qadimgi yunon faylasufi va olimi. Skeptitsizm vakili. Mantiq tarixini yaratgan
eng dastlabki olimlardan biri.
Sillogizm — mantiq ilmida ikki fikrni taqqoslab, ularning natijasi bo‘lmish uchinchi fikrni keltirib
chiqarish nazariyasi,
Sinedrion — qadimgi Iudeyada oqsoqollar kengashi. Xukumat va sud ishlari bilan shug‘ullanuvchi
oliy diniy mahkama.
Skuratov (Malyuta) — Ivan Grozniyning a’snlaridan biri. Terrorchi oprichniklar boshlig‘i. Ko‘p
taniqli shaxslarni qatl etishda qatnashgan. 1570 yildagi Novgorod yurishida ommaviy qatlga boshchilik
qilgan.
Solovkin — Oq dengizdagi xilvat orollardan biri, u yerda faqat monastirlar bo‘lgan.
Taliya — qadimgi yunon mifologiyasida to‘qqiz muzaning biri; komediya asarlari homiysi.
Tallif — etagi uzun ko‘ylak.
Tatsit Publiy - Korneliy Rumo tarixchisi,
Utgang - 16 kitobdan iborat «Solnoma»si mashxurdir. (Taxminan 53—54 yillarda tug‘ilib, I 17 136
yillarda o‘lgan).
Tetradraxma — to‘rt draxma qalinlikdagi qadimgi yunon aqchasi bo‘lib, aksariyati kumushdan,
ba’zan esa oltindan ham bo‘lgan.
Tetrarx — Rim imperiyasi lashkarining to‘rtdan bir bo‘lagini boshqaruvchi xukmdor.
Tiveriya — Falastindagi shahar.
Tribun — qadimgi Rimda qo‘shinlarda tribunlar ma’muriy va xo‘jalik xizmati vazifalarini
bajargan.
Filon Iskandariy — Iudeya faylasufi (miloddan oldingi 20-yilda tug‘ilib, milodiy 54-yillarda
o‘lgan).
Shtraus David Fridrix (1808—1874) — nemis teologi (ilohiyot ilmi bilan shug‘ullanuvchi olim)
va faylasufi, «Isoning hayoti» nomli kitobda injilning haqqoniyligini inkor etgan, Isoni tarixiy shaxs
deb hisoblagan.
O‘n ikki xudo jamoasi — Rim mifologiyasida eng oliy tangrilar guruhi, Bular: Yuiiter, Neptup,
Mark, Apollon, Vulkan, Merkuriy, Yunona, Venera, Minerva, Diana, Vesta va Serera. Bu o‘n ikki
xudo, tangrilarnipg Yupiter boshchiligidagi oliy kengashini tashkil qilgan,
Qaysar — podsho.
Qaysariya — salganat.
Hemikraniya — qattiq bosh og‘rig‘i. Boshniig bir pallasi og‘riydi.
Hippodrom — ya’ni ippodrom, otlar poygasi o‘tkaziladigan maydon. otchopar.
Do'stlaringiz bilan baham: |