Jahon adabiyoti durdonalari mixail bulgakov usta va margarita



Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/40
Sana10.11.2019
Hajmi1,26 Mb.
#25520
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com


www.ziyouz.com kutubxonasi 
238
ko‘zlari bu payt hech narsani ko‘rmaydi. 
U neft do‘koni yonidan o‘tib, ko‘hna gaz fonusi qiyshayib osilib turgan muyulishdan buriladi va 
shu yerdagi panjara devor oldiga oyoq uchida yurib boradi. Panjara ortida hali yashil libos kiyib 
ulgurmagan muhtasham bog‘ bo‘lib, bog‘ o‘rtasida goti-ka uslubida qurilgan imorat qad ko‘targan. 
Imoratning uch tabaqali derazalar o‘rnatilgan bo‘rtiq xonali tomoni oy yog‘dusiga cho‘mgan, narigi 
tomoni esa qop-qorong‘i. 
Professor bu yerga uni nima boshlab kelayotganini ham, bu binoda kim yashashini ham bilmaydi, 
lekin to‘linoy oqshomida o‘z ra’yiga qarshi ish tutmasligi kerakligini yaxshi biladi. Bundan tashqari, u 
panjara ortidagi bog‘da mudom muqarrar bir manzaraning shohidi bo‘lishini ham biladi. 
Har gal bu bog‘da u pensne taqqan, jikkak soqol, yuz tuzilishi xibl cho‘chqanikiga o‘xshab ketuvchi 
basavlat bir keksa odamning skameykada o‘tirganini ko‘radi. Ivan Nikolaevich shu binoda istiqomat 
qiluvchi bu odamni hamisha bir alpozda: ko‘zlarini oyga tikib, xayol surib o‘tirgan holda ko‘radi. Ivan 
Nikolaevichga yana shu iarsa ma’lumki, bu keksa odam oyga to‘yib-to‘yib qarab olgach, nigohini 
albatta bo‘rtiq xona derazasiga qaratadi va xuddi hozir deraza tabaqalari ochilib, u yerda g‘ayrioddiy 
bir narsa paydo bo‘lishini kutayotganday, ko‘zini lo‘q qilib o‘tiraveradi. 
Bundan keyin ro‘y beradigan hamma voqeani Ivan Nikolaevich yod biladi. Endi u albatta engashib, 
panjara panasiga yaxshiroq berkinib olishi kerak, zero skameykada o‘tirgan odam bezovtalanib, hozir 
boshini har tomonga bura boshlaydi, pari-shon ko‘zlarini havoga tikib, bir nimalarni tutmoqchi 
bo‘larkan, albatta, huzurlanib jilmayadi, keyin qandaydir ezgu hasrat bilan xo‘rsinib, qo‘llarini bir-
biriga uradi-da, baralla ovoz bilan oddiygina qilib g‘o‘ldiray boshlaydi: — Vene-ra! Venera!.. Eh, g‘irt 
ahmoq ekanman!.. 
— Yo tangrilar, tangrilar! — deb pichirlaydi shunda Ivan Nikolaevich, panjara ortida biqinib 
o‘tirarkan, o‘tdek porlayotgan ko‘zlarini bu sirli notanish qariyadan uzmay, — mana, oyning yana bir 
qurboni... Ha, bu ham xuddi men singari oyning yana bir qurboni. 
Skameykada o‘tirgan odam esa bu payt nutqini davom ettiradi: — G‘irt ahmoqman! Nega, nega 
o‘sha jonon bilan uchib ketmadim? Nimadan qo‘rqdim o‘zi, men qari eshak! Hujjatlarni 
to‘g‘rilagandim! Eh, endi xap o‘tirib chidaysan, qari tentak! 
Shu payt binoning oy yog‘dusi tushmagan qorong‘i tomonida deraza taraqlab ochilib, qandaydir oq 
narsa ko‘rinadi-yu, ayol kishining xunuk ovozi eshitiladi: 
— Nikolay Ivanovich, qaerdasiz? Bu qanaqa qiliq? Nima, bezgak kasaliga mubtalo 
bo‘lmoqchimisiz? Choyga keling? 
Shu hayqiriqdan keyin qariyaning alahlashi tugab, u hushiga keladi va soxta ovoz bilan javob 
qiladi: — Havoda, toza havoda nafas olmoqchiydim, jonginam! Havo biram sozki! 
Shunday deb u skameykadan turadi, birinchi qavatdagi boyagi deraza yopilishi bilan o‘sha tomonga 
o‘g‘rincha musht do‘laytirib qo‘yadi-da, sudralgancha uy tomon yura boshlaydi. 
— Yolg‘on gapiryapti, g‘irt yolg‘on gaplari! O, tangrilar, shunchalik yolg‘on gapiradimi kishi! — 
deb g‘o‘ldiraydi Ivan Nikolaevich panjaradan uzoqlasharkan, — uni boqqa jalb qilgap narsa aslo toza 
havo emas, balki bu to‘linoy oqshomida u oy sathida va bog‘ havosida nimanidir ko‘ryapti. O, bu 
qariyaning sirini bilish uchun, u yo‘qotgan va endi qo‘l cho‘zib havoda besamar axtarayotgan o‘sha 
Veneraning nima ekanligini bilish uchun hech nimamni ayamagan bo‘lar edim! 
Shundan keyin, professor uyiga butunlay xasta bo‘lib qaytadi. Xotini, odatda, uning ahvolini 
payqamayotganday bo‘ladi va erini tezroq yotib uxlashga undaydi, Lekin o‘zi yotmaydi, qo‘lida kitob 
bilan chiroq yonida o‘tirarkan, uxlab yotgan eridan mahzun ko‘zlarini uzmaydi. U Ivan 
Nikolaevichning tong chog‘ida alam bilan chinqirib uyg‘onishini va o‘zini har yoqqa otib, yig‘lay 
boshlashini biladi. Shu bois uning oldida dasturxonda spirtlangan shprits bilan quyuq choy rangidagi 
suyuqlikli shishacha shay yotardi. 
Mana, nihoyat, og‘ir xasta odam bilan umr qilgan bu bechora ayol bexavotir uxlashi mumkin. Ivan 
Nikolaevich endi to ertalabgacha baxtiyor chehra bilan tinchgina uxlaydi va xotini uchun mavhum, 

Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
239
ammo qandaydir dabdabali va saodatli tushlar ko‘rib yotadi. 
Har yili bahorda, to‘linoy kechasi bu olimni bitta narsa uyg‘otadi va ayanch bilan chinqirishga 
majbur etadi. Zero tushida uning ko‘zi oldida o‘sha o‘ta badbashara puchuq jallod paydo bo‘ladi, jallod 
hansiragancha bir sakrab ustunga bog‘langan va endi jinni bo‘lib qolgan Gestasning yuragiga qo‘lidagi 
uzun nayzani botiradi. Jallodning o‘zi-ku uncha qo‘rqinchli emas, lekin olimning xobida qaynab-toshib 
ro‘yi zaminga oqib tushayotgan allaqapday bulutdan vujudga kelgan ziyo dahshatliroq ediki, bunday 
hol faqat olamshumul falokat paytidagina sodir bo‘lishi mumkin. 
Ukoldan so‘ng uyqudagi Ivan Nikolaevichning ko‘zi oldida hamisha hamma gtarsa o‘zgaradi. U 
yotgan to‘shakdan deraza tomon keng oydin yo‘l cho‘ziladi va yo‘lga alvonrang astarli oq rido kiygan 
odam chiqib, oy sari yura boshlaydi. U bilan yonma-yon uzun ko‘ylagining uvadasi chiqib, afti 
badbashara bo‘lib ketgan bir yigit boradi. Ular nima to‘g‘ridadir qizg‘in suhbatlashishadi, 
bahslashishadi, chamasi, bir nimada kelisholmayotganga o‘xshaydilar. 
— Yo tangrilar, tangrilar, — deydi rido kiygan odam o‘z hamrohiga takabburona boqib, — qanday 
bema’ni qatl! Lekin sen marhamat qilib ayt-chi, — shunday derkan, uning chehrasidagi takabburlik 
o‘rnida tavallo paydo bo‘ladi, — axir qatl bo‘lmagan-ku! O‘tinaman sendan, ayt, bo‘lmagan-a? 
— Ha, bo‘lmagan albatta, — deb javob qiladi hirqiroq ovoz bilan hamrohi, — o‘zi senga shunday 
tuyulgan. 
— Gapingning rostligiga ont ichasan hammi? — xushomadona ohangda so‘raydi rido kiygan odam. 
— Ont ichaman, — deydi uning hamrohi va ko‘zlarida jilva naydo bo‘ladi. 
— Men uchun shuning o‘zi kifoya! — bo‘g‘iq ovoz bilan chinqiradi rido kiygan odam va 
hamrohini yetaklagancha tobora yuksakka — to‘linoy sari o‘rlab chiqaveradi. Hirsday keladigan bir 
ko‘ppak ular orqasidan viqor bilan bamaylixotir ergashadi. 
Shunda birdan oydin yo‘l qaynab, oy yog‘dusidan daryo vujudga keladi, u qirg‘oqlardan tushib oqa 
bosh-laydi. Oy hukmfarmolik qiladi, yayrab-yashnaydi, u raqs tushadi, sho‘xlik qiladi. Shunda oy 
yog‘dusi oqimi ichida go‘zallikda beqiyos bir ayol paydo bo‘ladi va atrofiga qo‘rqa-pisa boqayotgan 
soqoli o‘sib ketgan bir odamning qo‘lidan yetaklab, uni Ivanning huzuriga boshlab keladi. Ivan 
Nikolaevich bir qarashdayoq u odamni taniydi. Bu — o‘sha bir yuz o‘n sakkizinchi, uning tungi 
mehmoni. Ivan Nikolaevich xobida unga qo‘llarini uzatdi va intizorona boqib so‘raydi: 
— Demak, shu bilan hammasi tugabdi-da! 
— Ha, tugadi, shogirdim, — deb javob qiladi bir yuz o‘n sakkizinchi, ayol ham Ivanga yaqin borib, 
deydi: 
— Albatta, shu bilan tugadi. Hammasi tugadi, umuman, har qanday narsaning ham nihoyasi 
bo‘ladi... Hozir sizning peshonangizdan o‘paman-u, keyin hammasi yaxshi bo‘ladi. 
U engashib Ivanning peshonasidan o‘padi, Ivan esa ayol sari talpinib uning ko‘zlariga tikiladi, lekin 
ayol chekinib-chekinib borib, o‘z hamrohi bilan birgalikda to‘linoy sari ravona bo‘ladi. 
Shunda oyning jazavasi tutib, o‘z yog‘dusini to‘g‘ri Ivanning ustiga yog‘diradi, shu’lasini har 
tomonga sochadi, xona oy shu’lasiga g‘arq bo‘ladi, shu’la dolg‘alanib, tosha boshlaydi va Ivanning 
karavotini ko‘mib yuboradi. Ana shundan keyin Ivan Nikolaevich baxtiyor chehra bilan mast uyquga 
ketadi. 
Ertasi kuni ertalab u indamay, ammo xotirjam va sog‘lom bo‘lib uyg‘onadi. Professorning 
ukollardan ilma-teshik bo‘lib ketgan xotirasi tinchib qoladi va kelasi to‘linoy tunigacha uni hech kim 
bezovta qilmaydi: na Gestasning puchuq qotili, na Iudeyaning toshbag‘ir beshinchi prokuratori 
chavandoz Pontiy Pilat. 
 
1929—1940 
 
Tamom 

Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
240
IZOHLAR 
 
Amazonka — qadimgi yunon mifologiyasida jangovar suvori ayol. 
Aramoylar — kelib chiqishi arabistonlik bo‘lgan somiylar qabilasi. 
Attis — yunop mifologiyasida Frigiyadap chiqqan xudo. Ammo uning bo‘lganligi mavhum. 
Belztaj — teatr zalida parter va amfiteatrdan yuqoriroqqa joylashgan balkonning eng oldingi 
qatorlari. 
Broken — Germaniyadagi Garts tog‘ining cho‘qqisi bo‘lib, nemis xalq afsonalari va rivoyatlarida 
ta’kidlanishicha, go‘yo bu yerda bahor bayrami arafasida (1 mayga o‘tar kechasi) jinlar bazmi bo‘lar 
emish. 
Buyuk irod (miloddan oldingi 73—4 yillar) — 40-yildan Iudeya shohi. Taxtni Rim qo‘shinlari 
ko‘magida qo‘lga kiritgan. O‘ta darajada riyosatparast va badgumon zolim bo‘lgan. O‘zining raqibi 
deb shubha qilgan hamma odamni o‘ldiravergan. Rivoyatlarga qaraganda, Isoning tug‘ilganidan darak 
topib, mamlakatdagi barcha chaqaloqlarni qilichdan o‘tkazgan emish. 
Vampir — afsonalarda go‘rdan chiqib odamlarning qonini so‘ruvchi maxluq. 
Vetap Anri (1820—1881) — Belgiya skripkachisi va kompozitori. Bryussel konservatoriyasining 
professori. 
Galileya — shimoliy Falastinda tarixiy viloyat. Injil talqini bo‘yicha Isoni targ‘ib qilgan asosiy 
rayon. 
Gomunkul — o‘rta asr kimyogarlarining xayoliy tasavvuricha kimyoviy usul bilan yaratish 
mumkin bo‘lgan odamzod. 
Yershalaim — Yerusalim, ya’ni Quddus shahri. 
Jokey — sportchi chavandoz. 
Igemon — yunoncha Hegemon so‘zidag olingan bo‘lib. dohiy, rahbar ma’nolarini bildiradi. 
Isrofilning suri — xristian dini aqidasiga ko‘ra, qiyomat kuni farishta Isrofil sur (karnay) 
chalarmish va buning ovoziga jamiki jonzotlar kayta tirilarmish. 
Iudeya — Janubiy Falastiida Rimga qaraptli viloyat (milodiy 6—395 yillar). 
Kaligula Gay Kesar (12—41 yillar) — Rim imperatori (37-yildan). Ashaddiy fosiq bo‘lgan. Uziga 
xuddi xudoga sig‘ingandek sig‘inishlarini talab qilgan. Kaligula o‘z shaxsiy gvardiyasining sarkardasi 
tomonidai o‘ldirilgan. 
Kapeldiner — teatrda biletlarni tekshiruvchi va zalda tartib sakdovchi odam. 
Kenturion — qadimgi Rim qo‘shinida Kenturiya (qarang) boshlig‘i. 
Kenturiya (Senturiya) — qadimgi Rimda yuz kishilik otryad. 
Kohorta — Rim piyoda qo‘shinida taktik qism. Lafonten (1621 —1695) — Buyuk frantsuz 
masalnavisi. Legion — qadimgi Rim qo‘shinida yirik harbiy qo‘shilma. 
Manipul — qadimgi Rim qo‘shinida tarkibida ikki kenturiya (qarang) bo‘lgan harbiy bo‘linma. 
Manuskript — odatda qadimgi qo‘lyozmalar shunday nomlanadi. 
Marduk — Bobil panteonida Markaziy iloh. Bobil shahrining bosh xudosi. 
Masiho — bu o‘rinda yahudiy dinining talqini bo‘yicha, yahudiy xalqini ozod etish uchun zohir 
bo‘lajak afsonaviy xaloskor. 
Melpomena — qadimgi yunon mifologiyasida to‘qqizta muzadan biri, fojiaviy asarlar homiysi. 
Messalina Valeriya — Uchinchi Rim imperatori Klavdiyning xotini. O‘zining fohishaligi va 
badqahrligi bilan dovruq qozongan. Klavdiyning yo‘qligidan foydalanib, o‘z o‘ynashi Silliyga oshkora 
erga tegadi. Lekin imnerator qullikdan ozod qilgan Nartsis bilan Pallas Messalinani sudga berib, uni 
o‘limga hukm qilishlariga muvaffaq bo‘ladilar. 
Nison oyi — Isroil davlati kalendarida yilning birinchi oyi bo‘lib, u hamisha bahor fasliga to‘g‘ri 
keladi. Nison oyining 15-kuni, ya’ni yahudiylar Misrdan ozod bo‘lib chiqqan kun Pasxa bayrami kuni 
deb hisoblangan. 

Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
241
Oziris — Misr tangrisi, ziyo va issiqlik xudosi. 
Poligimniya — qadimgi yunon mifologiyasida to‘qqizta muzadan biri, gimnlar homiysi. 
Pontiy Pilat — Rim imperiyasining Iudeyadagi noibi (milodiy 26—36 yillar). Uta shafqatsizligi 
bilan dong qozongan. Iosif Falaviyning yozishicha va tavrot talqinicha, Iso payg‘ambar uning hukmi 
bo‘yicha chormix qilinganmish. 
Privat-dotsent — xususiy tarzda saboq beruvchi degan ma’noni bildiradi. Revolyutsiyadan oldingi 
Rossiyada va ayrim xorijiy mamlakatlarda oliy maktab o‘qituvchisining ilmiy unvoni. 
Prozektor — kasalxonalarda murdani yorish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis. 
Prokurator — qadimgi Rimda imperator noibi. 
Rampa — sahna oldiga o‘rnatilgan chiroqlarni tomoshabinlar ko‘zidan to‘sib turuvchi pastak 
to‘siq. 
Sekst Empirik — qadimgi yunon faylasufi va olimi. Skeptitsizm vakili. Mantiq tarixini yaratgan 
eng dastlabki olimlardan biri. 
Sillogizm — mantiq ilmida ikki fikrni taqqoslab, ularning natijasi bo‘lmish uchinchi fikrni keltirib 
chiqarish nazariyasi, 
Sinedrion — qadimgi Iudeyada oqsoqollar kengashi. Xukumat va sud ishlari bilan shug‘ullanuvchi 
oliy diniy mahkama. 
Skuratov (Malyuta) — Ivan Grozniyning a’snlaridan biri. Terrorchi oprichniklar boshlig‘i. Ko‘p 
taniqli shaxslarni qatl etishda qatnashgan. 1570 yildagi Novgorod yurishida ommaviy qatlga boshchilik 
qilgan. 
Solovkin — Oq dengizdagi xilvat orollardan biri, u yerda faqat monastirlar bo‘lgan. 
Taliya — qadimgi yunon mifologiyasida to‘qqiz muzaning biri; komediya asarlari homiysi. 
Tallif — etagi uzun ko‘ylak. 
Tatsit Publiy - Korneliy Rumo tarixchisi, 
Utgang - 16 kitobdan iborat «Solnoma»si mashxurdir. (Taxminan 53—54 yillarda tug‘ilib, I 17 136 
yillarda o‘lgan). 
Tetradraxma — to‘rt draxma qalinlikdagi qadimgi yunon aqchasi bo‘lib, aksariyati kumushdan
ba’zan esa oltindan ham bo‘lgan. 
Tetrarx — Rim imperiyasi lashkarining to‘rtdan bir bo‘lagini boshqaruvchi xukmdor. 
Tiveriya — Falastindagi shahar. 
Tribun — qadimgi Rimda qo‘shinlarda tribunlar ma’muriy va xo‘jalik xizmati vazifalarini 
bajargan. 
Filon Iskandariy — Iudeya faylasufi (miloddan oldingi 20-yilda tug‘ilib, milodiy 54-yillarda 
o‘lgan). 
Shtraus David Fridrix (1808—1874) — nemis teologi (ilohiyot ilmi bilan shug‘ullanuvchi olim) 
va faylasufi, «Isoning hayoti» nomli kitobda injilning haqqoniyligini inkor etgan, Isoni tarixiy shaxs 
deb hisoblagan. 
O‘n ikki xudo jamoasi — Rim mifologiyasida eng oliy tangrilar guruhi, Bular: Yuiiter, Neptup, 
Mark, Apollon, Vulkan, Merkuriy, Yunona, Venera, Minerva, Diana, Vesta va Serera. Bu o‘n ikki 
xudo, tangrilarnipg Yupiter boshchiligidagi oliy kengashini tashkil qilgan, 
Qaysar — podsho. 
Qaysariya — salganat. 
Hemikraniya — qattiq bosh og‘rig‘i. Boshniig bir pallasi og‘riydi. 
Hippodrom — ya’ni ippodrom, otlar poygasi o‘tkaziladigan maydon. otchopar. 
 
 

Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish