JADVAL KATTALIKLAR (MASSIVLAR)
1. Jadval kattaliklar haqida tushuncha.
2. Bir o’lchovli jadval kattaliklar
3. Ikki o’lchovli jadval kattaliklar. Matritsalar bilan ishlash
4. Matritsa elementlarini nollar bilan to’ldirish.
5. Matritsa elementlarini klaviatura orqali kiritish va ekranga chiqarish.
6. Matritsani matritsaga ko’paytirish.
1. Jadval kattaliklar haqida tushuncha.
Dasturlashda har xil to’plamlar va ularning elementlari bilan ishlashdann tashqari har bir elementi o’z indeksiga ega bo’lgan, ya’ni nomerlangan bir xil tipli elementlar to’plami bilan ish ko’rishga to’g’ri keladi. Bunday to’plamlar jadval kattaliklar yoki massivlar deyiladi.
Masalan, gurux jurnalida yozilgan talabalar ro’yxati. Bunda har bir talaba familiyasiga mos kelgan raqam mavjud yoki guruhdagi har bir talabaning fanlar bo’yicha to’plagan ballari va x.k. Demak, jurnalda yozilgan har bir talaba o’z indeksi, ya’ni tartib nomeriga ega bo’lar ekan.
Hayotda juda katta xajmdagi axborotlar va ularni qayta ishlashga to’g’ri keladi. Bunday axborot chiziqli yoki to’g’ri to’rtburchak ko’rinishga keltiriladi. Yuqoridagi masala chiziqli jadval ko’rinishda, ya’ni bir o’lchovli jadvalga misol bo’ladi. Chunki guruhdagi talaballlar familiyalari alfavit bo’yicha tartiblangan bo’lib, ketma-ket nomerlanadi. Bunda har bir talaba guruh jurnalidagi o’z tartib nomeriga ega bo’ladi. Guruh jurnalidagi tartib raqamlar jadvaldagi indekslar, familiyalar esa shu indekslarga mos bo’lgan qiymatlar deyiladi.
Jadval kattaliklarda bitta o’zgaruvchi orqali bir nechta qiymatlarni saqlash va qayta ishlash uchun xizmat qiladi. Shunday qilib, massivlar umumiy nomga ega bo’lgan har bir elementi o’z indnksiga ega bo’lgan bir xil tipli elementlar to’plamidir. Har bir indeks o’z qiymatiga va aksincha har bir qiymat o’z indeksiga ega bo’ladi.
2. Bir o’lchovli jadval kattaliklar
Jadval kattaliklar bichimi. Python tilida bir o’lchovli jadvallar ketma-ket keluvchi elementlar ro’yxati sifatida qaraladi. Jadval qiymati kvadrat qas ichida berilib, bir biridan vergul orqali ajratib yoziladi. Bir o’lchovli jadval kattaliklarida har bir element o’zining bitta indeksiga, ikki o’lchovli kattaliklarida esa har bir element o’zining ikkita indeksiga ega bo’ladi. Jadvalning ixtiyoriy elementini uning indeksi (tartib nomeri) orqali o’qish va o’zgartirish mumkin. Indekslar 0 dan boshlanadi.
Jadval kattaliklarni bir-biridan farqlash uchun ularga nom beriladi. Jadval nomidan so’ng tenglik “q” belgisi, so’ngra o’rta (kvadrat) qavs ichida elementlar birin ketin yozilib chiqiladi.
Macalan, jadval = [‘Abdullaev’, ‘Valiev’, ‘Karimov’, ‘Xamidov’]
i
|
0
|
1
|
2
|
3
|
jadval[i]
|
Abdullaev
|
Valiev
|
Karimov
|
Xamidov
|
Ushbu jadvalni Python tilida quyidagicha yozish mumkin:
Jadval=["Abdullaev", "Valiev", "Karimov", "Xamidov"]
Jadvalning birinchi elementiga i = javal[0] ko’rinishida murojaat qilinadi. Jadvalning 2 indeksiga mos bo’lgan qiymatini o’zgartirish jadval[2] = ‘Maxmudov’ kabi amalga oshiriladi.
Elementlari haqiqiy sonlardan iborat bo’lgan 6 kun davomidagi o’rtacha haroratni bildiruvchi chiziqli jadval berilgan bo’lsa, uni quyidagi ko’rinishda tasavvur qilish mumkin:
i
|
0
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
t[i]
|
21.5
|
21
|
22
|
19.2
|
25
|
12
|
Bunda t[3]q19.2, ya’ni jadvalning uchinchi elementi 19.2 ga teng yoki 19.2 ga teng bo’lgan jadval elementining indeksi 3 ga teng deyiladi.
Yuqoridagi jadvalni quyidagicha yozish mumkin:
t = [21.5, 21, 22, 19.2, 25, 12]
Jadval elementlariga murojaat qilish x = t[2] kabi amalga oshiriladi. Jadval elementiga boshqa qiymat berish yoki almashtirish uchun almashtirilishi zarur bo’lgan jadval indeksi orqali t[2]= 23 kabi amalga oshiriladi.
n ta elementdan tashkil topgan ro’yxatni yaratishning eng sodda usuli range(n) funksiyasidan foydalanishdir. Masalan,
A = range(7)
print(A)
dastur fragmenti [0, 1, 2, 3, 4, 5, 6] ekranga chiqaradi.
Shuningdek, a ro’yxatning har bir elementiga yangi qiymatlarni ham berish mumkin. Masalan, a[1] = [2, 32.4, 16] qiymatlari kiritilsa, natija [0, [2, 32.4, 16], 2, 3, 4, 5, 6] ko’rinishga keladi, ya’ni ro’yxatning a[1] elementi [2, 32.4, 16] ro’yxatdan iborat bo’ladi.
Jadval elementlari soni len metodi orqali aniqlanadi, masalan:
x = len(t)
Jadvalga element qo’shishda append()metodidan foydalaniladi:
t.append(15.2)
Jadval elementlarini indeksi orqali o’chirish pop() metodi orqali amalga oshiriladi, masalan jadvalning 2 elementini o’chirish t.pop(1) ko’rinishda bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |