Jabborova lolaning umumiy pedagogika fanidan tayyorlagan



Download 238,5 Kb.
bet5/18
Sana22.01.2022
Hajmi238,5 Kb.
#399738
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
JABBOROVA LOLANING UMUMIY PEDAGOGIKA

BILIB OLING! Bitta hokim so’zga birikib kelgan bir xil gap bo’laklari uyushiq bo’laklardir. Uyushiq bo’laklar sanash ohangi bilan aytiladi. Yozuvda uyushiq bo’laklar orasiga, odatda, vergul qo’yiladi.
O’quvchilar 51- va 52-mashqlarda berilgan o’quv topshiriqlarini bajarish orqali uyushiq bo’lak haqida tushuncha xosil qiladilar va tegishli xulosa chiqaradilar.

Ipduktiv ta’lim usuli asosida tashkil qilingan har bir mashg’ulot taxminan to’rt bosqichni o’z ichiga oladi:



  1. Takrorlash.

  2. Berilgan materiallarning o’quvchilar tomonidan tahlili.

  3. Berilgan materiallarni o’qituvchi yordamida umumlashtirish va hukm chiqarish.

  4. Hosil qilingan umumiylikni amalda qo’llash va sinash, o’quv masalalarini echish.

Shu to’rt bosqich dars jarayonida to’g’ri amalga oshirilsa, induktiv ta’limga amal qilingan bo’ladi va o’quvchi ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi.

Biz quyida ayrim mavzularni o’quvchilarga induktiv usulda etkazishga doir tavsiyalarni havola qilamiz.

5-sinf ona tili darsligidan «Uyadosh so’zlar» mavzusi o’rin olgan va bu mavzu maktab ona tili darsligiga ilk bora kiritildi.

Mavzuni o’rganish 118-mashqni ishlash bilan boshlanadi. O’quvchilar mashq shartiga ko’ra jadvaldagi namunaga qarab so’zlar qatorini davom ettiradilar.



4-jadval

Daraxt

Ot (hayvon)

Qarindosh-urug’

O’simlik

Tol

Baytal

Ota

Maysa

Qayin

Saman

Ona

Ajriq

..........

...........

.......

.............




O’quvchilar jadvalni quyidagicha davom ettiradilar

Terak

Qorabayir

Aka

Pechak

Qayrag’och

Yo’rg’a

Tog’a

Kurmak

Chinor




Amma

Yantoq

Bodom




Xola

Zarpechak







Amaki



Shundap so’ng o’qituvchi o’quvchilarga quyidagi savollarni beradi:



  1. Qaysi so’zlar daraxt so’zi bilap bog’lnq?

  1. Qaysi so’zlar ot (hayvop), qarindosh urug’, o’simlik so’zllri bilai bog’liq?

  2. Biripchi qatorda qaysi so’z umumiy nomni – jins nomini 6ildiryapti?

  3. Qolgan qatorlarda qaysi so’zlar umumiy nomni jins nomini bildirib kelgan?

  4. Agar daraxt, ot, qarindosh – urug’, o’simlpk so’zlari umumiy iomni bildirsa, ularga bog’liq bo’lgan so’zlar nimani bildiradi?

O’quvchilar 5-savolga o’qituvchi yordamida yoki o’zlari mustaqil ravishda tur nomini bildiradi deb javob beradilar. Bu savol-javob o’quvchiga mavzu mohiyatiga etib borishga yo’l ochadi, 119-mashqni ishlashga ularni tayyorlaydi.

119-mashq. Umumiy nom – jins nomini atab kelgan quyidagi so’zlarga tur nomlarini atab keluvchi so’zlar toping.

1. Gul. 2. O’t. 3. Parranda. 4. Kiyim. 5. Idish.


Bu topshiriqni quyidagicha bajarish mumkin. Sinf besh guruhga bo’linadi va har bir guruh bittadan so’zga tur nomlarini atab keluvchi so’zlar topadi va ulardan bittadan vakil chiqib doskaga yozadi. O’qituvchi ularni nazorat qiladi va zarur tuzatishlar kiritadi yoki qolgan guruhlardan yordam olib, xatoga yo’l qo’ygan o’rinni to’g’rilaydi. Shu asosda topshiriq to’liq bajariladi:


1. Gul

atirgul


gultojixo’roz

lola


karnaygul

2. O’t

makka


beda

jo’xori


3. Parranda

tovuq


o’rdak

g’oz


4. Kiyim

do’ppi ko’ylak kostyum

to’n


5. Idish

chelak


kosa

tovoq tog’ora



Bu topshiriqning to’g’ri bajarilishi uyadosh so’zlar haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. O’qituvchi o’quvchilarni mavzu yuzasidan xulosa chiqarishga undaydi, ularga qulaylik yaratish uchun yo’naltiruvchi savollar, kerakli izohlar beradi. O’quvchilar bir turdagi narsa, belgi, harakatni atab keluvchi so’zlar uyadosh so’zlar ekanini aytadilar.

Darsning mana shunday usulda olib borilishi induktiv tl’lim hisoblanadi. Biz shu dars misolida induktiv usul asosidagi mashg’ulotning uch bosqichi bilan tanishdik. O’quvchilar to’rtinchi bosqichda hosil qilingan umumiylikni, ya’ni bilim va malakalarni amalda qo’llashni o’rganadilar, unga doir mashqlar va test eavollari ishlaydilar, ijodiy matnlar tuzadilar.

Umuman olganda, ipduktiv ta’lim usuli oia tili ta’limidagi ustuvor usul bo’lib, uni to’g’ri yo’lga qo’ya bilish dars samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Hozirgi zamon pedagogika fani pedagogik mahorat tizimida pedagogik texnikaning roli beqiyos deb qayd etadi. Chunki u o‘qituvchiga o‘z gavdasini tuta bilish (mimika, pantomimika), his-tuyg‘ularini (emotsiyasini) boshqara olish, ishtiyoq, qobiliyatlar,  nutq  texnikasini egallash va ularni o‘quv faoliyatida, o‘qishdan tashqari ishlar jarayonida qo‘llash yo‘llarini tushuntirishda dasturamal bo‘lib xizmat ko‘rsatadi.

Demak, pedagogik texnika shunday kasbiy va shaxsiy malakalar yig‘indisidirki, u o‘qituvchining pedagogik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘quvchi – yoshlarga ta’sir ko‘rsatish, tashkil qilish va boshqarishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.

O‘qituvchining pedagogik texnikasi qanday malakalardan  iborat?

U o‘qituvchining o‘quv ishlarini tashkil qilish, amalga oshirish  va tarbiyaviy  ta’sir ko‘rsatishida qanday rol o‘ynaydi?

Ilg‘or va novator pedagoglarning ish tajribalarini kuzatish ilg‘or tajriba maktablari faoliyatini o‘rganish  shundan dalolat bermoqdaki, pedagogik texnikani  to‘liq egallash, uning malakalarini o‘zida shakllantirish ta’lim – tarbiya samaradorligini oshirishga, o‘quvchi-yoshlar tarbiyalanganligini yuksaltirishga va shu asosda pedagogik mahorat pillapoyalari sari ko‘tarilishga sabab bo‘ladi.

O‘qituvchining pedagogik faoliyat madaniyati tizimida pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari pedagogik texnika, pedagogik odob, pedagogik muloqot madaniyatining roli katta ekanligi e’tirof etilgan. Mazkur muammoni ham pedagogik, ham psixologik  jihatdan ilmiy –nazariy, uslubiy –tashkiliy hamda amaliy jihatdan tadqiq qilgan YU.P.Gonobolin, N.V.Kuzmina, A.N.Sherbakov, V.A.Selastenin, L.I.Ruvinskiy, V.N.Kuxarev, I.A.Zyazyun N.N. Tarasevich, M.G.Davletshin, K.Zaripov S.Rajabova, B.Xo‘jaev va boshqalar o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligida pedagogik texnikaning muhim ahamiyat kasb etishini alohida e’tibor bilan qayd qiladilar.

L.I.Ruvinskiy o‘qituvchining pedagogik mahorati tizimida pedagogik texnikaning alohida ahamiyatga ega ekanligini qayd qilar ekan, shunday yozadi:

“O‘qituvchining pedagogik texnikasi – bu shunday bir malakalar yig‘indisidirki, u pedagogga tarbiyalanuvchilar ko‘rib va eshitib turgan narsalar orqali ularga o‘z fikrlari va qalbini etkazish imkonini beradi”

N.N. Tarasevich esa o‘zining “Pedagogicheskaya texnika – kak element» nomli risolasida pedagogik texnika to‘g‘risida fikr yuritar ekan, shunday deydi: O‘qituvchi faoliyatining ichki va tashqi ko‘rinishlarini izohlaydigan usullar, hissiyotlar, psixik holatlar yig‘indisidan iborat mahorat –pedagogik texnikadir”.

Darhaqiqat usta pedagogik topshiriqlarni oliy darajada  bajaradigan pedagoglar faoliyatini kuzatish shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilar bilish faoliyatlarini tashkil etish va ularga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishda pedagogik texnika muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, u o‘qituvchiga o‘z gavdasini tuta bilish his-tuyg‘ulari (emotsiyasi) ni boshqara olish, ishtiyoq, qobiliyatlar, nutq texnikasini egallash va ularni o‘quv faoliyatida, ishlash jarayonida qo‘llash yo‘llarini o‘rgatadi.

Shunday qilib, pedagogik texnika ma’lum kasbiy va shaxsiy malakalar yig‘indisidirki, u o‘qituvchining pedagogik faoliyati jarayonida ta’sir ko‘rsatish, o‘quv –tarbiya ishlarini tashkil qilish va boshqarishda etakchi omil bo‘lib xizmat qiladi.

Pedagogik mahorat nazariyasini o‘rganuvchi va tadbiq qiluvchi olimlar

(N.N. Tarasevich, N.V. Kuxarev)ning fikrlaricha pedagogik texnika malakalari  ikki guruhga bo‘linadi:


Download 238,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish