Jabborov Ilhom (1945.30.6, Oʻrta Chirchiq tumani) — haykaltarosh, Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasining akademik (1997), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989). Respublika rassomlik bilim yurti (1965) va Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti (1971)ni tugatgan. 1995 yildan Respublika rassomlik kollejida oʻqituvchi. 1997-yildan Milliy rassomlik va dizayn institutida haykaltaroshlik ustaxonasi rahbari, professor J. asarlarida anʼanaviy realistik haykaltaroshlik uslubiga xos xususiyatlar milliy mavzu va taʼsirchan obrazlarni ifodalashda oʻz aksini topgan. Dastgoxli va mahobatli asarlari (portret, tarixiy shaxslar qiyofasi aks ettirilgan) umumlashma va ramziylik yoʻlida yaratilgan.
"Xayol" (yogʻoch, 1974),
"Mashrab" (yogʻoch, 1974),
"Oqshom" (yogʻoch, shamot, 1980),
"Dam olish" (shamot, 1982),
"Falakning gardishi" (shamot, 1983),
"1941—45 yillar" triptixi (shamot, 1985) va b.
Toshkentdagi Furqat (bronza, granit,1982; meʼmori S. Sutyagin),
Urgutdagi Navoiy (mis, 1985),
N amangandagi Mashrab (mis, 1988),
T oshkent (1992), Samarkand (1997) va Shahrisabz (1997)dagi Amir Temur haykallari (bronza; meʼmori F. Ashrafiy),
Fargʻonadagi AlFargʻoniy (bronza, 1998), Quva shahri Al FArg’oniy
Toshkentdagi "Ona" (bronza, 1999),
Urganchdagi Jaloliddin Manguberdi (2000) haykallari J.ning mahobatli asarlaridan.
"Mehnat Shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan (2001).[1]
Ibn Sino Belgiya Kortrek 2000
Nizomiy Ganbjaviy Toshkent 2004
Baxtiyor ona Toshkent 2005
Abdulla Qahhor Toshkent 2007
K o’hna vaboqiy Buhoro Buhoro 2010
Islom Karimov Toshkent 2017
Samarqant Qashqadaryo muallifini bilmadim shu ikki ishni
EZGULIK ARKASI
Ezgulik arkasi 2005-yil 1-sentabrda qurib bitkazilgan, uzunligi 150 metr, ikki tomoni o'n, o'rta peshtoqi o'n ikki metr balandlikka ega, qator ketgan o'n oltita oq marmar ustunlardan iborat bo'lib, Mustaqillik maydonida joylashgan "Mustaqillik va ezgulik monumenti" majmuasining bir qismi hisoblanadi.
Mustaqillik va Ezgulik Monumenti – Toshkent shahridagi Mustaqillik maydonida O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov g’oyasi bilan bunyod etilgan me’moriy – badiiy majmua. Ramziy ravishdagi yer sharida O’zbekiston Respublikasi xaritasi aks etgan ushbu obida jahon xaritasida mustaqil O’zbekiston mustahkam o’rin olganini ifodalaydi. Mustaqillik monumenti bilan uyg’unlashgan holda uning oldiga “Baxtiyor ona” haykali (haykaltarosh I. Jabborov) va maydonining quyi qismida Ezgulik arkasi o’rnatildi. “Baxtiyor ona” mustaqillik tufayli yuzida shukronalik balqib turgan munis o’zbek ayoli – baxtli oila timsolidir. Haykal quyida oq poyondozli yo’l bilan Ezgulik arkasiga tutashadi. Ezgulik arkasini maydonning ramziy darvozasi deyish mumkin. Oppoq marmardan qad rostlagan bu me’moriy qurilma tepasidagi parvozga shaylangan baxt va tinchlik, farovonlik elchisi hisoblangan turna, laylaklar quyoshning zarrin nurlarida kumushdek tovlanib, dillarda ezgu tuyg’ular uyg’otadi. Arkaning baland va mustahkam ustunlari – mustaqil mamlakatimizning baquvvat tayanchlari ifodasidir. Mustaqillik monumenti va “Baxtiyor ona” haykali, Ezgulik arkasi oq poyondoz shaklidagi keng yo’lak bilan birga yaxlit ansamblni tashkil etadi. Bular mustaqillik va ezgulik tushunchalarini ramziy tarzda o’zida uyg’un ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |