O’LCHOV-DARAJA ERGASH GAPLI QO’SHMA GAP
reja:
1. O’lchov-daraja ergash gapli qo’shma gaplarning ta'rifi.
2. O’lchov-daraja ergash gapli qo’shma gaplarda nisbiy so’zlar.
3. O’lchov-daraja ergash gaplarni bosh gapga biriktiruvchi vositalar
va komponentlarning o’rinlashish tartibi.
4. O’lchov-daraja ergash gapli qo’shma gaplarga doir tahlil
namunasi.
Bosh gapdagi voqea yoki hodisaning xajmini, miqdorini o’lchash, darajalab ko’rsatish, chegaralash uchun xizmat qiladigan gaplar o’lchov-daraja ergash gapli qo’shma gap deyiladi. Masalan, Mehnat qancha qiyin bo’lsa, samarasi shuncha shirin bo’ladi gapida birinchi gap (ergash gap) ikkinchi gapning mazmunini xajm va miqdor jihatidan darajalab ko’rsatgan.
O’lchov-daraja ergash gapli qo’shma gaplarda ergash gap birinchi o’rinda kelganda, ergash komponentda qancha, qanchalik, naqadar, nechog’lik, bosh komponentda shuncha, shunchalik, shuncha kam, shuncha ko’p kabi nisbiy so’zlar qo’llaniladi va bosh komponentdagi mana shu nisbiy olmoshlarning mazmuni, gap bilan bir butun holda, ergash gap tomonidan izohlanadi. Misollar: Daryo qancha chuqur bo’lsa, u shuncha sekin oqadi (maqol). Mehnat qancha zavqli bo’lsa, yillar shuncha tez o’tganday tuyuladi. Do’stlar qancha ko’p bo’lsa, balo shuncha kam yopishadi ("K.D".). Chol bu gaplarni shu qadar hayajon bilan gapirsa, Qalandarov shuncha jiddiy quloq solar edi (A.Q.). Axmoqdan qanchalik uzoq bo’lsang, boshing shunchalik salomat bo’ladi ("K.D".).
Bosh gap birinchi o’rinda kelganda, unda shunday, shu qadar, shunchalik, shu darajada kabi so’zlar qo’llaniladi va ergash gap tomonidan izohlanadi. Misollar: Bu xotin shu qadar go’zal ediki, hali falak ko’zi bunday jamolni ko’rmagan edi ("K.D".). Men sening do’stligingdan shu qadar xursandmanki, uni hech bir narsaga almashtira olmayman ("K.D".).
Bu turdagi ergash gapli qo’shma gaplarning mazmunidan daraja-miqdor bilan birga, qisman, natija anglashib turadi. O’lchov-daraja ergash gapning natija ergash gapdan farqi shundaki, u bosh gapdagi kesimnigina emas, balki kesim oldida kelgan holni yoki sifat (yoki ravish)+to’liqsiz fe'l orqali ifodalangan kesimning birinchi elementini izohlaydi. Natija ergash gaplar esa bevosita bosh gapdagi kesimni izohlab, ish-harakatning natijasini ko’rsatib keladi. Yana misollar: U qiz bilan shunchalik ko’ngilli suhbat qurdiki, bir umr esdan chiqmaydigan bo’lib tuyuldi (Sh.R.). U shu qadar xushmuomala, shu qadar shirin so’z, shu qadar kamtarinki, suhbatlashib tuymaysiz.
O’lchov-daraja ergash gaplar bosh gapga -sa elementi bilan birik-kanda, ergash gap oldin bosh gap keyin keladi; bog’lovchi ergash gap tarkibida bo’ladi.
Ergash gap bosh gapga -sa elementi bilan birikkanda, bosh gap birinchi ergash gap ikkinchi o’rinda keladi, bog’lovchi bosh gap tarki-bida bo’ladi.
Bundan tashqari, o’lchov-daraja ergash gapi bosh gapga sari, sayin yordamchilari orqali ham birikadi. Bunday qo’shma gaplarda qancha// shuncha, qanchalik//shunchalik kabi nisbiy so’zlar qo’llanishi ham mumkin: Rahmonqulov qizarib qichqirgan sari, Samandarov unga yaqinroq kelib, nimanidir uqtirardi (Asq.M.). Saida kolxozga yaqinlash-gan sayin Qalandarov bilan ishlay olish-olmaslik vahimasi yuzaga qalqiy boshladi (A.Q.). U senga yaqinlashgan sari, sen undan uzoqlasha berasan ("K.D."). Biz qanchalik ko’p yo’l yurgan sayin, manzil shuncha uzoqlashganday bo’laredi (S.Ahm).
Do'stlaringiz bilan baham: |