RAVISH ERGASH GAPLI QO’SHMA GAP
reja:
1. Ravish ergash gapli qo’shma gapning ta'rifi.
2. Ravish ergash gapni bosh gapga tutashtiruvchi vositalar va
komponentlarning o’rinlashish tartibi.
3. Ravish ergash gapning ravishdosh oborotidan farqi.
4. Ravish ergash gapli qo’shma gaplarga doir tahlil namunasi.
Bosh gapdagi ish-harakatning yoki voqelikning qay tarzda qanday vaziyatda yuz berishini anglatadigan ergash gap ravish ergash gap deyiladi. Masalan, Umaralining rangi oqarib, a'zoyi badani yonib, borligini chaqmoq yoqib o’tganday bo’ldi (O.) gapida ravish ergash gaplar (Umaralining rangi oqarib, a'zoyi badani yonib) bosh gapdagi (keyingi gap) voqelikning qanday holatda, vaziyatda, yuz berganligini anglatgan.
Ravish ergash gap bosh gapga ravishdoshning quyidagi shakllari bilan tutashadi:
1 -b (-ib): Qorni ochib, kuchi qochib, keladi bo’ri (ertak).
2 -may: Tomog’ingdan o’tmay bir qultum ham suv, saharlarda nola qilasan (U.).
Do'stlaringiz bilan baham: |