3 -mas+dan: Nasimiyning biror ishi o’ngidan kelmasdan, biror maqsadi yuzaga chiqmasdan, umri bekorga o’tib ketdi (Asq. M.).
4 -gudek: Onaxon ikki tirsagini keng yoyib stolning chetini barmoqlari bilan bosgudek mahkam ushladi (Asq. M.).
5 -ganicha: Ma'ruzasi o’zi o’ylab qo’yganicha, u qadar silliq va qulay chiqmadi (O.).
6. holda: Umidlar bilan ko’ksi qabargan holda, u lablarida bir qo’shiqni shivirlab, xujayinnikiga ketdi (O.).
7. deb yordamchisi bilan: Ko’kraklari yerga tegay-tegay deb, qanotlarini qoqardilar (O.). Chol unga qarayman deb qo’lidagi choynakni tushirib yubordi (A.Q.).
Ravish ergash gap, ko’pincha, bosh gapdan oldin keladi, bog’lov-chilar ravish ergash gap tarkibida bo’ladi. Bosh gap ravish ergash gapning kesimi orqali aloqaga kirishadi. Ba'zan turli xil sabablar natijasida bosh gapdan keyin yoki uning o’rtasida ham keladi: Oyimlar o’tirar kokilin osib, Mushki anbar hidi har yoqni bosib (F.). Sultona rangi oqarib, kasalxona kravatida yotar edi. Saida, bir laxza nafasi ichiga tushib, noqulay ahvolda qoldi (A.Q.).
Ravishdosh oborot grammatik shakllanishi ohangdagi nisbiy musta-qilligi jihatidan ravish ergash gaplarga o’xshaydi. Biroq ravishdosh oborot o’zining mustaqil ega va kesimiga ega emasligi, ya'ni predikativ qo’shilma emasligi bilan ravish ergash gapdan farqlanib turadi. Masalan, Saida, ko’nglidagi bir g’ashlik ikki bo’lib, Qalandarov bilan munosabati va tajribasizligi tufayli ne-ne ko’ngilsiz o’y-xayollarga borib, kolxozga jo’nadi (A.Q.) gapida: 1) ko’nglidagi bir g’ashlik ikki bo’lib, 2) ne-ne ko’ngilsiz xayollarga borib qo’shilmalari tashqi yog’idan farqsizday ko’rinsa ham, ularning birinchisi ravish ergash gap (bir g’ashlik – ega, ikki bo’lib – kesim), ikkinchisi ravishdosh oborotdir. Yoki Samandarov bu gal yuzi oqarib, labi titrab, nafasi ichiga tushib, tashqariga chiqib ketdi (Asq.M.) gapi u bir qo’li bilan ko’zoynagini ko’tarib, dukni ko’zlariga yaqin tutib, boshdan-oxir sinchiklab, qarab chiqdi (O.) gapiga o’xshaydi. Holbuki, birinchi qurilma to’rtta sodda gapdan iborat bo’lib, shulardan uchtasi ravish ergash gap; ikkinchi qurilma bitta sodda gapdan iborat bo’lib, unda uchta ravishdosh oborot mavjud.
Tahlil namunasi: Butaboy aka, nimadandir ta'bi ochilib, nimadandir ko’ngliga g’ashlik tushib, chiqib ketdi (A.Q.).
1) uchta sodda gapdan tuzilgan.
2) birinchi va ikkinchi gaplar ravish ergash gap bo’lib, bosh gapning o’rtasida kelgan.
3) kesimlari -ib formali ravishdosh bilan shakllanib, bosh gapga bog’langan.
4) chizmasi: -ib, -ib,
Do'stlaringiz bilan baham: |