Kalit
soʻzlar:
MHXS;
parallel
hisob,
moliyaviy
hisobotning
transformatsiyasi; hisobotning shaffofligi; xalqaro hamkorlik.
Аннотация:
В статье рассмотрены актуальные проблемы подготовки
финансовой отчетности субъектами бизнеса в ходе перехода из национального
стандарта бухгалтерского учета на международные стандарты, а также
обоснованы возможности подготовки и формирования финансовой отчетности
в соответствии с МСФО, расширение международного сотрудничества,
предоставление более прозрачной и упорядоченной информации для принятия
управленческих решений. Проанализированы методы составления отчета по
МСФО и признаны его достоинства и недостатки, обсужден характер
представления.
Ключевые слова:
МСФО; параллельный учет, трансформация
финансовой
отчетности;
прозрачность
отчетности;
международное
сотрудничество.
Abstract:
The article discusses the actual problems of preparing financial
statements by business entities during the transition from the national accounting
standard to international standards, and also substantiates the possibilities of
preparing and forming financial statements in accordance with IFRS, expanding
international cooperation, providing more transparent and orderly information for
management decision-making. The methods of preparation of the IFRS report are
analyzed and its advantages and disadvantages are recognized, the nature of the
presentation is discussed.
Keywords:
IFRS; parallel accounting, transformation of financial statements;
transparency of reporting; international cooperation.
389
Moliyaviy hisobotni moliyaviy hisobot xalqaro standartlari qoidalariga
asoslanib tuzilgan hisobot borgan sari talabgir bo‘lib boryapti. O’zbekiston
kompaniyalarining aktsiyador va menejerlarini unga o‘tish to‘g‘risida o‘ylashga
majbur etayotgan afzalliklari esa oz emas.
MHXS bo‘yicha tuzilgan hisobot bank kreditlarini yanada foydali shartlarda
olishga yo‘l ochadi. U kompaniyaga xalqaro kapital bozorlariga chiqish imkoniyatini
yaratib beradi. Bundan tashqari, unga o‘tish mamlakatimiz biznesining xorijiy
sheriklar bilan hamkorligini rag‘batlantirishi kerak. Bunday hisobotni tuzish
firmalarga boshqaruvga oid qarorlarni qabul qilish uchun yanada ochiq-oshkora va
tartiblangan axborot beradi.
Milliy hisobotni unga o‘tkazishning asosiy jihati shundaki, MHXS hisobot
tuzishni tartibga soladi va hisobni «MHXSga muvofiq» yuritishni talab qilmaydi.
Ayni vaqtda milliy standartlarda o‘zaro bog‘langan buxgalteriya hisobi yuritish va
moliyaviy hisobot tuzishning qat’iy qoidalari mavjud.[1] Xalqaro standartlar uning
turli moddalari – buxgalteriya balansi, foyda va zararlar, kapitalning o‘zgarishi, pul
mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobotlar va izohlarni e’tirof etish, o‘lchash
va ochib berish masalalarini taqozo etadi va tushuntiradi.
Shu sababli kompaniya hisobni milliy standartlar bo‘yicha yuritishi kerak. Bu
esa qonun hujjatlarining amaldagi me’yorlari va, eng muhimi, soliq hisoboti, soliq
solish ob’ektlari va soliq majburiyatlarini hisobga olish bilan bog‘liq. Keyin esa
MHXS bo‘yicha hisobotni tayyorlayotganda har bir hisobot sanasiga muayyan va
o‘ziga xos tuzatishlar kiritish kerak. Ushbu jarayon MHXS bo‘yicha hisobot
transformatsiyasi deb nomlanadi, undan amaliyotda eng ko‘p foydalaniladi.
MHXS bo‘yicha hisobotni tuzishning usullari:
− Parallel hisob;
− Moliyaviy hisobotning transformatsiyasi.
Parallel hisobni yuritish– MHXSning qoidalariga muvofiq ravishda xo‘jalik
faoliyatidagi dalillarni buxgalteriya hisobining registrlarida aks ettirishni anglatadi.
Shunday qilib, xar bir xo‘jalik operatsiyasi ikki marta hisobga olinadi
(takrorlanadi): birinchi marta - ikkinchi marta.
Parallel hisobni tashkillashda, MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot
ko`rsatkichlari MHXS bo‘yicha yuritilgan buxgalteriya hisobining ma’lumotlari
asosida shakllantiriladi.
Milliy hisobot transformatsiyasining keng xalqaro amaliyotida MHXS
bo‘yicha moliyaviy hisobotni tayyorlashning 3 usuli shakllangan:
− birinchi – transformatsiyani hisob tizimidan tashqari o‘tkazish, u
transformatsiyaning tashqi modeli deb nomlanadi;
− ikkinchi – hisob tizimi ichidagi transformatsiya. Hisob milliy standartlar
bo‘yicha yuritiladigan tizimga transformatsiya maqsadida avtomatik va «qo‘ldagi»
tuzatishlarni aks ettiradigan maxsus modul joylashtiriladi;
390
− uchinchi – hisobni parallel yuritish. Unda milliy buxgalteriya hisobotini
tayyorlashga bog‘liq bo‘lmagan hisob jarayoni tashkil etiladi.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |