137
Ma’lumki, eritma tayyorlash uchun eruvchi va erituvchi moddalar zarur
bo’ladi. Agar eritmada moddalardan biri ikkinchisiga nisbatan ancha ko’proq bo’lsa,
unga erituvchi modda, ikkinchisiga esa eruvchi modda deyiladi.
Agar erigan modda molekulalarining soni erituvchining molekulalari soniga
nisbatan juda kam bo’lsa, bunday eritmalarga kuchsiz yoki suyultirilgan eritmalar
deyiladi. Tarkibida ko’p eruvchi modda bo’lgan eritmalarga kuchli eritmalar, juda
kuchli eritmalarga esa konsentrlangan eritmalar deyiladi.
Odatda modda eriyotgan paytda yo issiqlik yutiladi yoki ajraladi. Agar issiqlik
ajralsa musbat issiq effekt, agar issiqlik yutilsa manfiy issiq effekt deyiladi.
Erish mexanizmi har bir dastlabki moddalarning molekulalari orasida
bog’lanishni buzadi va eritmadagi moddalar molekulalari orasida yangi bog’lanish
hosil qiladi. Ko’p hollarda modda molekulalari o’z tarkibiy qismlari bo’lmagan
ionlarga ajraladi. Erish vaqtida modda molekulalarining ajralishiga ma’lum energiya
sarflanadi. Shunga ko’ra, erish vaqtida sovush ro’y beradi. Eritma tarkibiga kiruvchi
moddalar uning komponentalari deyiladi. Komponentalarning eritmadagi nisbiy
tarkibi ularning konsentratsiyasi bilan xarakterlanadi. Konsentratsiyalar og’irlik
bo’yicha hajmiy va molyar turlarga ajratiladi.
Og’irlik bo’yicha konsentratsiyada qaralayotgan komponenta og’irligining
umumiy eritma og’irligiga nisbati olinadi. Molyar konsentratsiya qaralayotgan
komponenta mollar sonining eritma mollar soniga nisbati bilan aniqlanadi.
Komponentaning hajmiy konsentratsiyasi deb eritmaning birlik hajmdagi
(grammlarda yoki mollardagi) miqdoriga aytiladi.
Erishi mumkin bo’lgan moddaning eng katta miqdoriga ega eritmaga to’yingan
eritma deyiladi.
To’yingan eritma konsentratsiyasi qaralayotgan moddaning erituvchida erish
qobiliyatini ifodalovchi ko’rsatgich hisoblanadi. Unga eruvchanlik deyiladi va u
haroratga bog’liq bo’ladi. Musbat issiq effektga ega modda uchun harorat ko’tarilishi
bilan eruvchanlik kamayadi, manfiy issiq effektga ega moddalar uchun esa harorat
ko’tarilishi bilan eruvchanlik oshadi.
Erish issiqligi nolga teng bo’lgan eritmalarga ideal eritmalar deyiladi. Bunday
eritmalarda eriyotgan va eritayotgan moddalar molekulalari orasidagi o’zaro ta’sir
xarakteri erituvchi molekulalari orasidagi o’zaro ta’sir kabi bo’ladi. Bu shuni
bildiradiki, eritmada molekulalar orasidagi o’zaro ta’sir o’zgarmaydi, agar eruvchi
modda biror miqdordagi molekulalari soni almashtirilsa, erituvchi moddaning ham
shuncha molekulalari almashadi va aksincha.
Do'stlaringiz bilan baham: