Xalqaro moliya bozorining rivojlanishi va xalqaro kapitalharakatiningzamonaviytendensiyalari
Jahon iqtisodiyotida xalqaro moliya bozorining segmentlari tadrijiy ravishda muayyan bosqichlarda shakllangan (I 3.1-jad valga qarang). Mazkur bozor taraqqiyotining oxirgi bosqichida fond segmenti va xalqaro derivativlar bozorlari jadal rivojlan gan.
Zamonaviy xalqaro moliya bozorining rivojlanish tendensi yalari quyidagilarda namoyon bo'ladi:
Moliya bozori barcha sektorlarining jadal sur'atlarda ri vojlanishi bilan birga kechayotgan baynalminallashuv va global lashuv jarayonlarining chuqurlashuvi;
Transmilliy kompaniyalar, banklar va global moliya muas sasalari, shuningdek, alohida davlatlar va davlatlar guruhlari o'rtasidagi xalqaro raqobatning kuchayishi;
Xalqaro moliya bozorining tarkibiy tuzilishidagi o'zgarishlar
Birinchi
bosqich
1860-yillar
Tashqi savdoning rivojlanishi. Xalqaro
oltin-valuta bozorining paydo bo'lishi.
Ikkinchi bosqich
1950-yillar
Milliy kredit bozorlaridagi operatsi- yalarning baynalminallashuvi.
1960-yillar
Xalqaro kredit bozorining shakllanishi.
Uchinchi bosqich:
1970-yillar
Uzoq muddatli kapitallar xalqaro bo- zorining shakllanishi. Milliy fond bozor- larining erkinlashtirilishi. Xalqaro fond
bozorining shakllanishi.
1980-yillar
Transmilliy banklar va kompaniyalar- ning jadal sur'atlarda rivojlanishi. Xalqa- ro fond bozorlarining yanada kengayishi. Xalqaro sug'urta bozoridagi dastlabki tizimli operatsiyalarning amalga oshiri- lishi. Xalqaro kredit bozoridagi operatsi-
yalarning rivojlanishi.
To'rtinchi bosqich
1990-yillar
Xalqaro moliya bozori fond segmenti- ning jadal rivojlanishi. Xalqaro derivativ- lar bozorining shakllanishi.
2000-yillar
Xalqaro derivativlar bozorining jadal ri- vojlanishi.
Chegaralami oshib o'tadigan moliyaviy oqimlarning yuqori sur'atlarda harakatlanishi va moliya bozorining tuzilmaviy sek torlari o'rtasidagi aloqadorlikning oshishi;
Axborot tizimlari va elektron aloqa vositalarining jadal sur'atlarda rivojlanishi;
Bozomi bevosita tartibga solishning susaytirilishi;
Moliya bozori ishtirokchilari faoliyatining an'anaviy so halari o'zgarishi (universal banklar fond sektorida anderray ter, tashkillashtiruvchi va treyderlarga aylanmoqda; investitsiya
banklari sindikatlashgan kreditlami tashkillashtirmoqda, shu ningdek, loyihalarni moliyalash bilan shug'ullanmoqda; tijorat banklari, o'z navbatida, investitsiya banklarining an'anaviy faoli yatlariga aralashmoqda va h.k.);
Moliya bozori ishtirokchilarining ixtiyoriy qo'shilishi yoki yirik ishtirokchilar tomonidan o'z tarkibiga olinishi jarayonlari kuchaymoqda, bu esa, o'z navbatida, moliya bozorining bar cha sektorlarida operatsiyalarni amalga oshirish imkoniga ega bo'lgan universal moliyaviy xoldinglarning yuzaga kelishiga sabab bo'lmoqda;
Moliya bozoridagi operatsiyalar riskini kuchayishiga sabab bo'luvchi derivativlar bilan bitimlar hajmi o'sish tendensiyasiga ega;
AQSH dollari mavqeining tushishi va qadrsizlanishi, bu o'z navbatida, xalqaro moliya bozoridagi muvozanatning buzilishiga, zamonaviy moliya bozorining inqirozdan keyingi rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilishi mumkin.
Xalqaro kapital harakatining zamonaviy holati bilan bog'liq quyidagi tendensiyalar jahon iqtisodiyoti amaliyotda kuzatil moqda:
Jahondagi kapitalni eksporti va importida rivojlangan mam lakatlar yetakchilik qilmoqda.
Xalqaro tadbirkorlik kapitali harakati tarkibida portfel in vestitsiyalar tomonga siljish tendensiyasi mavjud.
Xalqaro kreditlar va depozitlarning jahon investitsiyalari tarkibidagi ulushi jahon moliyaviy inqirozidan keyingi davrda ka mayib bormoqda.
Jahon kapital eksportidagi Xitoyning ulushi o'sish tenden siyasiga ega bo'lgan bir sharoitda, kapital importida AQSHning ulushi kamayish tendensiyasiga ega bo'lmoqda. Shunga qaramay jahon kapital importida AQSHning ulushi hali-hamon saqlanib qolmoqda.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda chet el investitsiyalarini
joylashtirishning asosiy sohasi bank-moliya sektori, xizmatlar so hasi (buning ichida axborot telekommunikatsiya sohasi eng yet-
akchidir), farmatsevtika. biotexnologiya, elektron sanoat, ilmiy va texnologik mashinalar ishlab chiqarish bo'lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda avvalgidek to'g'ridan to'g'ri chet el investitsiyalar neft-gaz qazib chiqarishga, mashinasozlikning alohida sektorlar iga, agrosanoat kompleksiga jalb etilmoqda;
Jahon chet el investitsiyalari bozorida asosiy subyekt sifa tida TMKlarning roli oshmoqda;
Xalqaro fond bozori rivojlanishining asosiy tendensiyalari quyidagilarda o'z aksini topmoqda:
l. Fond bozorining tobora kengayib va chuqurlashib borishi;
Xalqaro fond aktivlari bilan hosila moliyaviy vositalar sav dosining o'sishi;
Jahonning yetakchi moliyaviy markazlarida bozorning kon- sentratsiyasi;
Bozorning yangi vositalarni yaratishi;
Bozorning kompyuterlashuvi;
Xalqaro fond bozorida rivojlanayotgan mamlakatlar qim matli qog'ozlarining ahamiyatini ortishi.
Bundan tashqari, global moliyaviy inqiroz sharoitida fond bo zorlarida quyidagi tendensiyalar yuzaga keldi:
xalqaro fond bozorida kapitalni jalb etishning va ope ratsiyalarning asosini tashkil etgan holda xalqaro qarz qimmatli qog'ozlari va xalqaro aksiyalar bozorining oxirgi o'n yillikdagi hajmi olti barobardan ko'proqqa oshgan, 2008-yil inqiroz davri da ularning o'sishi sekinlashgan, xalqaro aksiyalar bozorining hajmi asosan rivojlanayotgan mamlakatlar hisobiga qisqargan bo'lsada, hozirda ularning hajmi yana o'sish tendensiyasiga ega bo'lmoqda;
xalqaro qarz qimmatli qog'ozlar va aksiyalar bozorida rivoj langan mamlakatlar, xalqaro qarz qimmatli qog'ozlar bozorida moliyaviy institutlarning yetakchiligi saqlanib qolmoqda.
rivojlanayotgan mamlakatlar fond bozorining iqtisodiyot tarmoqlari bo'yicha diversifikatsiyalashuv darajasini kichikligi inqiroz davrida uning barqarorligiga salbiy ta'sir ko'rsatgan;
moliyaviy inqiroz sharoitida jahonning rivojlangan mam lakatlari fond birjalarida aksiyalar bozori kapitallashuvining Ya) Mga nisbatan salmog'i keskin pasaygan. Jahon mamlakatlari Ya] Mga nisbatan aksiyalar bozori kapitallashuvi inqiroz davri da 55% ni, oxirgi besh yillikda rivojlangan mamlakatlarda qarz munosabatini ifodalovchi qimmatli qog'ozlar YalMga nisbatan kamida 100% ni tashkil etishi kuzatilgan;
rivojlanayotgan mamlakatlar fond birjalarida jahon moli yaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida aksiyalar va obligatsiyalar bo'yicha savdolar hajmi kamaygan.